Informatikaning asosiy tushunchalari va o‘rganish usullari




Download 159,69 Kb.
bet3/5
Sana31.07.2024
Hajmi159,69 Kb.
#268961
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Informatikaning asosiy tushunchalari va o‘rganish usullari.


Informatikaning asosiy vazifasi – axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo‘llashdan iboratdir. Informatika quyidagi masalalarni yechadi:


ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish;
axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika va texnologiyalarni yaratish;
jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yechishni yaratish hamda ularni tatbiq etish.
Shartli ravishda informatikani uchta o‘zaro bog‘liq qismga bo‘lish mumkin:
Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan yagona sohadir.
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnologiyasi bazasidan ixtiyoriy ob’ektlarni boshqarish jarayonlarning axborot ta’minoti metodologiyalarini, tatbiqiy predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri bu axborot dir.
Axborot so‘zi lotincha «information» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’nolarni anglatadi.
Axborot – bu odamlar orasidagi, odamlar bilan EHMlar orasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma’lumot almashinuvi bo‘lib, keng ma’noda ilmiy tushunchadir.
Insonning butun faoliyati u yoki bu holda axborotni olish va undan foydalanish bilan bog‘langan. Kitob o‘qiganda, rasmni qarab chiqayotganda biz axborotni eslab qolamiz va yig‘amiz.Xat yozamizmi, telefonda gaplashamizmi – biz axborotni uning egasiga yoki suhbatdoshimizga uzatamiz, undan qabul qilamiz. Har qanday masalani yechayotganda biz axborotni ishlaymiz: masala shartida keltirilgan axborotni o‘rganib, uni yechamiz.
Axborotni ma’lum maqsadda ishlash jarayonlari hayot kabi juda qadimdan mavjuddir. Hech qanday tirik mavjudot o‘zining genetik kodini saqlamasdan, tashqaridan axborot olmasdan va uni ishlamasdan mavjud bo‘la olmaydi va rivojlana olmaydi. Axborotni ifodalash va saqlash zarurati nutq, yozuv va tasviriy san’atning paydo bo‘lishiga olib keldi. Axborotni uzatish va tarqatish zarurati kitob bosish, tovushlarni yozish, videotasvirga olish va h.k. texnik qurilmalarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Axborot bu – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir.
Axborot asosan 3 xossadan iorat bo‘lishi kerak: chin, to‘liq va ma’lum ma’noda qimmatli.
O‘z navbatida, xabar – axborotni tasvirlash shakli bo‘lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.k. ko‘rinishlarda ifodalanadi.
Ko‘p hollarda axborot o‘rnida berilganlar degan ancha farq qiluvchi jumla ishlatiladi. Berilganlar xabarlar, kuzatishlar natijalarini o‘z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo‘yicha imkoniyat tug‘ilganda, masalan, narsa to‘g‘risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.
Axborotning amalda qo‘llanilishining zarur sharti uning o‘z vaqtidaliligi va adekvatliligidir. Adekvatlik – bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy ob’ektga qanchalik mosligini beradi va u uchta formada ifodalanadi:
Sintatik adekvatlilik – bu axborotni uzatish tezligi, aniqliligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat.
Semantik adekvatlilik – uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, ob’ekt obraziga va real ko‘rinishiga mos kelishliligi hisobga olinadi.
Prigmatik adekvatlilik – olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi.
Bularni yanada yaxshiroq tasavvur etish uchun hayotiy bir misol olamiz. Faraz qilaylik, siz biror ko‘rgazmaga taklifnoma oldingiz. Bu taklifnomada ko‘rgazma bo‘ladigan vaqt, joyi, ishtirokchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Agar ko‘rgazma yopilgandan so‘ng bu taklifnomani olganingizda u sizga kerak bo‘lmay qolardi. O‘z vaqtida emasligi sababli undan foydalanib bo‘lmaydi.
Sintaktik adekvatliligi talablarini bajarish uchun taklifnoma varaqasi butun bo‘lishi, qattiq qog‘ozdan tayyorlanganligi, shriftlarning oson o‘qiladiganligi va shu kabilar. Ya’ni, bu yerda biz faqat axborotni uzatish jarayoni to‘g‘risida bosh qotiramiz va unda nima yozilganligi bizni qiziqtirmaydi.
Semantik adekvatliligi bizdan taklifnomadagi xabarning haqiqatga mos kelishini talab qiladi.Ko‘rgazma manzili, ishtirokchilar nomlari, tadbirning bo‘lish vaqti kabilar mos kelishi tekshiriladi
Pragmatik adekvatliligi taklifnomadagi ma’lumotlarning foydaliligi bilan aniqlanadi. Ya’ni, taklifnomadan foydalanib, kerakli ko‘rgazma zalini tez va vaqtida topa olsangiz – o‘z vaqtingizni tejagan va asablaringizni asragan bo‘lasiz.
Informatika model algoritm dasturga asoslangan uchlikka tayanadi. Axborotni kodlash
Bir xil axborotni signallarning turli ketma – ketligi bilan berish mumkin.Masalan, bitta jumlaning o‘zini qog‘ozga yozish, talaffuz qilish, Morze alifbosi yordamida uzatish mumkin. Axborotni ma’lumot sifatida yozish va mazmunini aynan saqlab qolgan holda axborotni boshqa shaklga o‘tkazish kodlash deb ataladi. EHMda axborotni signallarning ketma – ketligi yordamida kodlashning ikki usulidan foydalaniladi: magnitlangan yoki magnitlanmagan, ulangan yoki ulanmagan, yuqori yoki past kuchlanish va hokazo. Bu holatni 0 raqami bilan, ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkili kodlash deyilib, 0 va 1 raqamlari esa bitlar (inglizcha bit – binary digit – ikkili raqam) deb ataladi.
Matnlarni kodlash har bir simvolga, simvolning ikkili kodi deb ataluvchi ma’lum miqdordagi nollar va birlar ketma – ketligi mos keladi.
EHM larda har bir simvolga bayt (inglizcha byte) deb ataluvchi 8 ta nol va birlardan tashkil topgan ketma – ketlik mos keladi. 0 va 1 lardan tuzilgan
ma’lumotlar uchun undagi bitlar sonini sanab, sonli o‘lchov kiritish, axborot hajmini baholash mumkin.
8 bit 1 baytga tengdir. Ikkili ma’lumotlarda axborot miqdorini o‘lchash uchun bit va baytlar bilan bir qatorda ulardan kattaroq birliklar ham qo‘llaniladi. Ular quyida keltirilgan
1 Kbit (bir kilobit) = 210 =1024 bit ( 1 ming bit);
1 Mbit (bir megabit) = 210 Kbit =220 =1048576 bit ( 1 mln. bit);
1 Gbit (bir gigabit) = 210Mbit=220Kbit=230 bit ( 1 milliard bit); 1 Kbayt (bir kilobayt) = 210 =1024 bayt ( 1 ming bayt);
1 Mbayt (bir megabayt) = 210 Kbayt =220 =1048576 bayt ( 1 mln. bayt);
1 Gbayt (bir gigabayt) = 210Mbayt=220Kbayt=230 bayt ( 1 milliard bayt);
Bitlar va baytlar xotira “sig‘imi” va ikkilik ma’lumotlarni uzatish tezligini o‘lchash uchun ham qo‘llaniladi. Uzatish tezligi bir sekunda uzatiladigan bitlar miqdori bilan o‘lchanadi

  1. Download 159,69 Kb.
1   2   3   4   5




Download 159,69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatikaning asosiy tushunchalari va o‘rganish usullari

Download 159,69 Kb.