Mavzu. Axborot tizimlari texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja




Download 66,63 Kb.
bet3/6
Sana19.09.2024
Hajmi66,63 Kb.
#271720
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 mavzu

Shahsiy kompyuterlar tasnifi.
Shaxsiy kompyuterlar (ShK – hammaboplik va qo‘llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro EHMlardir.
Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universallik talablarini qondirishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:

  • individual xaridor uchun mos keladigan narxlarda;

  • atrof muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;

  • tuzilishining boshqarish, fan, ta’lim, turmush sohalarida turli ko‘rinishda qo‘llanishlarga moslashuvchanligi;

  • foydalanuvchining maxsus, kasbiy tayyorgarliksiz ishlashi imkoniyatini beruvchi operatsion tizimlar va boshqa «do‘stona» dasturiy ta’minotlar;

  • ishlashning yuqori darajada ishonchliligi (buzilmasdan 5000 soatdan ortiq ishlashi).

Ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq biror masalani yangi axborot texnologiyasi doirasida samarali bajarish uchun qo‘llaniladigan kompyuterning imkoniyatlarini bilish lozim. Ushbu imkoniyat haqidagi bilimlar kompyuterning konfiguratsiyasi tushunchasini tashkil etadi.
ShKlarni konstruktiv (tuzilmaviy) xususiyatlariga ko‘ra quyi­dagicha tasniflash mumkin.

2.2-rasm. Shaxsiy kompyuterlarning turlari.




