kompyuterlar yaratila boshlandi.Hisoblash texnikasi barcha sohalarda
o`zining samaradorligini, keng imkoniyatli ekanligini va qulayligini ko`rsatdi.
Kompyuter va ular bilan muloqot qilish usullarini va metodlarining rivojlanishi
natijasida, ularning qo`llanilish sohalari kengayib bormoqda.
Hozirgi kunda kompyuterlar barcha sohalarda, shu jumladan sanoatda,
qishloq xo`jaligida, ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida, fan texnikada,
tibbiyotda, o`quv jarayonlarida keng qo`llanilib kelinmoqda.
Ma`lumotlarni qayta ishlash tajribaning asosiy ajralmas qismi hisoblanadi.
Axborotlarni qayta ishlash algoritmlari olimlar va mutaxassislar tomonidan
tayyorlanadi. Dastur tuzuvchilar bilan birgalikda ular kompyuter uchun
ma`lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar tuzishadi. Algoritmlar yaratish va ular
asosida kompyuter uchun dastur tuzish – ana shu bosqichning eng aso-siysi
hisoblanadi. Keyingi bosqichda tekshirish uchun ma`lumotlarni qulay ko`rinishda
ifodalash va chiqarish dasturlaridan foydalaniladi. (grafiklar qurish, jadvallar
yaratish, ishchi rasmlarni tasvirlash chizish va hokazo). Ma`lumki, bunday
dasturlar aniq sohaga mo`ljallanmagan va ular yetarlicha universal hisoblanadi.
Amaliyot shu narsani ko`rsatdiki, kompyuterlardan foydalanish natijasida ishlab
chiqarishda va fan texnikada mehnat samaradorligi ortadi, ilmiy-texnik prog-
ressga juda kuchli ta`sir etadi. Kompyuterlarning rivojlanishida asosan uchta
bosqichni ajratish mumkin: hisoblash, umumiy informasion va intellektual. Fan va
texnologiya hozirgi vaqtda uchinchi bosqichda, ya`ni mashina intelektualining
rivojlanish bo`sag`asida turibdi. Mashina intellekti hayotga aqliy mehnat kishilari
bajaradigan ishlarni bajaruvchi kompyuterlar ko`rinishida kirib bormoqda. Yangi
mashianalar ishlab chiqiladi, ko`plab mukammal dasturlar yaratiladi, mashina
intellekti o`sadi, ya`ni bizni o`rab turgan olamni anglash va tekshirish uchun
imkoniyatlar hosil bo`ladi.
Zamonaviy informatikani quyidagi
3 yo`nalishi tashkil etadi:
1) Axborotlarni avtomatik yig`ish, saqlash, ishlash va uzatish usullari va
algoritmlarini yaratish;
2) Axborotlarni qayta ishlash, tasavvurlash usullari va algoritmlarini yaratish.
3) Yuqoridagi ikkita yo`nalishni rivojlantirish uchun elektron hisoblash
mashinalari va texnolo-giyalarni yaratish