• Gipoidli asosiy uzatma.
  • Silindrik asosiy uzatma.
  • Mavzu: Asosiy uzatma




    Download 0,77 Mb.
    bet4/11
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,77 Mb.
    #232604
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    c38f2e56-0758-4c01-9b1e-d050fc1f4fac

    CHervyakli asosiy uzatmalar tishli g’ildirakli uzatmalardan o’zining ixchamligi va shovqinsiz ishlashi bilan farqlanadi. Ammo bu uzatmaning f.i.k. konusli va gipoidli uzatmalarga nisbatan kichik va uni tayyorlashda qimmat metall (bronza) ishlatilganligi sababli avtomobillarda deyarli qo’llanilmaydi.


      1. Asosiy uzatma konstruktsiyasi va tuzilishi va ishlashi jarayoni.




    Gipoidli asosiy uzatma. Bunday uzatmalar, dvigateli oldida va yetakchi ko’prigi orqada joylashgan barcha yengil avtomobillarda, shuningdek ayrim yuk avtomobillarida (GAZ-53A) qo’llaniladi. Misol tariqasida Damas avtomobilining asosiy uzatmasini ko’ramiz (1- rasm, b). Uzatish soni 5,125 bo’lgan bunday uzatmada val bilan birga yasalgan yetakchi tishli g’ildirakning o’qi yetaklanuvchi g’ildirakning o’qiga nisbatan 31,75 mm pastrok siljitilgan. Yetakchi tishli g’ildirakning vali uzatma karterida ikkita konussimon rolikli podshipniklarda o’rnatilgan. Podshipniklarning oralig’iga keruvchi vtulka o’rnatilgan. Keruvchi vtulkaning o’ziga xos xususiyati bo’lib uzatmani yig’ish vaqtida podshipniklarni gayka bilan tortilganda, ma’lum elastiklik xususiyatiga ega bo’lgan keruvchi vtulka, o’rta qismida tashqi diametri tomon deformatsiyalanadi. Buning natijasida podshipniklarning doimo ma’lum darajada tig’iz holda qisilib turishi ta’minlanadi
    va valni o’q bo’ylab siljishiga imkon bermaydi. Yetaklanuvchi tishli g’ildirak differentsial qutisiga boltlar bilan biriktirilgan. Differentsial qutisi esa ikkita konussimon rolikli podshipniklarda uzatma karteriga qopqoqlar yordamida boltlar bilan maxkamlangan. Bu rolikli podshipniklarning dastlabki tig’izligini gaykalar bilan rostlanadi. Yetakchi tishli g’ildirakning yetaklanuvchiga nisbatan to’g’ri turish holati rostlovchi halqa bilan bajariladi. Yig’ilgan asosiy uzatma karteri bilan birgalikda yetakchi ko’prikning karteriga o’rnatiladi va boltlar bilan qotiriladi.
    Silindrik asosiy uzatma. Bunday uzatmalar dvigeteli ko’ndalang joylashgan old yuritmali yengil avtomobillarda qo’llaniladi. 1- rasmda Neksiya avtomobilining asosiy uzatmasi ko’rsatilgan. Uzatmalar soni 3,94 bo’lgan bir juft qiya tishli g’ildiraklardan tashkil topgan asosiy uzatma, uzatmalar qutisi va ilashish muftasi bilan birgalikda umumiy karterda joylashtirilgan. Uzatmaning tishli kichik g’ildiragi uzatmalar qutisi yetaklanuvchi vali bilan birgalikda yaxlit ishlanib karterda bir tomonda tsilindrik rolikli va ikkinchi tomonda sharikli podshipniklarda o’rnatilgan. Uzatmaning tishli katta g’ildiragi differentsial qutisiga boltlar bilan qotirilgan. Differentsial qutisi, konussimon rolikli podshipniklarda bir tomoni bilan ishlash muftasi karteriga ikkinchi tomoni bilan esa uzatmalar qutisi karteriga o’rnatilgan. Bu podshipniklar qiya tishli g’ildiraklar ilashishidan vujudga keladigan o’q bo’ylab yo’nalgan kuchni o’ziga qabul qiladi.



      1. Download 0,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,77 Mb.