|
Mavzu. Axborot tizimlari texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja
|
bet | 2/6 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 66,63 Kb. | | #271720 |
Bog'liq 1 mavzuMarkaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma – protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar ham protsessor zimmasidadir. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi.
Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o‘rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlarning Intel 8086, 80286, 80386, 80486 kabi turlari ma’lum.
1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o‘rnatmoqda.
Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.
Diskli jamlagichlar. Ma’lumotlarni saqlash, ularni bir kompyuterdan ikkinchisiga olib o‘tish, kompyuter bilan ishlaganda foydalaniladigan ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo’lib, egiluvchan disklar (disketlar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi.
Egiluvchan disklar (disketlar)ga ma’lumotlarni yozish va ulardan ma’lumotlarni o‘qish uchun disk yurituvchi (diskovod) qurilmasi ishlatiladi.
Hozirgi paytda kompyuterlarda, asosan, 3,5 dyuymli (89 mm), sig’imi 1,44 Mbayt bo‘lgan disketlar ishlatib kelinmoqda. Bu disketlar qattiq plastmassa g‘ilofga o‘ralgan bo‘lib, bu ularning ishonchliligini va ishlash muddatini oshiradi.
Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) kompyuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo’ljallangan. Masalan, operatsion tizim dasturlari, ko‘p ishlatiladigan dasturlar paketlari, hujjatlar muharrirlari, dasturlash tillari uchun translyatorlar va boshqalar.
Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Foydalanuvchi uchun qattiq diskdagi jamlagichlar bir-biridan diskka qancha axborot sig‘ishi bilan farq qiladi. Hozirgi paytda kompyuterlar asosan sig‘imi bir necha yuz Gbayt va undan ko‘p bo‘lgan vinchesterlar bilan jihozlanmoqda. Fayl serverlar nafaqat katta sig‘imli, balki tezkor bo‘lgan bir nechta vinchesterlar bilan jihozlanishi mumkin.
Diskning ish tezligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi:
1. Diskning sekundiga aylanishlar soni.
2. Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarga kirish vaqti va o‘qish-yozish tezligi faqat diskovodning o‘zigagina bog‘liq emas, balki disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kontrollerining turi va kompyuter mikroprotsessorining tezligiga ham bog‘liq.
Ma’lumotlarni saqlash uchun kompakt disk (CD – Compact Disk) lardan keng foydalaniladi. Kompakt disklarda 750 Mbayt hajmli ma’lumotlarni saqlash mumkin. CD-R tipidagi kompakt disklarga ma’lumotlarni faqat bir marta yozish mumkin, CD-RW tipidagi kompakt disklarga esa qayta-qayta yozish mumkin.
DVD kompakt disklarga ko’proq ma’lumot yozish mumkin (o’nlab Gbayt). Ma’lumot bir marta yoziladigan DVD-R va qayta-qayta yoziladigan DVD-RW disklar mavjud.
Hozirgi kunda ma’lumotlarni saqlashga juda qulay bo’lgan flesh-xotira (Flash Memory) qurilmasidan keng foydalanilmoqda. Bunday qurilmalar bir necha o’nlab Gbayt ma’lumotni saqlashi mumkin.
Kontrollerlar (maxsus elektron sxemalar) kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi.
Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashadi.
Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud.
Umumiy portlarga printer, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo‘ladi: parallel – LPT1-LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket – COM1-COM3. Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq bajaradi.
Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo’ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo‘lib, matnli hamda grafik holatlarda ishlashi mumkin.
Matn holatida monitor ekrani shartli ravishda alohida belgi o‘rinlariga (ko‘pincha 80 ta ustun va 25 ta satrga) bo‘linadi. Har bir o‘ringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatoriga lotin alifbosining katta va kichik harflari, arab raqamlari, tinish belgilari, psevdografik ramzlar va boshqalar kiradi. Rangli matnlarda har bir belgi o‘rniga o‘zining va fonning rangi mos kelishi mumkin. Bu esa chiroyli rangli yozuvlarni ekranga chiqarish imkonini beradi.
Grafik holat ekranga grafiklar, rasmlar va boshqalarni chiqarishga mo‘ljallangan. Bu holatda axborotlarni turli yozuvli matnlar shaklida ham chiqarish mumkin. Yozuvlar ixtiyoriy shrift, o‘lcham, interval va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin.
Grafik holatda ekran yoritilgan va yoritilmagan nuqtalardan iborat bo‘ladi. Har bir nuqta monoxrom monitorlarda qoraroq yoki yorug‘roq, rangli monitorlarda esa, bir yoki bir necha rangda bo‘lishi mumkin. Ekrandagi nuqtalar soni berilgan holatdagi monitorning hal etish qobiliyatiga bog‘liq. Shuni ta’kidlash lozimki, hal etish qobiliyati monitor ekranining o‘lchamlariga ham bog‘liq.
IBM rusumidagi kompyuterlarda so‘nggi paytlarda kerakli sifatga ega bo‘lgan tasvirni hosil qilish imkonini beruvchi SVGA va suyuq kristalli (LCD) monitorlar qo‘llanilmoqda.
Klaviatura. Kompyuter klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi.
Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va trekbol kompyuterga ma’lumotlarni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.
Sichqonchani kompyuterga ulashning uch usulini ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulashdir. Shinali interfeysli sichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchun maxsus interfeys yoki «sichqoncha» porti kerak bo‘ladi. Uchinchi ko‘rinishdagi ulash PS/2 stilidagi sichqonchalarda amalga oshirilgan. Hozirgi kunda ular portativ kompyuterlarda ishlatilmoqda.
Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Тrekbolda uning korpusi emas, balki sharcha harakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo‘lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda.
|
| |