• Kompyu т erning ar х i т ek т urasi va asosiy qurilmalari.
  • Mavzu. Axborot tizimlari texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja




    Download 66,63 Kb.
    bet1/6
    Sana19.09.2024
    Hajmi66,63 Kb.
    #271720
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1 mavzu




    Mavzu. Axborot tizimlari texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
    Reja:
    1. Kompyuтerning arхiтekтurasi va asosiy qurilmalari
    2. Shahsiy kompyuterlar tasnifi
    3. Shaxsiy kompyuтerning qo’shimcha qurilmalari
    4. Shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlash

    Kompyuтerning arхiтekтurasi va asosiy qurilmalari.
    Informatika – bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini ham o‘rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, jumladan, elektron hisoblash mashina (EHM) lar yordamida amalga oshiriladi.
    XX asrning 40-yillaridan boshlab universal EHMlarning davri boshlandi. Ularning taraqqiyotini avlodlarga bo‘lib o‘rganish tajribasi keng qo‘llanib kelingan. Ayni paytda EHMda qo‘llanilgan radiotexnik elementlar bazasi hamda dasturiy ta’minoti kabi tasnif belgilari bo‘yicha avlodlarga ajratishdan ham foydalanilgan. Lekin yana bir tasnif belgisi – EHMning arxitekturasidagi farqiga qarab ham u yoki bu avlodga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bunga oid gapni «bazaviy EHM»ning arxitekturasi, ya’ni abstrakt modelidan boshlaymiz.
    Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik-mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar.
    Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
    Birinchi avlod EHMlari – bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan «bazaviy EHM»dir.
    Ikkinchi avlod EHMlari – bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi.
    Uchinchi avlod EHMlari – bu ikkinchi avlod mashina­sidan tarkibida axborot almashuv qurilmasi (kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli (bir vaqtning o‘zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma’lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. BESM-6, ES EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari sirasiga kiradi.
    Тortinchi avlod EHMlari – bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida har biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi. Cheget, Elbrus-2 kabi EHMlar to‘rtinchi avlodga mansub.
    Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘quv muassasalaridagi eng zamonaviy shaxsiy kompyuterlar ham bitta protsessorli bo‘lgani tufayli uchinchi avlodga mansub. Ayni payt­da ayrim idoralar kuchli serverlar (ikki va undan ko‘p protsessorlarga ega bo’lgan, ya’ni to’rtinchi avlod kompyuterlari) dan foydalanmoqdalar.
    Beshinchi avlod EHMlari – bu to‘rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechishning dasturiy ta’minoti va muloqot protsessori borligi) bilan farq qiluvchi, universal sun’iy tafakkur mashinalaridir.
    Universal EHMlarning rivojlanish tarixida alohida o‘rinni shaxsiy kompyuterlar egallab kelmoqda. Shaxsiy kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprotsessor kashf etilgandan boshlangan. Shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga asosan Apple firmasi, keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi mahsulotlari hisobiga kengayib bordi.
    Hozirda Apple firmasi «Macintosh» rusumdagi kompyuterlari bilan, ayniqsa, AQShning o‘zida tanilgan bo‘lsa, IBM kompyuterlari butun dunyoda keng tarqalgan. Shu sababli aynan IBM kompyuterlarining arxitekturasi va asosiy qurilmalari ustida to‘xtalib o‘tamiz.
    Kompyuterning arxitekturasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
    Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistema bloki, monitor, klaviatura va sichqoncha.
    Sistema blokida markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.

    2.1-rasm. Shaxsiy kompyuter arxitekturasi





    Download 66,63 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 66,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Axborot tizimlari texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja

    Download 66,63 Kb.