|
Foydalanuvchi interfeysi. Uskunalar paneli
|
bet | 9/10 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #274227 |
Bog'liq AUTOCAD DASTURNING INTERFEYSIVA BUYRUQLAR PANELI10.2. Foydalanuvchi interfeysi. Uskunalar paneli.
Kompas_3D_V12 ishga tushirilgandan so‟ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari o‟rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o‟qituvchi tomoidan o‟rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi.Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin:
1-rasm. Kompas_3D_V12 dasturning bosh oynasi ya‟ni loyihalash muhiti.
Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi:
Muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi ko‟rsatilgan sarlavha;
Asosiy menyu;
Asboblarning standart paneli;
kompakt paneli;
Xususiyatlar paneli; 6.Chizmadagi joriy holatni ko‟rsatuvchi kursor (sichqoncha) holati yani buyruqlar chizig`i.
Kompas_3D_V12 tiziminini interfeysi rostlanuvchan bo‟lib, uning ko‟rinish 1rasmdagidan farq qilishi mumkin.
Kompas_3D_V12 ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi:
Kompas_3d_V12 tizimi interfeysining birinchi satrida sarlavha satri joylashgan, bu yerda muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi. Kompasda fayl kengaytmasi “cdw” bilan belgilanadi.
Kompas_3d_V12 tizimi interfeysining ikkinchi satrida iyerarxik menyu satri joylashgan. U quyidagi bo‟limlardan tashkil topgan:
“Файл” – fayllar bilan ishlash menyusi;
“Редактировать” – Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir qilish menyusi;
“Выделить” - turli shakldagi chizmalarni va kerakli qismlarni belgilab olish buyruqlarni bajaradi;
“Вид” – Ekran ko‟rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va boshqa buyruqlarni o‟rnatadi;
“Вставка” – ilovadagi va tashqi obektlarni bloklarga qo‟yishni ta‟minlash;
“Инструменты” – ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma ko‟rsatgichini o‟rnatish kabi buyruqlar bajariladi;
“Спецификация” – standart ramkaga kerakli bo`lgan ma`lumotlarni kiritish.
“Сервис” – servis xizmati ko‟satish;
“Окно” - bir vaqtda foydalanishda bo‟lgan axborotlarni fayldan faylga o‟tib ularni ochadi;
“Справка” – AutoCAD 2004 dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to‟liq ma‟lumot berilgan.
“Библотеки” – kompas kutubxonasidan kerakli ma`lumotlar olinadi.
|
| |