Mavzu: Bog‘lovchi moddalar texnologiyasi




Download 20,29 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2024
Hajmi20,29 Kb.
#142877
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Bog‘lovchi moddalar texnologiyasi-fayllar.org
, 245 lotin (1), geodez, algebraik-va-transtsendent-tenglamalarni-taqribiy-echish-usullari-qisqartma-akslantirish-usuli-itera (1), big data, Xayrullayeva Mashhura ona tili va o\'qish savodxonligidan kurs ishisi 1, 3 Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli D, akadimik yozu 1.2, amaliy-ish-fizika, Fezika 2, diplom ishi, Dorilarning ta’sir turlari nojo’ya ta’sirlari dorilarni birgalikda va takror qo’llash oqibatlari, Firmaning amalyoti kusr ishi, Kurs ishi UK (2)
Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar: Gipsli bog‘lovchi moddalar. Gipsli bog‘lovchi moddalar kuydirilgan gipstosh mayda qilib tuyish yqli bilan hosil qilinadi (gipstosh asosan tarkibida ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatli CaSO4·2H2O dan iborat). Gipstoshdan kuydirilish harorati, sharoitiga qarab qurilish gipsi, mustahkam gips hamda angidritli tsement hosil qilinadi.
Qurilish gipsi. Tarkibida ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatli chqkindi tog‘ jinsi — gipsni (CaSO4 · 2H2O) va suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni (CaSO4) hamda ayrim sanoat chiqindilarini gipsli bog‘lovchilar olinadi. Standartda ko‘rsatilishicha, birinchi nav gips ishlab chiqarish uchun tarkibida CaSO4·2H2O ning miqdori 90%, ikkinchi nav uchun esa 65% dan kam bo‘lgan tabiiy gipstosh kerak.
Tabiiy gipstosh oq rangli, qattiqligi 2 (Moos shkalasi bo‘yicha), zichligi 2200-2400 kg/m3 bo‘lgan jinsdir. Gipstosh zahiralarining eng kattasi Buxoro viloyatida mavjud (Kogon gips koni).
150-170 haroratda kuydirilgan gipstoshni tuyib maydalab olingan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi.
Ikki molekula suvi bo‘lgan kalsiy sulfatni 65 da qizdirilganda u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo‘qolib, digidratatsiyalana boshlaydi. Bunda gipstosh 1,5 molekula suvni yo‘qotib, yarim molekula suvli gipsga aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi:
CaSO4·2H2O = CaSO4·0,5H2O+0,5H2O
Gipstosh 140–170 haroratda ko‘p miqdorda suvni yo‘qotib, yarim suvli, tez qotuvchi (CaSO4·0,5H2O) gipsga aylanadi. Bunday bog‘lovchi ba’zan alebaster deb ham ataladi. Demak, qurilish gipsi hosil qilish yuzasidan belgilangan texnikaviy vazifa ikki molekula suvli gipsni yarim molekula suvli gipsga aylantirishdan iborat bo‘ladi. Tabiiy kalsiy fosfatlarini fosfat kislota hamda konsentrasiyalangan fosfor o‘g‘itlariga gidrokimyoviy usulda aylantirish natijasida olingan chiqindi — fosfogips sanoat uchun yirik xomashyo manbai hisoblanadi.
Maxsus ishlab chiqilgan usullar asosida fosfogipsdan sifati eng yaxshi tabiiy xomashyodan hosil qilinadigan mahsulotdan qolishmaydigan tayyor bog‘lovchi modda olish mumkin.
Qurilish gipsi uch xil usulda ishlab chiqariladi:
1. Gipstoshni kukunlab tuyiladi va pishiriladi.
2. Gipstoshni maydalab pishirib, so‘ng tuyiladi.
3. Gipstoshni maydalab, yuqori bosimli suv bug‘ida ishlanadi va quritilib tuyiladi.
Gipstoshni, asosan, shaxtali va aylanma xumdonlarda yoki bug‘lash qozonlarida pishiriladi. Shaxtali xumdonlariga gipstosh 70-300 mm yiriklikda solinadi, aylanma xumdonlarga 15 mm gacha bo‘lgan yiriklikda, bug‘lash qozonlariga esa 25-50 mm yiriklikda solinadi; qozonlarda pishirganda esa gipstosh kukun qilib tuyilgan holda solinadi. Gips–toshni pishirish usuli awalo xomashyoning xususiyati, olinadigan mahsulotga bo‘lgan talabga qarab tanlanadi.
Gipstosh bolg‘ali maydalagichlarda yoki po‘lat sharli (zoldirli) tegirmonlarda maydalanadi. Agar uni kukun darajasigacha tuyish kerak bo‘lsa, avval quritib, keyin maydalanadi. Gipstoshni quritish, tuyish va pishirishni shaxtali yoki g‘ildirakli tegirmonlarda bajarish mumkin.
Amalda gipsni qaynovchi deb ataluvchi qozonlarda pishirib olish usuli keng tarqalgan. Po‘lat silindr va vertikal o‘qqa o‘rnatilgan qorgichdan iborat qozonga kukun qilib tuyilgan gips solinadi. Qozonning diametri bo‘ylab to‘rtta isitgich quvuri o‘tkazilgan. Ular solinayotgan xom gipsni pishiradi va tayyor mahsulot qozon tagidagi g‘alvir orqali gips yig‘uvchi bunkerga tushadi. 2 m3 qozon hajmining ish unumi 2 soatda 1000 kg ga teng. Gips kukunining qozonda pishish vaqti 1-1,5 soat.
Asosan yarim suvli gipsdan iborat bo‘lgan va gipstoshdan iborat termik ishlash yo‘li bilan tayyorlanadigan qurilish gipsi deb ataluvchi mahsulotni fosfogipsdan ham olish mumkin. Yarim suvli gipsning tarkibida 38,63% CaO, 55,16% SO3 va 6,21% H2O bor.
Portlandtsement ishlab chiqarish. Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba’zi hollarda esa maxsus qo‘shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi modda portlandtsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko‘p bo‘ladi (70-80%). Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh bo‘laklar klinker deyiladi. Portlandtsementni Idinker tarkibiga mos keladigan mahsulotning xomashyo aralashmasini to‘la eritish yo‘li bilan ham olish mumkin.
26798.0-26798.2-85 Davlat standaitlariga ko‘ra portlandtsement xossalarini o‘zgartirib turish, shuningdek, uning tannarxini kamaytirish maqsadida kiinkerga faol (gidravlik) va inert mineral qo‘shimchalar qo‘shishga ruxsat etiladi. Inert qo‘shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvars qum va boshqalar) miqdori 10% dan, faol (trepel, diatomit, trass va boshqalar) qo‘shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo‘shimchalar 20% va undan ortiq bo‘lishi ham mumkin. U holda maydalangan mahsulot nima qo‘shilganiga qarab nomlanadi. Ya’ni, qo‘shilma sifatida donador domna toshqoli ishlatilsa, toshqolportlandtsement deb, tabiiy gidravlik qo‘shilmalar ishlatilsa, pussolanportlandtsement deb ataladi.

