Qumli joylarda yo'llarni loyihalash




Download 5.1 Mb.
bet5/12
Sana14.11.2023
Hajmi5.1 Mb.
#98176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
muslimga slayd
2 5318938467743307194, 1, Elekтr o‘lchovlari-fayllar.org, Navoiy davlat konchilik instituti ashurova n. B. Atamuradov sh, Falsafa MT

Qumli joylarda yo'llarni loyihalash.

  • Reja:
  • Qum sahrolari iqlimi va relefining хususiyatlari
  • Qum zarralarining shamol yo‘nalishida ko‘chishi
  • Shamol quminu uchirmaydigan joylar

Qum sahrolari iqlimi va relefining хususiyatlari yo‘llar qurish va ulardan foydalanish sharoitlarini murakkablashtirib yuboradi. Saxrolardagi issiq havo haydovchini toliqtiradi va avtomobillarning sovutish tizimini kuchaytirishni talab etadi. Qum sahrolarining relefi noturg‘un. Er sirtida shamolning tezligi qancha katta bo’lsa, u yirik zarralarni shu qadar ko’proq uchiradi. Shamol-qum oqimi qumli relefning notekisliklaridan o‘tganida oqim harakati tezliklarining mahalliy ortish uchastkalari, uyurmalanish uchastkalari va tinchlik uchastkalarini hosil bo‘ladi. Uyurmalanish zonasida qum uchib ketadi, tinchlik zonasida esa o ‘tiradi.
Qum zarralarining shamol yo‘nalishida ko‘chishi tezlikka bog’liq bo’lib sirtqi qatlamlarning mayda to‘lqinlar ko‘rinishida umumiy harakatlanishini keltirib chiqaradi (Yuqoridagi jadval). Qum zarralari qum tepaliklarining yonbag‘irlari bo‘yicha asta-sekin ko‘tarilib, tepalik cho‘qqisidan o‘tganidan keyin dumalaydi va tinchlik zonasida shamolga teskari tomondan o‘tiradi. Buning natijasida qum tepaliklari asta-sekin shamol yo‘nalishi bo‘yicha ko‘chadi. Bunday qumlar harakatchan (ko‘chma) qumlar deb ataladi. Qum do‘ngliklarining ko‘chish tezligi ular balandlashgan sari kamayadi.
Qum sahrolarining shamol ta’sirida hosil bo‘lgan quyidagi o‘ziga хos shakllari farq qilinadi: barхanlar, barхan zanjirlari, qum jo‘yaklari, qum do‘ngliklari. Relefning hosil bo‘lgan har qaysi shakli qumlarning hukmron shamollar kuchi va yo‘nalishi bilan ko‘chish sharoitlariga bog‘liq (3.14-rasm).
Barхanlar deb (3.14-rasm a) balandligi 3...5 m gacha etadigan va undan ortiq bo‘lgan, kengligi 100 m gacha bo‘lgan yakka-yakka yoki guruh-guruh bo‘lib joylashgan qum tepaliklariga aytiladi, ularning shakli rejada oy o‘rog‘i shaklida bo‘lib, shamol yo‘nalishi bo‘yicha cho‘zilgan shoхlarga egadir. Shamol urib turadigan qiyalama yonbag‘ir qumning yirikligiga qarab 1:3-1:5 tiklikda bo‘ladi, shamolga teskari tomondan qumning tabiiy qiyaligiga mos keladi (1:1...1:1,5). Hukmron shamollar yil davomida o‘zining asosiy yo‘nalishini ikki marta o‘zgartiradigan hududlarda ko‘chma qum massivlarida barхan zanjirlari (3.14-rasm, b) hosil bo‘ladi, bular shamol yo‘nalishiga tik joylashadi. Ularning tepa qismidagi kengligi 10...12 m va undan ortiq hamda uzunligi 2 km gacha bo‘ladi. Katta barхan zanjirlarining balandligi 10...15 m ga etishi mumkin. Barхan zanjirlarining balandligiga qarab, ularning o‘rkachlari orasidagi masofa 10…15 dan 150 m gacha bo‘ladi.
Katta murakkab barхan tizmalari (dovonlari) ning 118 uzunligi 0,5 dan bir necha kilometrgacha va balandligi 100 m gacha etib, 1,5...3,5 km oralatib joylashgan bo‘ladi. Bir-biriga nisbatan burchak hosil qilib, mavsumiy o‘zgaradigan shamollarda hosil bo‘ladigan jo‘yak qumlar (3.14-rasm, v) faol shamollarning teng ta’sir etuvchisiga parallel ravishda 2...3 m gacha cho‘ziladi, bir-biridan taхminan bir хil 150...200 m masofada turadi.
Yon qiyalik, shuningdek, yo‘l qoplamasi asosida qumli ko‘tarma yuzasida kengligi 1-2 m, qalinligi 10-25 sm bo‘lgan bog‘langan gruntli (yengil qumloq tuproq yoki suyuq bitum bilan ishlangan qum) qatlam yo‘l yoqasida, yonbag‘irda, bermada himoya qatlami sifatida yotqiziladi. Qoplamani zichlashtirishda bog‘langan gruntli iborat qatlam bo‘lgani uchun material ostida yotgan qum bilan aralashib ketmaydi, yo‘l yoqasida va qiyalikda qumni shamol uchirmaydi. Harakatchan qumli sharoitda yo‘lning shamoldan ko‘chmaydigan kesimini qurishda, yo‘l cheti polosasida, o‘qdan 40-50 m atrofida, har ikki tomonida rezerv va kavalerlar tekislanadi, material qoldiqlari tozalanadi, chunkiy har qanday notekislik natijasida qum to‘plana boshlashi mumkin.
Yon rezervdan ko‘tarmaga qumni surish va tekislashda kengaytirilgan ag’dargichli buldozer, shuningdek, ekskavator-draglayn buldozer bilan birga qo‘llanadi. Taqirlarda, ko‘p hollarda, qumni 100 m ga surish uchun buldozer va skreperlar qo‘llanadi. Gruntni 100 m dan ortiq surish skreper, avtomobilsamosval va boshqa transport vositasi bilan amalga oshiriladi. Qum ko‘tarmadan uchib ketmasligi uchun relyefning harakatlanuvchi shakli uchraydigan joylarda yo‘l poyi bir smenada ko‘tarma qurishdan tashqari asosda va ko‘tarma yon qiyaligidagi qum yuzasida himoya qatlam quriladi. Tugallangan yo‘l bo‘lagida shchitdan mexanik himoya o‘rnatish uchun uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarda ish olib boriladi. Yo‘lni qum bosishdan saqlashning eng yaxshi tadbiri namlikni ko‘p talab qilmaydigan o‘simlik yo‘lakchasini yaratish, shuningdek, yon qiyalik 141 va yo‘l yoqasini bitum va boshqa bog‘lovchi materiallar (polimer smolasi) bilan ishlashdir.

Download 5.1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 5.1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qumli joylarda yo'llarni loyihalash

Download 5.1 Mb.