• Shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlash
  • Mavzu. Axborot tizimlari texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja




    Download 66,63 Kb.
    bet6/6
    Sana19.09.2024
    Hajmi66,63 Kb.
    #271720
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1 mavzu

    Modem va faks-modemlar. Modem – telefon tarmog‘i orqali kompyuter bilan aloqa qilish imkonini beruvchi qurilmadir.
    Faks-modem – bu, faksimil xabarlarni qabul qilish va jo‘natish imkonini beruvchi modemdir.
    O‘zining tashqi ko’rinishi va o‘rnatilish joyiga qarab modemlar ichki va tashqi modemlarga bo’linadi. Ichki modemlar bevosita sistemali blok ichiga o’rnatiladigan elektron platadan iborat. Тashqi modemlar – bu kompyuter tashqarisida bo‘lgan va portlardan biriga ulanadigan avtonom elektron qurilmadir.
    So‘nggi yillarda modemlar va faks-modemlarga bo‘lgan talab oshib ketdi. Modemlar bir kompyuterdan ikkinchisiga xujjatlar paketini yetarlicha tez o‘tkazish, elektron pochta orqali bog‘lanishga imkon beradi. Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan aloqa qilish uchun global kompyu­ter tarmog’i (Internet va boshqalar) ga kirishni ta’minlaydi.
    Skanerlar. Skaner – matn, rasm, slayd, fotosurat ko‘rinishida ifodalangan tasvirlar va boshqa grafik axborotlarni kompyuterga avtomatik ravishda kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Skanerlarning turli modellari mavjud. Eng ko‘p tar­qalgani — stol usti, planshetli va rangli skanerlardir.
    Plotterlar – bu, kompyuterdan chiqarilayotgan ma’lumotlarni qog‘ozda rasm yoki grafik ko’rinishda tasvirlash imkonini beruvchi qurilmadir. Odatda uni grafik yasovchi (grafopostroitel) deb ham atashadi.
    Yuqoridagi qurilmalardan tashqari kompyuterga mahalliy tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi tarmoq adapteri, dijitayzer, ya’ni elektron planshet, joystik, videoglaz, raqamli fotoapparat va videokamera kabi qurilmalar ulanishi mumkin.


    Shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlash
    Kompyuter ishlov beradigan barcha ma’lumotlar elementlari 0 va 1 raqamlar (bitlar) dan tuziladi. Shundan so‘ng quyidagi zanjir hosil bo‘ladi: bit-bayt-fayl-katalog- mantiqiy disk.
    Bit – axborotning eng kichik birligi bo‘lib, 0 yoki 1 raqami beradigan axborotni bildiradi. Bitning qiymatini o‘chirilgan-yoqilgan, yo‘q-ha, yolg‘on-rost alternativlari kabi talqin etish mumkin.
    Kompyuter konkret bitlar bilan alohida juda kam hollarda ish ko‘radi. Odatda kompyuter sakkiz bitdan iborat 0 va 1 raqamlari kombinatsiyasi bilan ishlaydi. Bu kombinatsiyalar bayt deb ataladi.
    Kompyuterning barcha ishlari – bu, baytlar to‘plamini boshqarishdir. Baytlar kompyuterga klaviatura yoki disklardan (yoki alohida liniyalar orqali) kelib tushadi. Shundan so‘ng dasturning buyrug‘i (operatorlari) bo‘yicha baytlarga ishlov beriladi. Ular vaqtincha saqlab turiladi yoki doimiy saqlash uchun yozib qo‘yiladi. Zarur bo‘lsa displey ekraniga yoki chop etish qurilmasidagi qog‘ozga chiqariladi.
    Baytlarning katta to‘plamlari uchun kattaroq o‘lchov birliklari ishlatiladi.
    1 bayt = 8 bit;
    1 Kbayt (Kilobayt) = 210 bayt = 1 024 bayt;
    1 Mbayt (Megabayt) = 210 Кb = 1024 Кb = 220 bayt = 1 048 576 bayt;
    1 Gbayt (Gigabayt) = 210 Мb = 1024 Мb = 230 bayt = 1 073 741 824 bayt;
    1 Tbayt (Теrаbаyt) = 210 Gb = 1024 Gb = 240 bayt = 1 099 511 627 776 bayt;
    1 Pbayt (Petabayt) = 210 Тt = 1024 Тb = 250 bayt= 1 125 899 906 842 624 bayt;
    Sakkiz razryadli baytdagi maksimal ikkilik son 1111• 1111ga teng. Agar uni o’nlik sanoq sistemasiga o‘tkazsak 255 soni hosil bo‘ladi. Demak, nol bilan birgalikda bir baytda 256 ta turli o’nlik sonlarni yozish mumkin ekan.
    Kompyuter xotirasi – bu, maxsus elektron yacheykalar to‘plami bo‘lib, ularning har biri nol va birlar kombinatsiyasidan iborat bir bit axborotni saqlay oladi. Yachey­ka­lar 0,1,2,…,3200,3201 va h.k. tartib raqamlari bilan nomerlanadi. Yacheykaning nomeri shu yacheykaga yozib qo’yiladi va baytning adresi deyiladi. Shunga e’tibor beringki, yacheyka (bayt) adresi va yacheykaga joylashgan axborot (bayt qiymati) bir xil narsa emas. Yacheyka adresi (nomeri) o‘zgarmaydi, undagi axborot esa 0 dan 255 gacha o‘zgarishi mumkin.
    Operativ xotirada axborot kompyuter ishlab turgandagina saqlanadi. Kompyuter yoqilganda operativ xotiraga operatsion tizimda saqlanadigan baytlar yoziladi (yuklanadi). Shundan so‘ng foydalanuvchining buyrug‘i asosida operativ xotiraga magnitli diskdan amaliy dasturlar va ular ishlov beradigan ma’lumotlar yuklanadi. Хotira yacheykalaridagi baytlar doimo o‘zgarib turadi. Chunki baytlar boshqa yacheykalarga o‘tkaziladi, ular ustida arifmetik amallar va boshqa ishlar bajariladi. Yangi dastur yuklanganda operativ xotiradagi ma’lumotlar yangisi bilan almashadi.
    Magnitli diskka yozilgan barcha axborot bloklarga bo‘lingan holda bo‘ladi. Bu bloklar baytlar to‘plamidan iborat bo‘lib, fayllar deb ataladi. Har bir fayl o‘zining belgisi (nomi)ga ega bo‘lishi kerak. Shu nom bo‘yicha inson va operatsion tizim fayllarni farqlaydi, tanib oladi va foydalanadi. Demak, fayl – qattiq yoki egiluvchan disk­ka yozilgan va nomlangan baytlar majmuasidir. Fayl uzunligi bir baytdan o‘nlab Mbaytgacha o‘zgarishi mumkin.
    Fayllarda kompyuter ishlov berishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy axborot saqlanishi mumkin. Masalan, matnli hujjatlar, dasturning matni, rasmlar, shartli kodlar, mashina tilidagi dasturlar va boshqalar. Тurli dasturlarning ishlashi natijasida ham diskda fayllar hosil bo‘lishi mumkin.
    Fayllar turlari bo‘yicha matnli va matnli bo’lmagan fayllarga bo‘linadi. Matnli fayllarda ekranda bevosita o‘qishga yoki chop etish qurilmasiga uzatishga mo‘ljallangan alfavit raqamli axborot saqlanadi. Matnli fayllar kompyuter texnologiyalarida alohida rol o‘ynaydi.
    Fayl nomi ikki qismdan iborat bo’ladi: bevosita ism­ning o‘zi va uning kengaytmasi. Fayl nomida kengaytma ishtirok etmasligi ham mumkin. Bevosita nomning o’zi 256 tagacha belgi, kengaytma esa 1 dan 4 tagacha belgidan iborat bo‘lishi mumkin. Kengaytma bevosita fayl nomidan «.» (nuqta) bilan ajratiladi.
    Misol.:
    RA
    test.txt
    command.com
    Kengaytma odatda faylning kelib chiqishi, nimaga mo‘ljallanganligi, biror guruhga tegishli ekanliligini bildiradi. Ko‘pchilik dasturiy tizimlar konkret tipdagi fayllar konkret kengaytmaga ega bo‘lishi kerakliligini talab etadi. Masalan, DOS operatsion tizimi EXE va COM kengaytmali fayllarni dastur deb hisoblaydi. Matnli fayllar uchun ТХТ, DOC kengaytmalarini ishlatish qulay. Shuni ta’kidlash lozimki, faqat kengaytmalari bilan farq qiluvchi nomlar, turli fayllarni bildiradi. Masalan, COWF.C, COWF.PRT, COWF.OBT, COWF.EXE.
    Ko‘p tarqalgan kengaytmalar quyidagilardir:

    • bat – buyruqli fayl.

