|
Mavzu: Arifmetik – mantiqiy qurilmalar. Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 31,18 Kb. | | #99669 |
Bog'liq Mavzu Arifmetik – mantiqiy qurilmalar. Reja
Mavzu: Arifmetik – mantiqiy qurilmalar.
Reja:
1.Arifmetik-mantiqiy qurilmar.
2.Tezkor arifmetik qurilmalarni loyixalashtirish.
3.Ketma-ket va parallel multiplikatorlar. Sxemada belgilanishi.
Raqamli mikrosxemalar fan va texnikaning ixtiyoriy masalasini yecha oladilar. Buning uchun raqamli mikrosxema asosidagi qurilmada, yechiladigan masalaning dastlab berilganlari haqidagi mahlumotlar, yechish algoritmi va hisoblash natijalari faqat ikkita qiymat: 0 va 1 signallari ko‘rinishida ifodalanadi. Ikkilik raqamlari ketma-ketligi yordamida raqamli qurilmalarda ixtiyoriy mahlumolarni (raqamlar, matnlar, komandalar va x.z.) kodlash, saqlash va qayta ishlash mumkin. SHunday qilib, raqamli tizimlarda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) kattaliklar raqamlar ko‘rinishida ifodalanadi. SHuning uchun ularda masalalar yechishning sonli usullari ko‘llaniladi.
Masala yechishning sonli usuli – bu sonlar ustida bajariladigan arifmetik amallar (operatsiyalar) ketma-ketligidir. Echilishi talab etilayotgan masala, odatda, oddiy matematik tilda (tenglama, funksiya, differensial operandlar va shu kabilar) shakllanadi. SHuning uchun ixtiyoriy matematik masalani echish uchun sonli usullar yordamida nisbatan sodda arifmetik amallarga olib kelish kerak. Masalan, shart bo‘yicha funksiyani hisoblash uchun uni qatorga yoyish mumkin,
yaxni sinusni hisoblash uchun arifmetik amallar ketma-ketligini bajarish kifoya.
Bu vaqtda raqamli qurilma faqat arifmetik amallarni emas, balki hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam beruvchi amallarni ham echish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Mantiqiy amallar, boshqaruv amallari va bir qator boshqa amallar bularga misol bo‘la oladi.
Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan qurilma arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) deb ataladi.
Sodda amallar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalangan masalalarni avtomatik ravishda echish uchun, berilganlarni, oraliq va olingan hisoblash natijalarini saqlashga, hamda oddiy amallarni bajarish tartibi haqidagi mahlumotlarni saqlashga imkon beruvchi qurilma talab etiladi. Bunday qurilma xotira deb ataladi.
Barcha turdagi AMQlar uchun ayiruv, mantiqiy ko‘paytiruv, mantiqiy qo‘shuv, istisnoli YOKI, inversiya, o‘ngga siljish, chapga siljish, musbat orttirma (inkriment), manfiy orttirma (dekrement) arifmetik amallarini bajarish majburiy hisoblanadi. Majburiy amallar apparat vositalari yordamida amalga oshiriladi, yaxni talab etilgan ishni bajarish uchun mahlumotlar mahlum mikrosxemalardan o‘tishi kerak. Majburiy amallar sodda amallar deb ataladi. AMQlar arifmetik ko‘paytiruv va bo‘luv kabi nisbatan murakkab amallarni bajarmaydi. SHuning uchun bu amallar sodda amalllarning dasturiy kombinatsiyasi yordamida bajariladi. Bu usul amallarni bajarishning mikrodasturiy usuli deb ataladi. AMQlar EHMning asosiy tugunlaridan hisoblanadi.
AMQlar 2-,4-,8-,16-razryadli amallarni bajaruvchi alohida mikrosxemalar yoki KISlar tarkibida ishlab chiqariladi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan AMQ mikrosxemalari iqkita o‘zgaruvchi ustidan 16 ta mantiqiy va ularga mos keluvchi 16 ta arifmetik amallarni bajaruvchi to‘liq majmuadan tashkil topgan. Ularning ro‘yxati 5.8 – jadvalda keltirilgan. AQM ko‘p turli amallarni bajarishga mo‘ljallangani bilan, ko‘proq arifmetik qo‘shuv va ayiruv (45% gacha) va arifmetik ko‘paytiruv (50% gacha) amallarini bajaradi.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan 8 yoki 4 ta mantiqiy amallar: konhyunksiya, dizhyunksiya, inversiya, istisnoli YOKI va x.z., va ularga mos keluvchi arifmetik amallarni bajaruvchi AMQlar ham ishlab chiqariladi.
|
| |