• Fond birjalarini ro`yxatga olish
  • Fond birjasi tushunchasi va fond birjasi to`g`risida qonunchilik




    Download 83 Kb.
    bet2/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi83 Kb.
    #243314
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    BIRJA OPERATSIYALARI MEXANIZMI

    Fond birjasi tushunchasi va fond birjasi to`g`risida qonunchilik
    Birja bu bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli. U turli ko`rinishlarda bo`ladi:
    - tovarlar birjasi (tovarlar bozori);
    - fond birjasi (qimmatli qog`ozlar bozori);
    - valyuta birjasi (valyuta bozori);
    - mehnat birjasi («ishchi kuchi» oldi-sotdi bozori).
    Fond birjasi – bu qimmatli qog`ozlar bilan oldi-sotdi muomalasini olib boradigan joy. Uning oldida quyidagi vazifalar turadi:
    - qimmatli qog`ozlar bir maromda muomalada bo`lishining zarur sharoitini ta`minlash;
    - qimmatli qog`ozlar talab va taklifi o`rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni, ya`ni bozor bahosini belgilash;
    - qimmatli qog`ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish;
    - muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) narx-navo aniqlanishiga, indeksatsiyasi o`zgarishiga, savdo-sotiq vaqti, qimmatli qog`ozlar bilan hajmlari, kontraktlarning miqdoriga va boshqa ko`rsatkichlarga doir axborotlarni, birjaning holati va uning rivojlanishiga doir taxminiy shartlarni e`lon qilish.
    Dunyoda birinchi fond birjasi 1773 yilda Londonda brokerlar tomonidan qimmatli qog`ozlar bilan savdo qilish uchun tashkil etildi. U dastlab qirollikning pul almashtirish muassasasi (banki) binosining bir qismida ijaraga joylashadi. 1791 yilda filodelfiyada birinchi fond birjasi tashkil etilgan. 1792 yilda Nyu-York fond birjasi ochilgan. U birja hozirgi kungacha dunyoning eng yetakchi fond birjasi bo`lib kelyapti. Hozirgi davrda dunyoning 60 dan ziyod mamlakatlarida 200 ga yaqin fond birjalari mavjud. Fond birjalarining Xalqaro federatsiyasi bo`lib (Parijda), u qimmatli qog`ozlar bozorlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va aksionerlarning huquqlarini ta`minlaydi.
    Fond birjalarini ro`yxatga olish
    O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ro`yxatdan o`tkaziladi va u qimmatli qog`ozlar bilan faolit yuritish uchun O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligidan Litsenziya oladi. Litsenziya olmagan tashkilot faoliyat yuritishga haqli emas. Birja faoliyati davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:
    - birjani va birja faoliyati ishtirokchilarini (yuridik shaxslarni) davlat ro`yxatidan o`tkazish;
    - litsenziyalar berish;
    - birja faoliyatini soliq solish yo`li bilan boshqarish;
    - birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
    Birjani davlat ro`yxatidan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o`tkazadi. Birja qatnashchilarini ro`yxatdan o`tkazish esa «O`zbekiston Respublikasidagi korxonalar to`g`risidagi qonunga muvofiq» amalga oshiriladi. Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar tayyorlanadi:
    - litseziya olish uchun ariza;
    - ta`sis shartnomasi;
    - birja ustavi va davlat ro`yxatidan o`tganlik to`g`risida guvohnoma;
    - birjadagi savdo qoidalari;
    - ustav kapitalining 50 foizdan kam bo`lmagan miqdorini o`tkazganlik haqida bank ma`lumotnomasi;
    - savdo-sotiqni olib borish joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
    Birjaga litsenziya berish tartibini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
    Moliya fond birjalari va valyuta birjalarida mustaqil va mustaqil bo`lmagan tarkibiy bo`linma sifatida fond bo`linmalari tashkil etilishi mumkin. Fond bo`linma o`z faoliyatida fond birjalariga qo`yiladigan barcha talablarga amal qilishlari lozim.
    Fond birjasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga birja ustaviga hamda qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq yumushlarni amalga oshirishning ichki qoidalariga amal qiladi.
    Listing vak delisting tushunchasi. Ularning fond birjasiga daxldorligi.
    Listing – bu qimmatli qog`ozlarni birjaga qo`yish, ya`ni joylashtirish. qimmatli qog`ozlar listingga qo`shilgan bo`lib, birja ro`yxatidan o`tgan bo`lsa, ularni savdoga qo`yish mumkin. Birjaga qo`yilmaydigan aksiyalar nobirjaviy bozorda sotiladi.
    Listing me`yoriy ko`rsatkichlari:
    - qimmatli qog`ozlarning birjada oldi-sotdi qilinish sur`ati va soni;
    - real aktivlar hajmi;
    - qimmatli qog`ozlarning soni yoki aksiyalarning egalari(aksiyalar paketi) soni;
    - jalb qilingan sarmoyaning umumiy qiymati;
    - daromadlilik (rentabellilik) darajasi;
    - emitentning moliyaviy holati;

    Download 83 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fond birjasi tushunchasi va fond birjasi to`g`risida qonunchilik

    Download 83 Kb.