Ko‘chma kompyuterlar shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan kenja sinfidir. Mutaxassislar fikricha, 1998 yilda foydalanuvchilarning 50% dan ko‘prog‘i aynan ko‘chma kompyuterlardan foydalangan bo‘lsa, 2010 yilga kelib bu ko‘rsatkich 90% dan oshdi.
Ko‘chma kompyuterlarning ko‘pchiligi akkumulyatorlardan alohida (avtonom) ta’minlanadi. Ular tarmoqqa ulanishi ham mumkin. Videomonitor sifatida ularda yassi videoproyektorli suyuq kristalli displeylar qo‘llaniladi.
Suyuq kristalli displeylar (LCD - Liquid Crystal Display) faol (aktiv) va sust (passiv) matritsali bo‘ladi. Sust matritsada ekranning har bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlar kesishgan joyga yetib keladi.
Faol (aktiv) matritsali displey ancha murakkab va qimmat, biroq yaxshi sifat – barqaror, kontrast va tiniq tasvir berilishini ta’minlaydi.
Ko‘chma kompyuterlar turli-tuman: ulkan va og’ir (15 kg gacha), portativ ishchi stantsiyalaridan to 100 gramm keladigan elektron yozuv daftarchasigacha bo‘lgan ko‘chma kompyuterlar mavjud.
Portativ ishchi stantsiyalar eng qudratli va yirik ko‘chma ShKlardir. Ular ko‘pincha chemodan shaklida tayyorlanadi va og‘zaki tilda «Ko‘chmanchi» deb ataladi. Ularning konfiguratsiyasi ko‘chmas ShKlar ishchi stantsiyalari konfiguratsiyasiga o‘xshash bo‘lib, 2500-3000 MGs dan yuqori bo‘lgan chastotali, kuchli mikroprotsessorga, 512 Mbaytdan yuqori sig‘imdagi tezkor xotirali, 120-160 Gbayt diskli jamlaguvchilarga ega, 128 Mbaytdan yuqori videoxotirali interfeys va qudratli videoadapterlari bo‘lgan kompyuterdir.
Mohiyatiga ko‘ra ular tarmoqdan ta’minlanuvchi oddiy ishchi stantsiyalaridir, biroq tashqi qobig‘i (korpusi) ko‘tarib yurish uchun qulay qilib tayyorlangan va yassi suyuq kristalli videomonitorga ega. Ular odatda modem va CD-ROMlar bilan jihozlangan, lokal hamda Internet tarmoqlariga ulanishi mumkin.
«LapTop» turidagi portativ kompyuterlar «diplomat» hajmidagi kichik chemodanchalar ko‘rinishida tayyorlanadi. Ularning og‘irligi odatda 5-10 kg atrofida bo‘ladi. Apparat va dasturiy ta’minot ularning eng yaxshi ko‘chmas ShKlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishiga imkon beradi.
Kompyuter-bloknotlar (NoteBook va SubNoteBook, shuningdek, ularni Omni Book – «har yerda hozir» deb ham atashadi) stolda foydalaniladigan ShKlarning barcha vazifalarini bajaradi. Ular uncha katta bo’lmagan kitob hajmidagi mo‘jaz chemodancha (ba’zan olinadigan qopqoqli holda) ko‘rinishida tayyorlanadi. O‘z xususiyatlariga ko‘ra ko‘p jixatdan LapTopga mos keladi, faqat o‘lchami va bir qator kichik hajmdagi operativ va diskli xotirasi bilan farqlanadi.
Kompyuter-bloknotlarning ko‘pgina modellari aloqa kanaliga va shunga muvofiq hisoblash tarmog‘iga ulanish uchun modemlarga ega aloqani ta’minlaydi. Ular uncha katta bo‘lmagan hajmdagi suyuq kristalli monoxrom va rangli displeylarga ega. Klaviaturasi har doim qisqa, Track Point va Track Pad turidagi manipulyatorlarga ega.
Cho‘ntak kompyuterlari (Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma’noni bildiradi) 300 gramm og’irlikka ega. Тipik o‘lchamlari yig‘ilgan holatda 150x80x25 mmdir. Ular to‘laqonli shaxsiy kompyuterlar bo‘lib, mikroprotsessor, operativ va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham klaviatura, ko‘chmas ShKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo‘limlariga ega.
Elektron kotiblar (PDA-Personal Digital Assistent, ularni ba’zan Hand Help – qo‘l yordamchisi deb atashadi) cho‘ntak kompyuteri shakliga ega (og’irligi 0,5 kg dan ortiq emas), biroq Palm Top ga nisbatan keng funktsional imkoniyatlarga ega (xususan: nomlar, manzilgohlar va telefon raqamlarini saqlovchi elektron ma’lumotnomalar, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar ro’yxatlari, harajatlar yozuvlari va boshqalar haqidagi axborotni tashkil qilishga yo‘naltirilgan apparat va maxsus dasturiy ta’minot), maxsus matnli, ba’zan esa grafik muharrirlik, elektron jadvallar tayyorlaydi.
Ko‘pgina elektron kotiblar modemlarga ega va boshqa ShKlar bilan axborot almashishi mumkin. Hisoblash tarmog‘iga ulanganda esa elektron pochta va fakslarni olish hamda jo‘natish mumkin. Ulardan ba’zilari hatto avtomatik raqam teruvchilarga ega. Elektron kotiblarning yangi modemlari boshqa kompyuter qurilmalari bilan masofadan simsiz axborot almashish uchun radiomodem va infraqizil portlar bilan jihozlangan.
Elektron yozuv daftarchalari (organayzerlar) ixcham kompyuterlarning «eng yengil sinfi»ga kiradi (bu sinfga ulardan tashqari kalkulyatorlar, elek­tron tarjimonlar va boshqalar kiradi); ularning og‘irligi 200 grammdan oshmaydi. Organayzerlar foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilmaydi, biroq siqimli xotiraga ega. Unga zarur axborotni yozish va uning yordamida maxsus matnni tahrir qilish, ish xatlari, bitim, shartnomalar matnlari, kun tartibi va ish uchrashuvlariga tegishli matnlar saqlanishi mumkin.
NetBook
…….



Download 66,63 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 66,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Axborot tizimlari texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja

Download 66,63 Kb.