|
Mavzu: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
|
bet | 3/4 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 269,65 Kb. | | #120964 |
Bog'liq efFHEYNcRdmzXYsDBZ7HIlg0w3Kfv79S7iPqoK46 (4)Беғараз келиб тушиш
| | | | | |
Асосий воситалар беғараз олинганда:
а) белгиланган тартибда аниқланган бозор қиймати бўйича
|
072
|
262
|
Юк хати ёки бошқа
хужжатлар
| |
б) етказиб бериш ва бошқа қўшимча харажатлар суммасига (агар амалга оширилса)
|
072
|
15, 16 ва 17-счётларнинг тегишли субсчётлари
|
Бажарилган ишларни қабул қилиш топшириш далолатномалари, ва бошқалар.
| |
в) асосий воситани дастлабки қиймати бўйича кирим қилиниши
|
01-счётнинг тегишли субсчётлари
|
072
|
АВ-1 шаклдаги бюджет ташкилотларида асосий воситаларни қабул қилиш-топшириш тўғрисида далолатнома
|
Товар-моддий заҳиралар таркибидан ўтказиш
| | | | | |
Моддий қийматликлар товар – моддий захиралар
таркибидан асосий воситаларга ўтказилганда:
а) товар – моддий захиралар хақиқий қиймати бўйича
|
072
|
06-счётнинг тегишли субсчётлари
|
Бухгалтерия маълумотномалари
| |
б) товар – моддий захиралардан ўтказилган асосий воситани дастлабки қиймати бўйича кирим қилиниши
|
01-счётнинг тегишли субсчётлари
|
072
|
АВ-1 шаклдаги бюджет ташкилотларида асосий воситаларни қабул қилиш-топшириш тўғрисида далолатнома
|
Асосий воситаларнинг ортиқча (ҳисобга олинмаган) объектларини аниқлаш, қайта баҳолаш
| | | | | |
Инвентаризация жараёнида аниқланган ҳисобга олинмаган асосий воситаларни бозор қиймати бўйича киримга олиниши
|
01-счётнинг тегишли субсчётлари
|
273
|
Инвентаризация далолатномаси,
АВ-1 шаклдаги бюджет ташкилотларида асосий воситаларни қабул қилиш-топшириш тўғрисида далолатнома
| |
Қайта баҳолаш натижасида асосий воситалар дастлабки қийматининг ошиши
|
01-счётнинг тегишли субсчётлари
|
28-счётнинг тегишли субсчётлари
|
Бухгалтерия маълумотномаси
|
• Byudjet tashkilotlarda asosiy vositalarining eskirishi “Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 30 oktyabrda 2028-son bilan ro’yxatga olingan)ga muvofiq asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi.
• ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHI BO’YICHA SINTETIK HISOBI 02 “ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHI” SCHYOTIDA QUYIDAGI SUBSCHYOTLARGA BO‘LINGAN HOLDA AKS ETTIRILADI:
• 020 “Turar-joy imoratlarning eskirishi”;
• 021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”;
• 022 “Inshootlarning eskirishi”;
• 023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”;
• 025 “Transport vositalarining eskirishi”;
• 029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.
• Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab chiqarish (ashyolarni ham qo'shib) va xo'jalik inventarlari hamda foydalanish mumkin bo'lgan yoshga yetgan ko'p yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy vositalar bo'yicha aniqlanadi va hisobga olinadi.
• Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo'yicha aniqlanmaydi: arxitektura va san'atning noyob yodgorliklari bo'lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va laboratoriyalarda joylashgan o'quv ishlari va ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko'rgazmali qo'llanmalar, mahsuldor qora mollar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog'i va shunga o'xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo'lgan yoshga yetmagan ko'p yillik ko'chatlar, kutubxona fondlari, fil`mlar fondi, sahnaga qo'yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.
• Asosiy vositalar ob'ekti bo'yicha eskirish hisoblash mazkur ob'ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob'ektning dastlabki (tiklanish) qiymati doirasida yoxud bu ob'ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
• Hisobot yili mobaynida asosiy vosita ob'ektlari bo'yicha eskirish har oyda yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi. Asosiy vosita ob'ektlari bo'yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati to'liq qoplangan yoxud bu ob'ekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to'xtatiladi. Eskirish hisoblash asosiy vositalar ob'ektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas.
• Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari, zarur hollarda, o'zlarining tizimidagi tashkilotlarda asosiy vositalarning eskirishi me'yorlarini asosiy vositalarning texnik shartlari yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar ob'ektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tegishli qonunchilik bilan belgilangan me'yorlardan oshmagan holda o'rnatadilar.
№
| |
Муомалалар мазмуни
|
Дт
|
Кт
|
Асос бўлувчи хужжат
|
1.
|
Асосий воситаларга эскириш хисобланиши (Хар
ойда)
| |
231, 241, 251, 261 ёки 271 субсчётларн
инг
тегишлиси
|
02-счётнинг тегишли субсчётлари
|
Бухгалтерия расчётлари, маълумотномалари
|
2.
|
Бошқа ташкилотлардан беғараз олинган ва аввал фойдаланишда булган асосий воситалар-инвентар объектлар келиб тушганда:
а) дастлабки (тикланиш) қийматидан эскиришини айирган ҳолда
| |
01-счётнинг тегишли субсчётлари
|
262
|
АВ-1 шаклдаги
бюджет ташкилотларида асосий воситаларни
^абул ^илиш-
топшириш тўғрисида далолатнома
| |
б) эскириш суммасига
| |
01-счётнинг тегишли субсчётлари
|
02-счётнинг тегишли субсчётлари
|
Бухгалтерия маълумотномаси
|
3.
|
Қайта баҳолаш натжасида асосий воситани эскириш суммасини ошиши
| |
28-счётнинг тегишли субсчётлари
|
02-счётнинг тегишли субсчётлари
|
Бухгалтерия маълумотномаси
|
4.
|
Қайта баҳолаш натжасида асосий воситани эскириш суммасини камайиши
| |
02-счётнинг тегишли субсчётлари
|
28-счётнинг тегишли субсчётлари
|
Бухгалтерия маълумотномаси
|
5.
|
Балансдан чиқарилаётган асосий воситага ҳисобланган эскириш суммасини ҳисобдан чиқарилиши
| |
02-счётнинг тегишли субсчётлари
|
201
|
Далолатнома, бухгалтерия маълумотномаси
|
• Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to'g'risida Nizom” (O'zR Moliya vazirining 2004 yil 16 avgustdagi 101-son Buyrug'i bilan tasdiqlangan) ga va boshqa qonuniy xujjatlarga asosan tartibga solinadi.
• Asosiy vositalar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan chiqarilishi mumkin:
• a) belgilangan xizmat muddati tugaganidan keyin;
• b) jismoniy eskirish, halokatlar, tabiiy ofatlar, foydalanishning risoladagi shart-sharoitlarini buzish oqibatida yaroqsiz holga kelganlari;
• v) ma'nan eskirganlari;
• g) tegishli davlat organlarining qarorlari bo'yicha chiqib ketadiganlari;
• d) korxona va tashkilotlarning qurilishi, rekonstruktsiya qilinishi munosabati bilan chiqib ketadiganlari.
• Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sotish “Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan b'ektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag'larini taqsimlash tartibi to'g'risida Nizom” (Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan)ga asosan tartibga solinadi.
• Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag'lar
• - 50 foizi - tegishli byudjet daromadiga o'tkaziladi;
• - 50 foizi - byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha byudjet
tashkilotlarining O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligining tegishli bo'linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi.
• Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo'yicha kamomad yoki yo'qotishning aniqlanishi ulan undirilishi “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to'g'risidagi Nizom” (Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo'mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004 yil 10 martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) ga asosan tartibga solinadi. Bir oylik o'rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Agar xodimdan undirilishi lozim bo'lgan yetkazilgan zarar summasi uning o'rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o'tgan bo'lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.
Бюджет ташкилотларида асосий воситаларни ҳисобдан чиқариш тўғрисидаги далолатнома
(АВ-4-сон шакл, бюдж.)
Бюджет ташкилотларида транспорт воситаларини ҳисобдан чиқариш тўғрисидаги далолатнома (АВ-4а-сон шакл, бюдж.)
Адабиётларни ҳисобдан чиқариш бўйича далолатнома (444-сон шакл)
АВ-6, АВ-8, АВ-9 - сон шаклдаги инвентар карточкалар
438 - сон шаклдаги 9-мемориал ордер
308 - сон шаклдаги бош журнал китоби
^исобот шакллари ( баланс, 5-сон шаклдаги номолиявий активлар харакати тўғрисида ҳисобот ва бошқалар)
|
| |