• I BOB O’QUVCHILARNI MASALALAR YECHISHGA O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish metodikasi reja




    Download 129.71 Kb.
    bet1/14
    Sana12.06.2023
    Hajmi129.71 Kb.
    #72339
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Mavzu Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rg
    11-sinf adabiyot test 1-chorak javobi bilan, Bayonnoma, Akhtamov A.A. Raymond Murphy Test Collection, MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY. TANQID – SARALAMOQDUR MAQOLASI, Асқад Мухтор ҳаёти ва ижоди, 5b0e8b16aca59, 5b0e8b16aca59 (1), 6051129eccefde0001da9d4d, 38-имтихонлар жадвали.2023 , 3-Labaratoriya-, tarbiyasi ogir bolalar bilan ishlashn, Ibodullayev Xo\'jaboy BMI, 7.09.2023 hisobot, 2-Mavzu


    Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish metodikasi


    REJA



    Kirish




    I BOB O’QUVCHILARNI MASALALAR YECHISHGA O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI




    1.1.Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli
    masalalar




    1.2.Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari …..




    1.3. 3-sinfda murakkab masalalar yechishga o’rgatish metodikasi




    II BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MASALALAR YECHISHGA O’RGATISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI




    2.1. Matematik masalalar va ularning turlari




    2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini shakllantirish metodikasi




    2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish




    XULOSA




    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi – Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo’lgan yo’l-yo’riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan ma’lum tizim asosida o’rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan chambarchas bog’liqdir.
    Birinchi Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda “Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir” mavzusida qilgan ma’ruzasida jumladan shunday fikrlarni o’qish mumkin:
    “Bu yo’lda bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yosh avlodimizdir.
    Bu – O’zbekistonda tashkil etilgan dunyo miqyosida katta qiziqish va havas uyg’otayotgan mutlaqo yangi o’quv tizimida yuksak ta’lim-tarbiya olayotgan, eski asoratlardan, qarashlardan uzoq bo’lgan, zamonaviy kasb- hunarlarni o’zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, ertangi kunga intilayotgan bizning farzandlarimizdir.
    … Ishonchim komil, bunday yoshlarimizning safi qancha ko’paysa, qancha rivoj topsa, hech shubnasiz, marra bizniki, O’zbekistonnikidir”1
    Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi o’zgarishlar ta’lim jarayoni tarkibiy qisimlarini yangicha tartibda namoyon bo’lishini taqozo etadi. An’anviy ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo’lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishning noan’anaviy shakllari keng ko’lamda joriy etilishi kuzatilmoqda.
    Mazkur o’zgarishlarning bir qismi mavjud didaktik ta’limotlarning tarkibidan o’sib chiqqan bo’lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo’ladi. Shu o’rinda ta’limning zamonaviy interfaol metodlarining mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo’nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur.
    Ta`lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil etish bo’lajak mutaxassislarning O’zbekistoning ilg’or tajribalari, an’analari, madanyatini hisobga olgan holda har tomonlama shakllantirish imkonyatini beradi. Bu borada ta’lim tizmida, oquv jarayonida interfaol metodning umumiy asoslari tadqiq etilgan. Pedagogik olimlar O. Tolipov, SH. Abdullaeva, O. Haydarova kabilarning tadqiqot ishlari shular jumlasidandur. Ta’lim jarayoni ko’p bosqichli yaxlit tizimga ega bolib, uning har bir bosqichi ta’lim oluvchilarning yoshi va oziga xos xususiyati ta’lim–tarbya jarayonida intelektual qobiliyatiga bog’liqdir. O’quvchi o’quvchilikka qabul qilingandan boshlab har bir fanning ilmiy–nazariy asoslarni chuqur o’rganish bilan birga kasb tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratildi. Jamyatning intelektual salohiyotiga mos kelajak avlodni tarbyalash bugungi ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifa bo’lib, bu o’z navbatida ta’lim jarayonida mumtazam ravishda innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishni talab etadi. Innovatsion yondashuvlar - ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash demakdir. Mazkur BMI mavzusining dolzarbligi ham mana shunda.
    Matematikani o’qitish umumiy sistemasida masalalar yechish samarali
    mashq turlaridan biridir. Masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shaklllantirish ularning programmada berilgan nazariy bilimlarni o’zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega.
    Masalan, agar biz qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni istasak,
    buning uchun bolalar yig’indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini, bajarib yechishlari zarur.
    Shunday qilib, masalalar konkret material bo’lib, ular yordamida bolalarda yangi bilim vujudga keladi va mavjud bilimlar tadbiq qilinishi jarayonida mustahkamlab boradi. Masalalar bilimlarni shakllantirishda konkret material bo’lgani holda nazariyani amaliyot bilan, o’qitishni turmush bilan bog’lab olib borish imkonini beradi. Masalalar yechish bolalarda kundalik hayotda har bir kishi uchun zarur bo’lgan amaliy uquvlarni vujudga keltiradi.

    Download 129.71 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 129.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish metodikasi reja

    Download 129.71 Kb.