Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni matematik tushunchalar bilan tanishtirishning umumiy-nazariy, tavsifi




Download 92,41 Kb.
bet4/8
Sana21.05.2024
Hajmi92,41 Kb.
#249033
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi (3)

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni matematik tushunchalar bilan tanishtirishning umumiy-nazariy, tavsifi

Boshlang'ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog'liqlikda turli miqdorlarni ham o'rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o'rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo'lib, bu tushunchalar o'quvchilarning butun o'qishi davrida shakllanadi.
Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega. Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish.
Biz o'quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og'irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to'g'risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o'rganish arifmetik material bilan qo'shib o'qitiladi.
Masalan: o'lchashni o'rganish, sanashni o'rganish bilan, o'lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o'qitiladi. Miqdorlarni o'qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog'liq holda o'qitib, politexnik bilimlar berish demakdir.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta 'lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko'rgazmali, aynan o'zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o'lchashni amaliyotda ko'radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o'lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning 'teng', 'katta', 'uzun', 'qisqa', 'kalta' kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo'yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o'lchov birliklarini tanlash mumkin.
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang’ich sinflarda matematika mashg’ulotlarining asosiy tushunchasi bo’lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqiylikka aloqador va o’lchov bilan bog’liq sifat tasavvur hosil qilish uchun foydalaniladi.1-2-sinflarda o’quvchilar uzunlik, massa, (og’irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o’lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.Mavzuni o’rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o’quvchilar o’zaro bog’liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa mazmunga ega bo’lgan “Miqdor va raqam” tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak.
Masalan,sim o’ramidan bir bo’lak kesib olib, o’lcham birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm, ..., 20 dm kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya‟ni mazkur o’lcham birligini sim uzunligi bo’yicha ketma-ket qo’yish bilan o’lchaymiz va tegishli nomi bilan –(20 dm) yozib qo’yamiz.Agar boshqa o’lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo’lsa, miqdorning raqam belgisi o’zgacha bo’lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli nomi bilan (20 sm) yozib qo’yamiz. Metr o’lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqami ko’rinishga ega bo’lamiz (2 m).Raqam va o’lchamlar tushunchalarini o’zaro farqlash uchun bu bosqisda mazkur yordamlardan nixoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo’ladi. 78,40,11,99 kabi misollardan belgilarni qo’llash bilan bog’liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o’zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5dm, 1m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganini qayta-qayta takidlanishi lozim. Miqdor va son (raqam) iboralarni qo’llash bilan bog’liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; “385 va 481 sonlarini qo’shing”, yoki “3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlarni qo’shing” kabi.U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o’lchash usullari o’ziga xoslikka ega bo’lsa ham, har bir miqdorni o’rganishda umumiy bosqichlarni aloxida takidlash maqsadga muvofiq bo’lar edi O’qituvchi harbir miqdorni o’rganish jarayonida ana shularga tayanib, o’quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etish mumkin.
Jamiyatda o‘qituvchi, birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ularga har tomonlama bilim berishdan iborat bo‘lgan faxrli hamda ma’sul vazifalarni bajaradi. O`quvchilar har tomonlama bilimli bo`lishlarini zamon taraqqiyoti talab qilmoqda, yani har tononlama sog`lom, yetuk insonlar jamiyat uchun kerak bo`lmoqda. Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli kattaliklarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Kattaliklarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Matematikada kattaliklar miqdorlar deb ham ataladi.
Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo’lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko’proq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin.
Miqdorlarni o`z navbatida kattalik tushunchasi bilan ham atashimiz mumkin. Miqdorlar – bu aniq obyekt yoki hodisalarning maxsus xossalaridir. Masalan, buyumlarning oraliqqa ega bo’lish xossasi uzunlik deyiladi. Aniq obyektlarning oraliqlari haqida gapirganimizda bu so’zni ishlatamiz. Shuning aniq obyektlarning uzunliklari haqida gapirganda bu kattaliklar bir jinsli deyiladi. Umuman, bir jinsli kattaliklar biror to’plam obyektlarining ayni bir xossasini ifodalaydi. Turli jinsli kattaliklar obyektlarning turli xossalarini ifodalaydi.
Miqdorlarni bevosita taqqoslash bilan ularning tengligi yoki teng emasligini aniqlashimiz mumkin. Tekshirishda aniqroq natijaga ega bo’lish uchun, masalan, bir jismning hajmi ikkinchi jism hajmidan qancha kata (kichik) ekanligini bilish uchun kattaliklarni o’lchash zarur. O’lchash berilgan miqdorni birlik sifatida olingan shu turdagi boshqa kattalik bilan taqqoslashdan iborat. Taqqoslash jarayoni qaralayotgan kattaliklarning turiga bog’liq. Ammo bu jarayon qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’lchash natijasida kattalik tanlab olingan birlik bo’yicha ma’lum sonli qiymat qabul qiladi.
Miqdor (kattalik) tushunchasi murakkab tushuncha bo’lib, o’quvchilarning maktabda butun o’qish davrida shakllantiriladi.
Boshlang’ich maktabning vazifasi shundaki, u bolalarda kattaliklarni o’rganishning intuitiv tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o’lchash bilan bog’liq bo’lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo’lishi kerak.
Uzunlik tushunchasi Buyumlarning oraliqqa ega bo’lish xossasi uzunliuk deyiladi.
Aniq obektlarning oraliqlari haqida gapirganimizda bu so’zni ishlatamiz. Shuningdek, aniq obektlarning uzunliklari haqida gapirilganda bu miqdorlar bir jinsli deyiladi. Umuman bir jinsli kattaliklar biror to’plam obektlarning ayni bir xossasini ifodalaydi. Turli jinsli miqdorlar obektlarning turli xossalarini ifodalaydi.
Masalan, uzunlik va yuz-turli jinsli miqdorlardir. Uzunlik boshqa miqdorlar kabi qator xossalarga ega.
1. Har qanday bir jinsli ikki miqdor taqqoslanadigan: ular yo teng , yoki biri ikkinchisidan kichik. Boshqacha aytganda, bir jinsli miqdorlar uchun “teng”, “kichik” va “katta” munosabatlari o’rinli hamda ixtiyoriy a va b miqdorlar uchun a < b, a = b, a > b munosabatlardan bittasi va faqat bittasi to’g’ri. Masalan: to’g’ri burchakli uchburchak gipotenuzasining uzunligi shu uchburchakning istalgan kateti uzunligidan katta, olmaning massasi tarvuzning massasidan kichik, to’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi tomonlari uzunliklari teng deymiz.
2. Bir jinsli miqdorlarni qo’shish mumkin, qo’shish natijasida o’sha jinsli miqdor hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda har qanday a va b miqdorlar uchun a+b miqdor bir qiymatli aniqlanadi, u a va b miqdorlarning yig’indisi deyiladi. Masalan, agar a–AB kesmaning uzunligi, b-BC kesmaning uzunligi bo’lsa u holda AC kesmaning uzunligi AB va BC kesmalar uzunliklarining yig’indisiga teng. a rasm.
3. Miqdor haqiqiy songa ko’paytiriladi, natijada o’sha jinsli miqdor hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda har qanday a miqdor va har qanday x nomanfiy haqiqiy son uchun yagona b = x*a miqdor mavjud; b miqdor a miqdorni x songa ko’paytmasi deyiladi.

Download 92,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 92,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni matematik tushunchalar bilan tanishtirishning umumiy-nazariy, tavsifi

Download 92,41 Kb.