|
Elektron hisoblash mashinalari (EHM), ularning ishlash asoslari.Axborot texnologiyalari
|
bet | 4/5 | Sana | 31.07.2024 | Hajmi | 159,69 Kb. | | #268961 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 Elektron hisoblash mashinalari (EHM), ularning ishlash asoslari.Axborot texnologiyalari
Axborot texnoligiyalarining takomillashishi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. “Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so‘zi lotincha “ thexnos” – san’at, hunar, soha va “ logos” – fan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni texnologiya – biror vazifani bajaraishda uning turli xil usullari ko‘rinishini bildiradi.
Axborot texnologiyalari axborotni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar – bu axborotlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Kundalik turmushda turli ko‘rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli, rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
Har bir turdagi axborot bilan ishlash uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo‘lgan axborot qurilmalari kerak bo‘ladi.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o‘qitishning avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O‘qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ta’lim tizimining barcha pog‘onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo‘g‘inligini ta’minlaydi;
barcha sohalar bo‘yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va
yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish (koordinatsiyalar, metodlar, ilmiy – metodik birlashmalar va h.k)
texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan to mikroskopgacha), ularga xizmat ko‘rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun’iy yo‘ldoshlari va boshqa aloqa kanallari) tarmoqlari;
ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.k).
Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimediya proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;
uskunaviy dasturiy ta’minot;
virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;
axborotlar majmui – ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual muzeylar va
h.k.;
texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga
qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zgartirish va h.k.).
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o‘qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O‘qitishni avtomatlashtirish yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ta’lim tizimining barcha pog‘onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo‘g‘inligini ta’minlash;
barcha sohalar bo‘yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish;
texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari, ularga xizmat ko‘rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
telekommunikatsiya tarmoqlari;
ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.z).
Ilm-texnika va tibbiyotning rivojlanishida informatikaning ahamiyati.
Multimediya vositalari.
Multimediya – zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositasida matn, tasvir, grafik, animatsiya, jadval, audio, video effektlarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga yetkazib berish texnologiyasidir (1.3-rasm).
1.3-rasm. Multimedia vositalari
Hozirgi zamon talabi hisoblangan masofadan o‘qitishda multimediya vositalaridan keng foydalaniladi. Talabalarni oliy o‘quv yurtlarida multimediyali vositalaridan foydalanib o‘qitishning afzalliklari quyidagilardir:
talaba materialni chuqur va mukammal o‘rganadi;
ta’limni istalgan vaqtda o‘z vaqtiga qarab olishi mumkin. Bunda talabaning vaqti tejaladi;
bunday bilimlar xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi;
talab o‘zi xoxlagan oliy o‘quv yurtining ta’lim tizimi bilan tashishi mumkin.
Multimediyaning xususiyatlari:
🖢 axborotning xilma – xil turlarini, ya’ni an’anaviy turlaridan (matn, jadval, chizmalar va h.k.) tortib to orginal (nutq, musiqa, videofilmlar, televizion
kadrlar, animatsion suratlar va h.k.) turlarigacha bitta dasturiy mahsulotda mujassamlashtiradi;
🖢 bunday axborotlarni foydalanuvchiga yetkazib berishda turli zamonaviy
elektron qurilmalardan (mikrofon, audio va video tizimlar, kompakt – disklar, televideniya, videomagnitofon, videoproektor, elektron musiqa asboblari va h.k.) keng foydalaniladi;
🖢 bunday ma’lumotlarni kompyuterda tahrir qilish, qayta ishlash imkonini
beradi;
🖢 “Inson - kompyuter” muloqati yangi darajada, ya’ni yanada ko‘rgazmaliroq va qulayroq ko‘rinishda olib boradi.
Multimediyali o‘qitish ayniqsa ta’lim berish tizimida qo‘llash juda katta ahamiyat kasb etib, uning yordamida o‘rganilayotgan soha tinglovchilarga yanada tushinarliroq bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda bizning Respublikamiz ta’lim tizimida ham keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Bunday o‘qitishning masofadan o‘qitish uslubi tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Masofadan o‘qitish uslubida o‘qitish quyidagi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.
Audiokonferensiyalar;
Videokonferensiyalar;
Ish stolidagi videokonferensiyalar;
Elektron konferensiyalar (E-Mail, On-line services);
Ovoz kommunikatsiyalari (Voice mail);
Ikki tomonlama sputnik aloqa;
Virtual borliq;
Virtual ko‘rgazma;
Bosma materiallar;
Audiokasetalar;
Videokasetalar;
Bir tomonlama sputnik aloqalar;
Televitsion va radio ko‘rsatuvlari va eshittiruvlari;
Disketa va CD ROM, DVD lar.
|
| |