-rasm. Portland tsement xom ashyosi


Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko‘pi bilan 3% gips (sulfat kislota angidridiga aylantirib hisoblaganda) qo‘shiladi. Bu bilan tsementning tishlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir qiladi.


Shunday qilib, portlandtsement klinker, gidravlik (yoki inert) qo‘shilma va gips aralashmasidan iborat. Bundan tashqari uning tarkibida oz miqdorda 1 % gacha boshqa moddalar, Masalan, ment sifatini buzmaydigan, ammo uning yaxshiroq maydalashiga yordam beradigan intensifikatorlar (qum, ko‘mir) ham mumkin. Zamonaviy qurilishda portlandtsement va uning turlari asosiy material bo‘lib hisoblanadi, undan turli bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan beton va temir-beton konstruksiyalar yasalmoqda.
Tsement sifati borgan sari yaxshilanmoqda, uning mustahkamlik ko‘rsatkichlari ortmoqda. Portlandtsementning o‘rtacha markasi 500 dan (GOST 310-85) ortib ketdi, tsement turlari ham ko‘paymoqda, bir qator maxsus tsementlar ishlab chiqarilmoqda.

Download 20,29 Kb.
1   2   3   4




Download 20,29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Bog‘lovchi moddalar texnologiyasi

Download 20,29 Kb.