• Birja amallari qoidalarining maqsadi.
  • Fond birjasining savdosini amalga oshirish tartibi




    Download 83 Kb.
    bet4/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi83 Kb.
    #243314
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    BIRJA OPERATSIYALARI MEXANIZMI

    Fond birjasining savdosini amalga oshirish tartibi

    Qimmatli qog`ozlar muomalasini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziyasi) bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassislari bo`lishi mumkin. Birjada brokerlik o`rnini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining (tovar fond birjasi yoki valyuta birjasi fond bo`limining) a`zolari bo`lishlari mumkin. Fond birjasi a`zolarining sonini birjaning boshqaruv organlari tartibga solib turadilar. Davlat hokimiyati va boshqaruv, prokuratura va sud organlari, ularninng mansabdor shaxslari va mutaxassislari fond birjasi a`zolari bo`lishga haqli emasdir. Fond birjasi a`zolari qimmatli qog`ozlar muomalasini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo`lgan hamda investitsiya muassisi maqomini olgan taqdirdagina oldi-sotdiga qo`yiladi. Brokerlik o`rnini sotib olgan jismoniy shaxs uni davlat hokimiyati mahalliy organlarida ro`yxatdan o`tkazganidan keyingina oldi-sotdiga qo`yilishi mumkin. Respublikamiz fond birjasidagi oldi-sotdini faqatgina broker amalga oshirishi va qonunlashtirish mumkin. Makler, katta makler va ularning yordamchilari operatsion zallarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadilar. O`zbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati to`g`risida»gi qonunga muvofiq quyidagi idoralar, muassasalar, birlashmalar birja bo`lishi mumkin emas:



      • davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy hamda mahalliy idoralari;

      • davlat banklari va davlat kredit muassasalari (bunda banklar fond va valyuta birjalarining muassalari bo`lishi mumkin);

      • davlat sug`urta va davlat inspeksiyasi kompaniyalari hamda fondlari;

      • jamoat; diniy va xayriya birlashma (tashkilot)lari hamda fondlari;

      • qonunlarga ko`ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi man etilgan jismoniy shaxslar.

    Birja amallari qoidalarining maqsadi. qimmatli qog`ozlarga doir birja amallarini bajarishda qo`llaniladigan qoidalarni birjaning yuqori boshqaruv organi, ya`ni aksionerlarning umumiy yig`ilishi tasdiqlaydi. Bu qoidalarda quyidagilar nazarda tutiladi:

    • qimmatli qog`ozlar oldi-sotdi prinsiplari;

    • birja qatnashchilarining tarkibi ularga qo`yiladigan talablar majmui;

    • birja yig`ilishlari o`tkaziladigan joy va vaqt to`g`risidagi axborot;

    • qimmatli qog`ozlarni birja oldi-sotdisiga chiqarish tartibi;

    • birja bitimlarining tavsifi;

    • mijozlar brokerlarga beradigan topshiriq (buyruq) turlari;

    • oldi-sotdisini tashkil etish;

    • bitimlarni ro`yxatdan o`tkazish va rasmiylashtirish tartibi;

    • qimmatli qog`ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan shartnoma shartnoma hisobot, buyurtma va xabarnomalar haqida birjaga oid boshqa hujjatlar namunalari.

    Fond birjasi birja oldi-sotdisi vaqtida bitimlar tuzish, bitimlarni tekshirib ko`rish va ular yuzasidan hisob-kitob qilish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Fond birjalari va fond bo`limlari O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishib olingan qimmatli qog`ozlar muomalasi bitimlarini amalga oshirish nizomlari va ichki qoidalari, fond birjasi ustavi (fond bo`limi to`g`risidagi nizom) asosida ish tutadilar.

    Download 83 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fond birjasining savdosini amalga oshirish tartibi

    Download 83 Kb.