• Operatsion tizim.
  • Kompas tizimi haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 0,71 Mb.
    bet8/10
    Sana09.10.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #274227
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    AUTOCAD DASTURNING INTERFEYSIVA BUYRUQLAR PANELI

    10.1. Kompas tizimi haqida umumiy ma’lumotlar.
    Bugungi kunda juda ko‟plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo‟lib, ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‟z faoliyatlari uchun qulay bo‟lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma‟lum bir sohaga yo‟naltirilgan bo‟ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‟llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o‟zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi.
    Kompas - Rossiya Federasiyasining ASKON kоmpаniyasining avtomatik loyihalash paketi bo‟lib, kompyuterli modellashtirish va loyihalash ishlarini sifatli bajarishda, foydalanuvchiga texnikaviy chizmalarni tez va malakali, yuqori darajali aniqlikda ishlab chiqishda, hamda bir vaqtda qog„ozga chiqarish imkoniyatini beradigan tizimdir.Kompas dasturi "MS WINDOWS" operasion tizimida ishlaydi. Kompas dasturi konstruktorlik xujjatlarini, detal andozalarini ko`p qo`llaniladigan detallarning ishchi chizmalarini yig`ish chizmalarini va boshqalarning kompleks kutubxonalarini o`zida mujassamlashtirilgan kompas dasturida konstruktorlar uchun bir qancha qulayliklar yaratilgan. Masalan, yuza g`adir-budirliklari, o`lcham aniqliklari va chetlanishlari, yuzalarining o`zaro joylashuvi o`lcham dopusklari va boshqalar ilovada avtomatik qo`llanish mumkin.
    Kompas dasturi detallarni o`zaro biriktirish, yig`ish ketma-ketligi, ularni ajratish kabi ko`p mexnat talab qilinadigan ishni avtomatik ravishda amalga oshiradi. Yig`ish chizmalarida o`rnatmalarni qo`shish tezkor va aniq ravishda amalga oshiriladi. "Kompas" dasturi konstruktorlik xujjatlarning yagonaligi tizimi (ESKD) talabalariga asosan ishlaganligi uchun unda loyixalangan ishchi va yig`ish chizmalari davlat andozasiga to`liq mos keladi. "Kompas" dasturida nafaqat detallarni loyixalash, balki ularga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini xam tuzish mumkin.
    Zаmоnаviy Kompas dasturi tizimi intеrfеysi kоmp`yutеrning eng zаmоnаviy vоsitаlаri vа tеxnоlоgiyalаrining imkоniyatlаrini hisоbgа оlgаn hоldа yarаtilgаnligi bоis chizmа vа sxеmаlаrni, lоyihаlаsh mаsаlаlаrini yuqоri sifаtdа bаjаrilishini kаfоlаtlаydi. Kompas dasturining yaratilganligiga 25 yildan oshgan bo‟lsada, avtomatik loyihalash dasturlari orasida hanuzgacha yetakchi o‟rinni egallab kelmoqda. Chunki Kompas dasturi mukammal va ommabop dastur bo‟lib, u har qanday turdagi mashinasozlikka oid bo`lgan sxema va chizmalarni yaratishni yuqori aniqlikda va sifatli bajaradi. Shuningdek, mazkur dasturdan foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini to‟la amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababli, millionlab mutaxassislar, olimlar, muhandis – texniklar va talabalar loyihalash ishlarini avtomatlashtirish sohalarida Kompas tizimidan foydalanishlari ommalashib bormoqda.
    Kompas_3D_V12 dasturi o‟rnatiladigan kompyuter ma‟lum bir minimal talablarga javob berishi, parametrlarga ega bo‟lishi lozim. Ushbu talablarga quyidagilar kiradi: Operatsion tizim.

    • WINDOWS XP Professional (sp1 yoki 2)

    • WINDOWS XP Home (sp1 yoki 2)

    • WINDOWS XP Tablet PC

    • WINDOWS 2000 (sp4)

    Web – brauzer

    • Microsoft Internet Explorer 6.0 (sp1 yoki yanada yangi paket)

    Izoh: dastur o’rnatilgandan so’ng rasmiylashtirish uchun zarur. Prosessor

    • Pentium IV yoki undan yuqori 1.5 GGts

    OZU (operativ xotira)

    • 512 MB (tavsiya etiladi) Video

    • 1024X768 VGA, ranglar palitrasi True Color (minimum)

    • Qattiq disk (vinchester)

    • 1 GB o‟ringa ega bo‟lishi

    Ko‟rsatish qurilmasi

    • Sichqoncha «Trecbol» yoki boshqalar

    CD – ROM
     Dasturni o‟rnatish uchun, qaysi model bo‟lishidan qat‟iy nazar zarur
    .

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompas tizimi haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 0,71 Mb.