Tavsiflash
– buni modellashtirish yoki model yasash ma`nosida tushunish
mumkin.
Bu qanaqa model, u ganday ko`rinishda ifodalanganligi qo`yilgan aniq
masalaga, uning tiliga va usuliga bog`liq bo`ladi.
Masalan, fizik fotoplastistinka elementar zarrachalarining qoldirgan
trayektoriyasini o`r-gana turib, formula va tenglamalardan iborat matematik
modelni
yaratadi, ruxshunos esa inson-larni turli vaziyatlardagi holatlarini
tavsiflovchi model hosil qiladi. Har bir inson o`zining ish faoliyati davomida u
yoki bu ko`rinishda modellashtirish
bilan yoki kelayotgan, chiqayotgan
axborotlarni tasvirlash bilan shug`ullanishadi.
XX asrda fan-texnikaning va sanoatning rivojlanishi natijasida hosil
bo`ladigan va saqlanadigan axborotlar hajmi
shu darajada ortib ketdiki, natijada
ularning hammasini insonlar qabul qilishi, saqlashi
va qayta ishlashi mumkin
bo`lmay qoldi. Hosil bo`layotgan axborotlarni sinflarga bo`lish, saqlash, axborot-
larni harakatlanish qonuniyatini yaratish muammosi hosil bo`ldi. Bu muammoni
hal qilish uchun olib borilgan izlanishlar natijasi sifatida
informatika
deb atalmish
fan paydo bo`ldi. Boshlang`ich bosqichda
informatika
kutubxona ishining bazasi
hisoblangan va ko`p yillar yordamida uni mukammallashtirish
nazariyasi va
amaliyoti bilan shug`ullanib kelgan.
Informatika
o`rganilayotgan obyekt va u to`g`risidagi bilimlar oralig`idan
joy egallab qoladi. Haqiqatan ham, inson atrof muhitni o`rgana turib, axborot oladi,
uni biron narsaga belgilab, yozib yoki saqlab qo`yadi.
Axborot
tashuvchi sifatida
adabiyot,
magnit lentalar, kartalar, sxemalar ishlatilishi mumkin. Axborotlarni
qayta
ishlash orqali, bizni o`rab turgan dunyo to`g`risida bilimga ega bo`lamiz,
natijada yangi izlanish usullarini yaratish, yangi axborotlarga ega bo`lish, ularni
saqlash, qayta ishlash va hokazo imkoniyatlar hosil bo`ladi.