|
Mavzu: Asosiy uzatma
|
bet | 6/11 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #232604 | Turi | Referat |
Bog'liq c38f2e56-0758-4c01-9b1e-d050fc1f4facKonus shesternyali g’ildiraklar simmetrik differentsialning shakli va xususiyatlari.Hozirgi vaqtda deyarli hamma avtomobillarda g’ildiraklari differentsial o’rnatilgan bo’lib ularda asosan konussimon shesterniyali differentsiallar qo’llanilgan.
Avtomobillarda konussimon shesterniyalar differentsial keng tarqalgan bo’lib (5- rasm), u yarim o’qlar 6 va 8 shesterniyalari 4 va 5, satellitlar 2 va 7, barmoq 3, differentsial qutisi 1 dan tuzilgan. Bunday avtomobillarda satellitlar soni yuk avtomobillari va avtobuslarda 3 ta yoki 4 ta, yengil avtomobillarda esa 2 ta bo’ladi. Satellitlar krestovinaning tsilindrik barmoqlari 3 ga erkin o’rnatilgan. Krestovinaning satellitlar bilan yig’ilgan holda barmoqlar orqali differentsial qutisining devorlaridagi teshikchaga kiritiladi.
5-chizma Konus shesternyali g’ildiraklararo simmetrik differentsialning shakli.
Avtomobil o’ngga burilganda uning ichki g’ildiragi bilan yo’l orasidagi ishqalanish katta bo’lgani sababli tashqi g’ildirakka nisbatan kam yo’l bosib o’tadi. Satellitlar 2 va 7 oz o’qi atrofida aylanib, ikkinchi yarim o’q shesternyasi 5 ni kamroq moment bilan tezroq aylantiradi, natijada tashqi g’ildirak tezroq aylanib ko’p yo’l bosadi.
G’ildiraklararo simmetrik differentsial burovchi momentni yetakchi g’ildiraklarga teng taqsimlab beradi. Lekin bunday taqsimlanish avtomobilning dinamik sifati va utuvchanligiga salbiy tasir ko’rsatadi. Masalan yetakchi g’ildiraklarning bittasi taygaladigan yo’l shaxobchasiga tushib qoldi, ikkinchi g’ildirak sirti qattiq yo’l shaxobchasiga tushib qoldi desak, g’ildiraklardagi burovchi momentlar bir xil bo’ladi. Natijada g’ildiraklardagi burovchi momentlarning yigindisi yo’l qarshiligini yenga olmasdan avtomobil o’z o’rnidan jilmaydi va sirpanchiq yo’lda shahobchasidagi g’ildirak shataksirab o’z o’rnida aylanaveradi, hamda qattiq yo’l shahobchasidagi g’ildirak esa yo’l qarshiligini yenga olmay o’z o’rnida qimirlamay turaveradi. Bunday qo’shilish uchun yarim o’q shesterniyalari differentsial qo’shilishiga qattiq biriktirish lozim. (differentsialni blokirovkilanadi).
|
| |