Klinkerning kimyoviy tarkibi




Download 20,29 Kb.
bet3/4
Sana22.01.2024
Hajmi20,29 Kb.
#142877
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Bog‘lovchi moddalar texnologiyasi-fayllar.org
, 245 lotin (1), geodez, algebraik-va-transtsendent-tenglamalarni-taqribiy-echish-usullari-qisqartma-akslantirish-usuli-itera (1), big data, Xayrullayeva Mashhura ona tili va o\'qish savodxonligidan kurs ishisi 1, 3 Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli D, akadimik yozu 1.2, amaliy-ish-fizika, Fezika 2, diplom ishi, Dorilarning ta’sir turlari nojo’ya ta’sirlari dorilarni birgalikda va takror qo’llash oqibatlari, Firmaning amalyoti kusr ishi, Kurs ishi UK (2)
Klinkerning kimyoviy tarkibi. Shuni nazarda to’tish kerakki. hamma qo‘shilmalar portlandtsement xossalarini qisman o‘zgartiradi. Uning asosiy sifat ko‘rsatkichlari (mustahkamligi, chidamliligi, mustahkamlanish tezligi) asosan klinker sifatiga bog‘liq. Portlandtsement klinkerining odatda qovushib pishgan holdagi o‘lchamlari 10–20 mm dan 50–60 mm gacha mayda va yirik donalar (kesak yoki bo‘laklar) ko‘rinishida olinadi.
Qovushib pishgan klinker o‘zining mikrostrukturasiga ko‘ra murakkab zarrachasimon turli kristallar va qisman shishasimon mahsulotlar aralashmasidan iborat. Klinker sifati asosiy oksidlar miqdori (kimyoviy tarkibi bo‘yicha), mineralogik tarkibi va asosiy oksidlarning o‘zaro nisbatiga qarab baholanadi.
Klinkerning kimyoviy tarkibi katta chegarada o‘zgarib turadi. Portlandtsement klinker ishlab chiqarish uchun xomashyo materiallari sifatida gil va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil jinslar turli moddalar (minerallar)dan tashkil topgan. Ularda asosan 3 ta oksid –SiO2, A12O3 va Fe2O3 bor. Ohaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid–CaO va SO2 dan iborat. Klinker kuydirilganda CO2 gazi ajraladi; CaO, SiO2, A12O3 va Fe2O3 asosiy oksidlar va asosiy klinker minerallarini hosil qiladi.
Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda, tsement sifatiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatuvchi oksidlar ham bo‘lishi mumkin. Bular odatda magniy oksid (MgO), ishqorlar (Na2O va K2O), titan ikki oksid (TiO2), fosfor angidrid (P2O5) va sulfat kislota angidridi (SO3) dir. Portlandtsement tarkibidagi asosiy va qo‘shimcha oksidlar miqdori quyidagicha bo‘ladi: CaO–63-67%; SiO2–21-24%; Al2O3–4-8%; Fe2O3–2-4%; MgO–0,5-5%; SO3–0,3-1%; Na2O va K2O–0,4-1%; TiO2 va Cr2O3–0,2-0,5%; P2O5–0,1-0,3%.
Klinkerning kimyoviy tarkibi 5382–65 sonli Davlat standartida berilgan usul bilan aniqlanadi.
1500 haroratda kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta’sirida so‘nish qobiliyatini yo‘qotmasa ham juda sust so‘nadi. Uning so‘nish jarayoni qotib qolgan tsementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. Bunday xavfli holning (tsement hajmining notekis o‘zgarishi) oldini olish uchun portlandtsement tarkibidagi erkin magniy oksid miqdori standart tomonidan chegaralanadi va 4,5% dan oshmasligi zarur.
Portlandtsementda kaliy va natriy oksidlar bo‘lmasa yaxshi, chunki ular portlandtsementning tishlashish muddatiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ishqorlar betonda to‘ldirgichlar bilan (to‘ldirgich tarkibida amorf qumtuproq bo‘lsa) o‘zaro kimyoviy ta’sir etishishi mumkin. Natijada qotgan betonning darz ketishiga sababchi bo‘ladigan natriy va kaliy silikatlar hosil bo‘ladi. Bu reaksiya atrof-muhit etarlicha nam bo‘lsa juda tez ketadi. Shu sababli gidrotexnik betonlar uchun tsement va to‘ldirgichlar tanlanayotganda tsementda qancha ishqor borligi hisobga olinishi lozim, to‘ldirgichlar va amorf qumtuproq (opal, kremniy, slanes va boshqalar)dan qancha borligi aniqlanadi. Bundan tashqari, portlandtsementda ko‘p miqdorda ishqoriy metall oksidlar bo‘lsa, beton yuzasida sho‘r dog‘lar hosil bo‘lishi mumkin.
Standartga ko‘ra, portlandtsement tarkibida ishqor istalgan miqdorda bo‘lishi mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, yer usti konstruksiyalarini qurishda ishlatiladigan qorishma va betonlar uchun esa 1% dan ortiq ishqori bo‘lgan portlandtsement ishlatish tavsiya etilmaydi. Tsementda 4% gacha titan ikki oksid bo‘lsa, u tsement sifatiga yomon ta’sir qilmaydi. Ammo TiO2 juda ko‘payib ketsa, tsementning mustahkamlik ko‘rsatkichlari pasayadi.
Fosfor angidrid 1,5-2% dan ortsa, portlandtsementning qotish jarayoni sekinlashadi (sulfat kislota angidridi portlandtsement texnik xossalariga qanday ta’sir qilishi haqida quyida gapiriladi).

Download 20,29 Kb.
1   2   3   4




Download 20,29 Kb.