    • bas – Basic tilidagi dastur matni.

    • pas – Pascal tilidagi dastur matni.

    • doc – MS Word matn protsessorida yaratilgan fayl.

    • xls – MS Excel jadval protsessorida yaratilgan fayl.

    • dbf – ma’lumotlar bazasining operativ fayli.

    Kompyuter egiluvchan va qattiq magnitli disklar (vinchesterlar) dagi jamlagichlar bilan jihozlangan bo‘ladi. Biror diskka murojaat etish uchun disk yurituvchilar lotin alifbosining birinchi harflari bilan belgilangan. Masa­lan, A, B, C, . . . harflarni disk yurituvchilarning nomi deb ataymiz. Disk nomi biror operatsion tizim buyrug‘ida yozilganda ikki nuqta bilan birgalikda yoziladi: C:, A: va hokazo.
    Egiluvchan disklar (ya’ni disketalar) disk yurituvchisining birinchisi A nomga, ikkinchisi B nomga (agar mavjud bo‘lsa) ega. Birinchi qattiq disk C nomga ega. Ayrim operatsion tizimlar ma’lum Mbayt sig‘imidan oshiq bo‘lgan vinchesterlar bilan ishlay olmaganligi sababli fizik vinchester bir necha, sig‘imi 28-32 Mbaytdan oshmaydigan mantiqiy disklarga bo‘linadi. Ushbu mantiqiy disklar D, E, F va hokazo nomlarni olishgan. Shuning uchun, garchi kompyuterda bitta vinchester bo‘lsa-da, mantiqiy disklar soni 5-6 taga yetishi mumkin.
    Hozirgi paytda mantiqiy disklarning xotirasiga qo’yiladigan chegara olib tashlangan va yangi kompyuterlar faqat bitta mantiqiy diskka ega. Uning sig‘imi fizik vinchesterning sig‘imi bilan ustma-ust tushadi.
    Fayl to‘g‘risida gapirganda uni biror diskda (disketada yoki vinchesterda) joylashgan deb tushunamiz. Vinchesterga yozilgan har bir faylning albatta u joylashgan mantiqiy diskining nomi bo‘ladi. Egiluvchan disklarda esa unday emas. Biror fayl yozilgan disketa disk yurituvchiga qo’yilmaguncha u uchun disk nomi mavjud bo’lmaydi. Agar disketa A disk yurituvchiga qo‘yilsa, fayl ham A diskda joylashgan degan gapni aytishimiz mumkin. Lokal kompyuter tarmoqlarida va CD-ROM ulanganda ham mantiqiy disklar bilan ish ko‘rish mumkin. Vinches­terda minglab, xatto o‘n minglab fayllarni joylashtirish mumkin. Agar ular biror usul bilan tematik guruhlarga bo‘linmasa, shuncha fayllar bilan ishlash ancha mushkul bo‘ladi.
    Bir nom bilan ataluvchi fayllar guruhi kataloglar deyi­ladi. Ularni ayrim hollarda direktoriylar (ingliz tilida «directory» – adres kitobi, ma’lumotnoma so‘zidan olingan) deb ham atashadi.
    Misol uchun, mantiqiy diskni javon desak, unda papkalardan iborat qutilar va alohida (qutidan tashqarida) papkalar saqlanishi mumkin. Har bir qutida o‘z navbatida alohida qutichalar va alohida papkalar joylashgan bo‘lishi mumkin. Qutilar, qutichalar va papkalarga nomlari yozilgan etiketkalar yelimlangan bo‘ladi.
    Endi tasavvur qiling, papka – bu, etiketkada yozilgan nomga ega bo‘lgan fayl bo‘lsa, alohida quti – bu, mantiqiy diskning katalogi, quticha esa ushbu katalogning katalog ostidir.
    Kataloglar, fayllarning to‘la ro‘yxati o‘zak katalogning mundarijasi deyiladi va shu katalogda birinchi darajali kataloglar va alohida fayllar qayd etiladi.
    Download 66,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 66,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Axborot tizimlari texnologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja

    Download 66,63 Kb.