Qiziqarli o’yinlarni o’tkazish usullari




Download 0.5 Mb.
bet3/6
Sana15.11.2022
Hajmi0.5 Mb.
#30327
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
--------------
Инжен.графика Варианты заданий контрольной работы, 5A120201-–-Qiyosiy-tilshunoslik-lingvistik-tarjimashunoslik-sharq-tillari-bo‘yicha-ок, BELBOGli kurash, Qisqartmalar, Qisqartma, Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar, 1. Fotoeffekt, uning turlari va konunlari. Eynshteyn Tenglamas, AT asoslari tex-xarita №1, Бизнес-режа тузиш буйича намунавий андоза, Mustaqil TSQI sirtqi
1.2 Qiziqarli o’yinlarni o’tkazish usullari
Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir.O‘qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:kasbiy faoliyatning ongli tahlili; me’ yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;(o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish).Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi.bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi .Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik me'yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
V.A.Slastenin o'tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat: mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish; yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
Tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar; kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya; kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
O‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.
“SO‘Z VA HODISALARNI ESLASh” ta'limiy o‘yini
Sinf o‘quvchilari kichik guruhchalarga birlashtiriladi va har bir guruh bittadan so‘z tanlaydi.
1. Daraxt, paxta so‘zi bilan o‘yin boshlanadi. Dovuchcha, danak, do‘mbira, doira, dolana, paxta, piyola, parta, pomidor kabi "d", "p" hartlari bilan boshlanadigan so‘zlar topiladi.
2. Daraxt, paxta so‘zlarining birinchi bo‘g‘iniga da-, pax- bo‘g‘in qo‘shib so‘z hosil qilis: dali,dada paxtakor paxtazor.....
3. Berilgan so‘zlarga ohangdosh so‘zlar topish: paxta, taxta, shaxta, vaxta, daraxt, karaxt kabi.
4. Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha so‘zlarni eslash: paxta, momiq, chigit, shona, g‘o‘za, ko‘sak; Daraxt, barg, gul, meva, danak, kurtak, tomir, ildiz
5. Berilgan so‘zlar ichidan birini tanlash: paxta, xat, daraxt, xatar
6. Berilgan so‘zlar bilan bog‘liq birorta hodisani eslash, hikoya, ertak, sarguzasht to‘qishga harakat qilish.

Berilgan so‘zlar ishtirokida matn tuzing va unga sarlavha toping.


“BEGONA” o‘yini:
Bunda beshta so‘z bir tanish hikoyadan yoki ertakdan olinib, bitta so‘z begona asardan olinadi.
Masalan: "O‘gay” "Erka", "Mehnatsevar", "Sehrli sandiq", "Ajdar" bitta "Kulol" begona so‘z. Shu begona so‘zdan ertakni davom ettirishadi. Bola dasturda belgilangan bilimlarni kamida davlat ta’lim standarti talablari darajasida o‘zlashtirishi kerak. O‘qituvchi bu jarayonni bolaga zavq bag‘ishlovchi mana shunday o‘yinlar asosida qura bilsa, bilim olish jarayoni shodlik va zavq manbaiga aylanadi va shu bilan birga o‘quvchiga erkinlikni his etash imkonini beradi.
“KIM KO‘P SO‘Z TUZADI” o‘yini
O‘quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so‘zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu harf (tovush) so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida keishi lozimligi vazifasi beriladi. Masalan. "a" tovushiga oid so‘zlar toping.
So‘z boshida: ayiq, asal,... .
So‘z orasida : sariq, maktab
So‘z oxirida: bog‘cha, chana... kabi.
“HARFLARNI ShUNDAY O‘ZGARTIRINKI
SO‘Z HOSIL BO‘LSIN” o‘yini
Bolalarga so‘zlar beriladi. O‘quvchilarga so‘zdagi biror harfni o‘zgartirish orqali boshqa so‘z hosil qilishlari kerakligi tushuntiriladi. Kim ko‘p so‘z tuza olsa. ana o‘sha o‘quvchi g‘olib sanaladi.
Masalan:
Maktab - maqtab bor - bosh - bos kabi.
«Berilgan harflar asosida she’rlar to‘qing» o'yini
Mavzuga oid biror so‘zning bosh harfiga moslab she’r, matn yaratish vazifasi qo‘yiladi. O‘quvchilar so‘z mazmunini inobatga olib she’rlar to‘qishlari kerak. Masalan: Vatan azizdir Azizdir elda.
Tinchligin istaydi Aziz elimda Nomi o‘chmas Mening dilimda, kabilar.
“BERILGAN BOG‘INLARGA VITTADAN HARF
QO‘ShIB, SO‘ZLAR HOSIL QILING” o yini
Bir bo‘g‘inli so‘z berilib, unga bir harf qo‘shish orqali o‘quvchilar yangi so‘z hosil qilishlari kerak.Masalan:Far: farq, fard. Farz Dar: dard, dars, darz ...kabi.
BERILGAN SO‘ZLARDAGI HARFLARNI KO‘RSATILGAN
RAQAMLAR TARTIBI BILAN” o yini
Berilgan so‘zning har bir harfi ketma-ketlikda (1,2,3,4...) raqamlanadi. O‘quvchi yangi so‘z hosil qilish uchun o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida berilgan raqamlar tartibini inobatga olib, yangi so‘zlar hosil qilishlari lozim.
1 2345 -ChUQUR
2 13 4 5 - UChQUR
3 4512 –QARICh
HAR BIR HARFDAN SO‘NG HARF QO‘ShIB,
YANGI SO‘ZLAR HOSIL QILING o‘yini
O‘quvchilarga avvalo bir harf beriladi, ular har bir harfga faqat bir harf qo‘shib yangi so‘z yaratishlari kerak.
O-OL- OLA- OLAM
O‘ -O‘Q – O‘QI O‘QISh
O‘ -O‘Q – O‘QI-O‘QIB...
KEYINGI MOS HARFLARNI QO‘YIB YaNGI SO‘ZLAR HOSIL QILISh o yini
Berilgan so‘zlarni, oxiridagi harfni o‘zgartirish orqali o‘quvchilar yangi so‘zlar hosil qiladilar va kim ko‘p so‘z tuzsa, ana o‘sha o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
Masalan: KIYIN - KIYISh, KIYIK, Kl YIM, KIYIB kabi.
SO‘ZLARDAGI BIROR HARF(TOVUSh)NI ShUNDAY
O‘ZGARTIRINGKI, QOFIYaSI MOS SO‘ZLAR HOSIL BO‘LSIN o’yini
0’qituvchi so‘zlar aytadi va o‘quvchilar so‘zdagi biror tovushni o‘zgartirib unga mos qofiyadosh so‘zlar topadilar.
Masalan: PILLA - T1LLA, PAXTA – TAXTA, PUL – GUL, POL – MOL,
Download 0.5 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qiziqarli o’yinlarni o’tkazish usullari

Download 0.5 Mb.