• Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH.
  • Mavzu: boshqaruvning iqtisodiy usullari boshqarishning iqtisodiy usullari Reja Kirish. Asosiy qism




    Download 18.86 Kb.
    bet1/5
    Sana19.04.2024
    Hajmi18.86 Kb.
    #201176
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu boshqaruvning iqtisodiy usullari-fayllar.org
    PrintFile.aspx, 6, 4, MT 3, Geologiya va uning tarmoqlari, Xususiy yarim o‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilar kontsentratsiy-fayllar.org, Bakalavr uchun, QIRQISH, APPARATLARI2[1], 2-TOPSHIRIQ. kompyuter tarmoqlari. SHAVKATJON, 37 Muzaffarova, Elektrotexnika, Mavzu Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari Kompyuter grafik-fayllar.org, Элимизнинг тили, Ўзбек тили тарихи, elektron-talim-resurslari-va-multimediali-elektron-o-qitish-vositalari-orqali-talim-muhitining-rivojlanishi

    Mavzu: boshqaruvning iqtisodiy usullari

    MAVZU: BOSHQARUVNING IQTISODIY USULLARI
    Boshqarishning iqtisodiy usullari
    Reja
    Kirish.
    Asosiy qism.
    1.Boshqaruv usullari to'g'risida tushuncha.
    2.Boshqarishning iqtisodiy usullari.
    3. Korxonani boshqarishda kadrlar salohiyatidan maqsadli foydalanishda xorij tajribasi.
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar.


    KIRISH.
    Boshqaruv usullari bu bosharuv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli yo'naltirilgan ta’sir o'tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati koordinasiyasini ta’minlashdir.
    Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mexnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jixatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllanganligi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv qonun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mexnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv obyektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb xisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir.
    Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohotlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi. Ichki omillarga: jumlasiga yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish konsentrasiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir guruhdan ikkinchisiga o'tkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mexnatning texnika bilan ta’minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish; ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin.
    Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan o’zgarib boradi. Iqtisodiyot muvaffaqiyatli rivojlanishda boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash ham muhim ahamiyatga ega.
    Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma’lum aniq soxalarida amal qilishning turli yo’llari orasidagi umumiy xodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, sex, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek, turli subyekt tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni ham ko’zda tutish lozim.
    Boshqaruv tashkilotlari tizimi bilan turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda so’z vazirliklar, aksionerlar jamiyati, davlat qo’mitalarini boshqarish usullari haqida so’z boradi.Va nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar, bo’limlar boshliqlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin.Demak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular boshqaruv usullarining har bir guruhi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan.Xalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning normal borishi buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Download 18.86 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 18.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: boshqaruvning iqtisodiy usullari boshqarishning iqtisodiy usullari Reja Kirish. Asosiy qism

    Download 18.86 Kb.