|
O’qlararo differentsiallarning shakli va xususiyatlari
|
bet | 7/11 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #232604 | Turi | Referat |
Bog'liq c38f2e56-0758-4c01-9b1e-d050fc1f4fac O’qlararo differentsiallarning shakli va xususiyatlari.
O’qlararo differentsial asosan g’ildirak formulasi. (6x4) va (6x6) bo’lgan ust ko’prikli o’tagan avtomobillarda ishlatiladi. Birinchi turdagi avtomobilga KamAZ 5320 va ikkinchi turdagi avtomobillarga ZIL–133GYa hamda KrAZ avtomobili kiradi. Tekis bo’lmagan yo’llarda o’rta va ketingi yetakchi ko’priklardagi g’ildiraklar yo’l sirti bilan har-xil ilashib har-xil yo’l bosib o’tish mumkin. O’qlararo differentsialning shakli 12.2-rasmda keltirilgan. Bunda ikkita orqa ko’priklari yetakchi va shunga ko’ra uzatmalar kiritisidan burovchi moment o’rta yetakchi ko’prikka uzatilishi mo’ljallangan.
Sattelit 7 krestovinasi o’qlararo differentsial yetakchi vali 3 ga biriktirilgan.
Sattelitlar bilan shesternyalar bilan ilashgan. O’ng tomondagi konussimon shesterinya 6 tsilindrsimon shesternya 8 bilan birga tayyorlangan, chap tomondagi konussimon shesternya 6 tsilindrsimon shesternya 1 bilan birga tayyorlangan. SHesternya 8 o’rta ko’prikning yetakchi valini ikkiga o’rnatilgan shesternya 10 bilan ilashgan. SHesternya 1 orqa ko’prikning yetakchi vali 4 ga o’rnatilgan
shesternya 5 bilan ilashgan.
Avtomobil tekis yo’lda yurganda o’rta va orqa yetakchi ko’prikning g’ildiraklari bir hil tezlikda aylanadi.
Krectovina satellitlari va konusli shesternyalar 1 butun bo’lib 1 ga aylanadi.
Burovchi moment yetakchi 2 ta ko’prikka teng taqsimlanadi.
Avtomobil yo’lda yurganda oraliq va ketingi ko’prik g’ildiraklari har xil tezlikda aylangani uchun, g’ildiraklarga bog’liq bo’lgan yon konusli shesterniya boshqasiga qaraganda sekin aylanadi. Bu sekin aylanayotgan shesteriniya bo’ylab harakatlanishga olib keladi. Satellitlarni o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida 2 chi yon shesterniyaning shunga ko’ra g’ildirakning aylanish tezligi oshadi.
O’z-o’zidan blokirovkalovchi differentsialning tuzilishi va ishlashi.
O’rta ko’prikning etakchi konussimon shesterniyasining flanetsiga maxkamlangan mustaqil qutida blokirovkalash mexanizmi burovchi mementni o’rta va ketingi yetakchi ko’priklar orasida teng taqsimlash va differentsiyalash majburan blokirovkalash uchun mo’ljallangan (2-rasmga qarang.) Tishli shesterniya 8 shesterniya 10 bilan va shesterniya 1 shesterniya 5 bilan har doim ilashib turadi. SHesterniya 8 da tashqi tishlar bo’lib, u bilan tishli mufta 9 ilashadi.
Tishli mufta 9 ni ayri yordamida chapga surganimizda u shesteriniya 8 bilan ilashadi. SHesternya 8 esa differentsialning bikirlash jarayoni hosil bo’ladi. Bikirlash mehanizmini chapga tushirish orqali siqilgan havo jo’mragi orqali yurutuvchi mehanizmga boradi va ayrini suradi.
Haydovchi avtomobilni sirpanchiq va nam tuproqli yo’llarda haydayotganda ehtiyot o’rta yetakchi ko’prining yetakchi g’ildirakalaridan birining shataksirasini bartaraf etish maqsadida bikirlash mexanizmi ayirish dasta yordamida ishga tushiriladi.
Differentsialni majburiy blokirovkalash, avtomobil sirpanchiq va ho’l yo’llarda harakatlanayotganda bajariladi.
|
| |