• Informatika va axborot texnologiyalari fani tarixi va rivojlanish bosqichlari.
  • Mavzu: Axborot va axborot turlari. Kompyuter qurilmasining texnik va dasturiy ta’minoti. Texnika xavfsizligi




    Download 159,69 Kb.
    bet2/5
    Sana31.07.2024
    Hajmi159,69 Kb.
    #268961
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1

    Sanitariya-gigiena talablari. Informatika darsida talabalar kompyuterda ishlaganlarida, boshqa darslardan farqli o‘laroq, ularning bir qator mushaklari tarang holatda bo‘ladi va kompyuterda uzoq muddat ishlash to‘liq shakllanib ulgurmagan talabalarning badanlari zo‘riqishiga va noto‘g‘ri shakllanishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

      1. Kompyuter monitori o‘tirgan talabalarning ko‘zlari darajasidagi balandlikda bo‘lib, talabalar undan 40 sm dan 80 sm gacha bo‘lgan masofada o‘tirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.

      2. Kompyuterning klaviaturasi o‘tirgan talabalarning bukilgan tirsaklari darajasida bo‘lishi kerak. Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan etarlicha joy qoldirilishi va ular bir xil balandlikda bo‘lishlari kerak.

      3. Kompyuterlarni hatto maxsus ishlangan stend va shkaf ko‘rinishidagi mebellarga joylash taqiqlanadi. Kompyuter stolining tortmalari bo‘lsa, ular talabalarning o‘tirgan holda oyoqlarini oxirigacha uzatishlariga xalaqit bermasligi kerak.

      4. Kompyuterda muttasil ishlash vaqti talabalar uchun 30 minutdan oshmasligi lozim.

      5. Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan kompyuterlar sonidan kamida 6 marta ko‘p bo‘lishi kerak.

      6. Kompyuter xonalari etarli quvvatga ega ventilyatsiya tizimiga ega bo‘lishi lozim.

      7. Kompyuter klaviaturasida iflos qo‘llar va o‘stirilgan tirnoqlar bilan ishlashga ruxsat berilmaydi.

      8. Yuqumli kasalliklar xuruji paytida talabalar kompyuterda ishlashdan oldin va keyin qo‘llarini sovun bilan yuvishlari kerak.

      9. Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda qolishi va unda chang yig‘ilib qolishining oldini olish lozim.



    1. Informatika va axborot texnologiyalari fani tarixi va rivojlanish bosqichlari.


    Informatika– bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo‘lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida uni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tatbiq muhiti bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning aloqadorligini o‘z ichiga oladi (1.2- rasm).
    «Informatika» so‘zi dastlab, XIX asrning 60 – yillarida Fransiyada vujudga keldi. U informatsiya (information) va avtomatika (automatique) so‘zlarini birlashtirishidan hosil bo‘lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter fani (Computer science) deb ataladi. Mustaqil fan sifatida informatika XX asrning 40 – yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi fan – kibernetika fani bazasida vujudga keldi.

    1.2-rasm. Hozirgi zamon AKT vositalari.

    1. Download 159,69 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 159,69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Axborot va axborot turlari. Kompyuter qurilmasining texnik va dasturiy ta’minoti. Texnika xavfsizligi

    Download 159,69 Kb.