|
kosmik teleskop institutlari Pythonni ishlatishadi
|
bet | 3/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,62 Mb. | | #242471 |
Dunyoning rivojlangan mamlakatlari AQSH (Koliforniya Universiteti, Florida Universiteti, Lova Universiteti, Massachustva Texnologiya Universiteti), Kanada (Toronto Universiteti, Alberto Universiteti), Buyuk Britaniya (Oksford Universiteti), Fransiya, Rossiya, Avstraliya, Ispaniyaning universitet va kollejlarida o`qitishda Python dasturlash tili qo`llaniladi.
Python tili
Pythonning o`ziga xos jihatlaridan biri bu dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishga hojat qolmaydi. Shuningdek dasturni yozish davomida ortiqcha kod yozishdan xalos bo`linadi. Masalan: massiv elementlarini tartiblash misolini Paskal va Python dasturidagi talqinini taqqoslab solishtirib ko`raylik.
Python dasturida
A.sort()
Paskal dasturida
For i:=0 to N-1 do
For j:=N-2 downto i do
If A[j] > A[j+1] then begin
c:=A[j]; A[j]:=A[j+1];
A[j+1]:=c
end;
Python dasturlash tili imkoniyatlari o‘z ichiga qamrab oladi: - O‘rganish oson: Python nisbatan kam sonli kalit so‘zlar, oddiy tuzilish va aniq belgilangan sintaksisga ega;
- Tushunish va o‘qish oson: Python kodi juda aniq va yodda qoladigan tarzda yoziladi;
- Unda ishlash juda ham qulay: Python ning muvaffaqiyati – manba kodining tuzilishi juda sodda va tushunarli;
- Python kattagina standart kutubxonaga ega: Python ning eng qudratli jihatlaridan biri kutubxonaning asosiy qismi juda portative va UNIX, Windows va Macintosh-da o‘zaro faoliyat platformalar bilan mos keladi;
- Interaktiv usulda ishlash imkoniayti mavjud: Python da terminalda ishlash uchun juda qulay, natijalarni terminalda test qilib ko‘rsa ham bo‘ladi;
- Bu til moslashuvchan hisoblanadi: Python keng apparat platformalarida ishlaydi va barcha platformalarda bir xil interfeysga ega;
|
| |