• Portlandtsement ishlab chiqarish usullari.
  • Mavzu: Bog‘lovchi moddalar texnologiyasi




    Download 20,29 Kb.
    bet4/4
    Sana22.01.2024
    Hajmi20,29 Kb.
    #142877
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu Bog‘lovchi moddalar texnologiyasi-fayllar.org
    , 245 lotin (1), geodez, algebraik-va-transtsendent-tenglamalarni-taqribiy-echish-usullari-qisqartma-akslantirish-usuli-itera (1), big data, Xayrullayeva Mashhura ona tili va o\'qish savodxonligidan kurs ishisi 1, 3 Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli D, akadimik yozu 1.2, amaliy-ish-fizika, Fezika 2, diplom ishi, Dorilarning ta’sir turlari nojo’ya ta’sirlari dorilarni birgalikda va takror qo’llash oqibatlari, Firmaning amalyoti kusr ishi, Kurs ishi UK (2)
    Klinker tavsifi. Tsement klinkeri sifati quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin:
    1. Alohida oksidlarning miqdori (kimyoviy tarkibi).
    2. Asosiy oksidlar miqdorining nisbatini ifodalovchi modullar qiymati.
    3. Asosiy minerallarning miqdori. Klinkerga oksidlarning o‘zaro nisbati va klinker beriladi.
    Demak, portlandtsement sifatini har qaysi klinker mineralining foiz miqdoriga qarab aniqlash mumkin. Klinkerning mineralogik tarkibini aniqlashning ikki usuli bor: bevosita petrografik yoki rentgenografik tahlil usuli yoxud bevosita hisoblab aniqlash usuli. Klinker mineralogik tarkibi zavodlarda ko‘pincha hisoblab aniqlanadi (asosiy oksidlarning foiz nisbati orqali). Muhitini oksidlarning foiz nisbati ikki xil modul (silikat va qumtuproq) hamda to‘yinish koeffisenti bilan ifodalanadi. Bu modullar va koeffisent miqdori xomashyo aralashmasi uchun ham, klinker uchun ham amalda bir xil bo‘ladi. Bu esa muhim amaliy ahamiyatga ega, chunki xomashyoning kimyoviy tarkibini tegishlicha tanlash bilan klinker mineralogik tarkibini o‘zgartirib turish mumkin.
    Portlandtsement ishlab chiqarish usullari. Portlandtsement ishlab chiqarish ikki mustaqil jarayonga bo‘linadi:
    1. Klinker ishlab chiqarish (portlandtsementning chala mahsulotini tayyorlash).
    2. Klinkerni qo‘shilmalar bilan birga tuyish (portlandtsement olish).
    Birinchi jarayonjuda murakkab bo‘lib, uning bajarilishi katta xarajatlar bilan bog‘liq. SHuning uchun hamma vaqt portlandtsement asosini tashkil etuvchi klinkerni tejash kerak. CHunki portlandserrient ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatning ko‘p qismi (70-80%) klinker qiymatini tashkil etadi.

    -rasm. Portland tsement ishlab chqarishning texnologik sxemasi


    Portlandtsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik jarayonlar bajariladi:

    1.Ohaktosh va gil qazib olinadi.


    2. Xom ashyo materiallari tayyorlanadi va maydalanladi.
    3. Yoqilg‘i tayyorlanadi.
    4. Xom ashyo materiallari kuydiriladi.
    Klinkerni tuyish va portlandtsement ishlab chiqarishda esa asosan quyidagi texnologik jarayonlar mavjud:
    1. Qo‘shilmalar tayyorlanadi.
    2. Klinker qo‘shilmalar bilan birga tuyiladi,
    3. Portlandtsement omborga joylanadi.
    Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xomashyo aralashmasini hosil qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallar (ohaktosh, gil va to‘g‘rilovchi qo‘shilmalar) ning hammasi mayda qilib tuyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materiallar maydalab tuyilsa, xomashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotganda o‘zaro yaxshi ta’sirlashadi. Xomashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda klinkerda ta’sir etishmay qolgan moddalar deyarli bo‘lmaydi. Bu vaqtda hamma oksidlar minerallar holida bog‘langan bo‘ladi.
    Mayda qilib tuyilgan materiallar quruqligicha yoki suvda yaxshilab aralashtirilishi mumkin. Xomashyo materiallari suv bilan tayyorlansa, portlandtsement ishlab chiqarish “ho‘l” usul deb, quruqligicha tayyorlansa, “quruq” usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy xarakterdagi bir qator omillarga bog‘liq.
    Garchi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar jihatidan quruq usul afzalroq bo‘lsa ham, hozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, shuningdek, Rossiyada va AQShda ho‘l usul, quruq usul esa Yaponiya, Germaniya va Italiyada keng tarqalgan. Hozirgi ko’nda mamlakatimizda ham «quruq» usulni ko‘proq qo‘llashga moyillik salmoqli o‘rin olmoqda.
    http://fayllar.org
    Download 20,29 Kb.
    1   2   3   4




    Download 20,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Bog‘lovchi moddalar texnologiyasi

    Download 20,29 Kb.