|
Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida uzunlik o`lchov birliklarini o`rganishga doir tavfsiyalar ……...............................17
|
bet | 2/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 92,41 Kb. | | #249033 |
Bog'liq Kurs ishi (3)Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida uzunlik o`lchov birliklarini o`rganishga doir tavfsiyalar ……...............................17
|
|
UMUMIY XULOSA…………………………………………………….…..25
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………..…26
|
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o’qish faoliyati mazmuni, maqsad va vazifalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol gʻoyalarining hayotimizga tobora chuqur ildiz otib borishi ta’lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Ta’lim jarayonida oʻqitishning tajribada sinovlardan oʻtgan shakl va usullari boyitilib, zarurat boʻlganda, yangilanib amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu boradagi davlat siyosati ham uzluksiz ta’lim vositasida ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalangan har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Uning nechogʻli toʻgʻri amalga oshirilishi koʻp jihatdan boshlangʻich ta’lim tizimining samaradorligiga bogʻliq. Boshlangʻich ta’lim uzluksiz ta’limning eng muhim boʻgʻinidir.
Boshlangʻich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va oʻz-oʻzini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sogʻlom boʻlishga moddiy borliq goʻzalliklarini his eta olishga, goʻzallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni oʻzida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga oʻrgatadi. Respublikamizda joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash yuzasidan 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi Shu ma’noda ana besh muhim tashabbuslardan biri - yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda sinfdan tashqari oʻqish darslari ham muhim vosita boʻlib xizmat qildi. Sinfdan tashqari oʻqish darslari yosh avlod qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat tuygʻularini uygʻotish, matn mazmunini qayta hikoyalash, ma’lum reja asosida qisqartirib yoki shaxsini oʻzgartirib hikoyalash, badiiy tasvir vositalarini aniqlash, asar qahramonlarining fe’l-atvorini, xatti–harakatini baholash orqali ularning bogʻlanishli nutqini oʻstirish, qisqa qilib aytganda, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishda katta imkoniyatlarga ega.Kun sayin jahonga yuz tutib, har jihatdan o‘zgarib borayotgan mustaqil Respublikamiz jadallik bilan ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda rivojlanib borayotganligining shohidi bolib turibmiz. Barcha sohalarda bo‘layotgani kabi ilm-fan sohasida ham ilmiy yangiliklar dunyoga kelmoqda.
Maktabda matematika o’qitishning maqsadi jamiatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga insonparvarlik demokratik guruhlarga asoslangan davlat talablariga
mos kelishi kerak.
Matematika bolalarda tafakkur, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o’quvchilarning
mantiqiy fikrlash malakalarini o’stirishi, ularning o’z fikrlarini aniq to’g’ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi.
Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g’oyasi sanaladi. O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. Chunonchi, bu borada Respublikamiz birinchi Prеzidеnti I.А.Kаrimоvning yosh аvlоdni bilimli kоmil insоn qilib tаrbiyalаsh to’g’risidаgi, kеlаjаk yosh аvlоd qo’lidа ekаnligi ular bir necha jihatga ega bo`lish lozimligini ta`kidlaydi, ya`ni: “ - o`z haq-huquqini taniydigan bo`lsin, buning uchun kurashsin; - o`z kuchi va inkoniyatlariga tayanadigan bo`lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko`rsin…”.degan fikrlarni aytib o`tgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Boshlang`ich sinflarda matematika darslarida uzunlik o`lchov birliklarini o`rganishga doir tavfsiyalar ……...............................17
|