• Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilarni ham aniqlash zarur
  • Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar




    Download 488,91 Kb.
    bet2/5
    Sana01.01.2024
    Hajmi488,91 Kb.
    #129319
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    buxgalteriya mustaqil ish
    aniq va mavxum otlar, 2 5197634611185721400, Nutq turlari va shakllari, 15-амалий, Reja Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari, Assotsiatsiyalar-metodi (2), Baliq-skeleti-metodi (2), Birgalikda-oqiymiz (2), maluotnoma.... tersu, Sobitjon IAKT, 11-sinf-Ona-tili-ish-reja, 9-amaliy mashg\'ulot (1), Mavzu Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivoj, DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA, Mehnat unumdorligi iqtisodiy o`sish omili sifatida

    Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar:

    • hisob siyosatini shakllantirishda tanlab olinadigan, o‘tgan yilgidan farq qiladigan buxgalteriya hisobini yuritish usullari;
    • hisobot yilida yoki hisobot yilidan keyingi davrlarda buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilarning baholash va qaror qabul qilishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadigan hisob siyosatidagi o‘zgarishlar;
    • hisobot sanasidan keyin sodir bo‘lgan hodisalar va xo‘-jalik faoliyatining shartli faktlari, muomalalarni to‘xta-tish, bitta aksiyaga yoki 1 so‘mlik payga to‘g‘ri keladigan foyda.

    SHuningdek, buxgalteriya hisobotining ishonchliligi to‘g‘risida fikr shakllantirishda quyidagi holatlar ham inobatga olinishi zarur:

    • korxonalarning mulkiy holisligi;
    • hisob siyosatini qo‘llashning izchilligi;
    • xo‘jalik faoliyati faktlarining aniqligi.

    Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilarni ham aniqlash zarur:

    • hisob siyosatiga doir farmoyish hujjatlarining mavjudligi va ularning tarkibi;
    • hisob siyosatiga doir hujjatlar shakllari va qabul qilish muddatlarining me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
    • me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan hisob usullaridan farq qiladigan, lekin korxonaning mulkiy holatini va moliyaviy natijalarini ishonarli aks ettirishga imkon beradigan usullar mavjudligi;
    • hisob siyosatini shakllantirish chog‘ida tanlangan, buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilar tomonidan korxona moliyaviy holatini baholash va qaror qabul qilishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan buxgalteriya hisobini yuritish usullarining mohiyati to‘liq ochib berilganligi;
    • hisob siyosatiga rioya qilish.
    • Auditor №1 BHMS da belgilangan, hisob siyosatini qabul qilish tartibiga rioya qilinayotganligini tekshirishi lozim:
    • hisob siyosatini qabul qilish to‘g‘risida korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) chiqarilganligi) (№1 BHMS 55 bandi).

    SHuningdek, yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tanlagan hisob yuritish siyosatini moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon qilgunga qadar, lekin yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro‘yxatidan o‘tgan) kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan rasmiylashtirishi lozim. Korxona tomonidan tanlangan hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro‘yxatidan o‘tgan) kundan boshlab qo‘llanuvchan hisoblanadi:


    Download 488,91 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 488,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar

    Download 488,91 Kb.