tablichkalarga yozib qoldirishgan. Bu ma`lumotlar
esa cherkovlarda yoki
ibodatxonalarda saqlangan. Shuning uchun xam bu ma`lumotlarga ega bo`lish,
ularni o`rganish hammaga ham nasib qilavermagan. O`qishni yoki yozishni
bilmagan kishilar ulardan foydalana olishmagan. Vaqt o`tishi bilan insonlar
o`zgardi, jamiyatning tuzumi o`zgardi. Jamiyatda o`qimishli kishilar ko`paydi.
Yangidan-yangi axborotlar hosil bo`ldi. Bu axborotlarni ko`paytirish va ularni
barcha qiziquvchi kishilarga tarqatish muammosi hosil bo`ldi.
Axborotlarni
tarqatish vositasi sifatida asosan kitoblardan, rasmlardan va hokazolardan
foydalanila boshlandi. Chop etilgan kitoblardan yoki rasmlardan kishilar jamiyatda
ro`y berayotgan o`zgarishlar, yangiliklar va voqyealar to`g`risida axborotlarga ega
bo`lishdi.
Yillar o`tishi bilan hosil bo`ladigan axborotlar hajmi ortdi. Axborotlarni
yig`ish, qayta ishlash va
tarqatish uchun nashriyotlar, tipografiyalar qurildi, ya`ni
informasion sanoatga asos solindi. Ko`plab tirajda chop etilayotgan kitoblar,
gazeta va jurnallar kishilarni katta hajmdagi axborotlardan xabardor qilib turishdi.
Matbuot bilan birgalikda radio, keyinchalik esa televedeniya
axborotlarni uzatish
vositasi bo`lib qoldi.
Axborot tushunchasi nimani anglatadi? Qadimgi Gresiyada bu termin
«ko`rinishni berish», «tasavvurlash» ma`nosida tushunilgan.