• Maktabdan tashqari amaliy to’garaklar
  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kreativ layoqatini shakllantirishda sahna san’atining o‘rni.
  • Mavzu: art texnologiyasi va kreativlikda amaliy to’garaklar




    Download 82.9 Kb.
    Sana11.03.2024
    Hajmi82.9 Kb.
    #169902
    Bog'liq
    amaliy to\'garaklar
    8. LABORATORIYA ISHI, Muhammad Qoshg\'ariyning pedagogik qarashlari, b8df0698-ebed-4c04-afcf-ba99a2553306, Sultonova Zarnigor Traktor va transport vositalari fanidan taqdimoti, taqvi, Социально-етические проблемы в конфуцианстве, Qurbonboyeva Qunduzxon Komiljon qizi, NNNNN, Лабараторияларга Robot, Amaliyot 3-kurs sirtqi so\'ngisi dastur



    Mavzu:
    ART texnologiyasi va kreativlikda amaliy to’garaklar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik layoqatini shakllantirish
    1. Sinf va maktab amaliy to’garaklari
    2. Maktabdan tashqari va maxsus amaliy to’garaklar.
    3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativlik layoqati xususiyatlari
    4. Kreativ layoqatlilik boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining malakalik asosi sifatida
    Reja:
    O‘zbekison Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amaliy to‘garaklar tashkil etish va ular vositasida ta’lim-tarbiya jarayonining amaliyotini kuchaytirish vazifasi qat’iy belgilangan. Shu sababli 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida gumanitar fanlar turkumi bo‘yicha Amaliy to‘garaklarni tashkil etish jarayoni yo‘lga qo‘yilmoqda.
    Unga ko‘ra, amaliy to‘garaklar – bu sinfda o‘zlashtirilgan nazariy tushunchalar va bilimlarni bevosita amaliy shart-sharoitlar asosida tajribaga aylantirish tizimidir.
    Amaliy to’garaklarni tashkil etish uchun quyidagilarga e’tibor berish kutilgan samarani beradi:
    a) boshlang‘ich sinflarda ART texnologiyasi va kreativlikning asoslaridan biri bo‘lgan so‘z san’ati bo‘yicha amaliy to‘garaklar tashkil etish;
    b) ART texnologiyasi va kreativlikning negizlaridan bo‘lgan musiqa san’ati bo‘yicha boshlang‘ich sinflarda amaliy to‘garaklar tashkil etish;
    v) boshlang‘ich sinflarda ART texnologiya va kreativlikning muhim omillaridan bo‘lgan tasviriy hamda amaliy san’at turlari bo‘yicha amaliy to‘garaklar tashkil etish.
    Zamonaviy amaliy to‘garaklarni tashkil etishda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
    a) boshlang‘ich sinflar uchun maktab amaliy to‘garaklari;
    b) tayanch o‘rta ta’lim (5-9-sinflar) uchun maktab amaliy to‘garaklari;
    v) to‘liq o‘rta ta’lim (10-11-sinflar) uchun maktab amaliy to‘garaklari.
    Maktabdan tashqari amaliy to’garaklar hududlardagi quyidagi imkoniyatlardan kelib chiqib tashkil etish samarali hisoblanishini ta’kidlash lozim:
    a) umumiy o‘rta ta’lim maktabiga yaqin bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlari guzarlarida tashkil etiladigan amaliy to‘garaklar;
    b) umumiy o‘rta ta’lim maktabiga nisbatan yaqin bo‘lgan tuman (shahar) Madaniyat markazlarida tashkil qilinadigan amaliy to‘garaklar;
    v) tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan moslashtirilgan binolarda tashkil etiladigan amaliy to‘garaklar.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun quyidagi shakllarda maxsus amaliy to‘garaklar tashkil etish taqozo etiladi:
    a) jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus amaliy to‘garaklar;
    b) inklyuziv ta’limga muhtoj o‘quvchilar uchun maxsus amaliy to‘garaklar;
    v) o‘quvchilarni yo‘naltiruvchi maxsus amaliy to‘garaklar.
    Kreativ layoqat deganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodkorlik, mustaqil fikrlash va ijodiy namunalar yaratish ko‘nikmasini tarkib toptirish tushuniladi. Mazkur masalada quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
    a) o‘quvchilarda kreativ layoqatning tabiiy mavjud bo‘lishi;
    b) kreativ layoqat o‘quvchilarning rivojlanishiga mos ravishda shakllanishi;
    v) o‘quvchilarda kreativ layoqatning darajalarga bo‘linishi.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kreativ layoqatini shakllantirishda sahna san’atining o‘rni.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ layoqatini shakllantirishda sahna san’atidan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
    a) o‘quvchilarni kichik sahna asarlari tashkil etishga o‘rgatish;
    b) o‘quvchilarni kichik sahna asarlari yaratishga yo‘naltirish;
    v) imkon qadar o‘quvchilarni teatr asarlari bilan tanishtirish.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarning kreativ layoqatlik malakasiga ega bo‘lishi individual izlanish va mustaqil ta’lim vositasida quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:
    a) so‘z san’ati asoslari bo‘yicha malaka egallash;
    b) musiqa san’ati negizlari bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish;
    v) tasviriy san’at metodikasi bo‘yicha bilimni egallash.
    Download 82.9 Kb.




    Download 82.9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: art texnologiyasi va kreativlikda amaliy to’garaklar

    Download 82.9 Kb.