Mavzu: Burchoqdoshlar oilasi Dasning ta’limiy maqsadi




Download 38.8 Kb.
bet2/3
Sana11.02.2023
Hajmi38.8 Kb.
#41909
1   2   3
Bog'liq
6-sin Burchoqdoshlar oilasi
Меҳнат як намуди фаъолиятест, 2-semestr ucun fizika fanidan tajriba ishlari, Kurs ish ABBOS TJMO.doc, kurs1, 9-mavzu O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshir, INGLIZ, JAMOANI SHAKILLANTIRISH, XTBga taqdimnoma, Проект АР КР (1), қўл-ва-оёқ-суяклари, МУСТАКИЛ ТАЪЛИМ БЎЙИЧА КЎРСАТМА, REFERAT, 7, 88 (25)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism : Salomlashish, davomatni aniqlash, dars rejasi mavzusi bilan tanishtirish.
O’quvchilarni guruhlarga bo’lish.
O’qituvchining kirish so’zi: Mana o’lkamizga bahor ham kirib keldi. Tabiatda qanday o’zgarishlar sodir bo’la boshlaydi? Inson tabiat go’zalligining sababchisi, biz ham shaxrimiz, mahallamiz, maktabimiz atrofini obodonlashtirib yanada chiroyli bo’lishiga o’z xissamizni qo’shishimiz shart. Bu yil Mustaqil O’zbekistonimizning 25 yillik to’yini nishonlaymiz, oldimizda qanday maqsadlar turibdi? Demak har birimiz 25 tadan ko’chat ekib obodonlashtirishda faol qatnashishimiz zarur. Siz bilan o’simliklar dunyosining xilma-xilligi, sistematikasini o’rganib oilalari bilan tanishib borayapmiz. O’tgan darsda sho’radoshlar oilasi haqida suhbatlashib, tanishgan edik va sizga uyga vazifa qilib Burchoqdoshlar oilasi bilan ham o’qib kelish berilgan edi, hozir o’tilgan mavzu Sho’radoshlar oilasi yuzasidan guruhlarda 2 marta zanjir uslubida davra suhbatini o’tkazamiz har bir bildirilgan fikrni rag’batlantirib boraman, darsda amal qilinishi lozim bo’lgan qoidalarni unutmang, eng muhimi jimlik va bir- birini fikrni takrorlamaslik.
 (Eslatma : guruhlardagi har bir o’quvchi oilaga xos belgilarni birma –bir aytib chiqishadi, o’qituvchi har bir fikrni tasdiqlab rangli kartochkalar bilan baholab boradi yashil- 5 ball, qizil- 4 ball, sariq- 3 ball, pushti- 2 ball, oq- 1 ball, dars yakunida to’plangan ballar hisoblanib go’lib guruh aniqlanadi)
 Elektron darslikda yangi mavzu bayon etiladi. Song yangi mavzu yuzasidan yana 2 marta zanjirli davra suhbati o’tkaziladi. O’quvchilarning fikrlari baholanib boriladi.
Burchoqdoshlar oilasiga Yer sharining deyarli barcha qismida tarqalgan 400 turkumga oid
12 000 ga yaqin tur o’simlik kiradi.
Respublikamizda burchoqdoshlarga oid 57 turkumga mansub 470 dan ortiq turdagi o’simlik o’sadi. Bu oila vakillarining ko’pchiligi bir, ikki va ko’p yillik o’tlardan iborat. Burchoqdoshlar orasida qisman yarim buta, buta va daraxtlar uchraydi.
Oila vakillarining ildizi — o’q ildiz tizimli. Ildizida tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o’simliklar ildizida yashab havodagi erkin azotni o’zlashtiradi. Bu tugunaklar tuproq hosildorligini oshiradi. Poyalari tik o’suvchi, ilashuvchi, o’raluvchi yoki yotib o’suvchi bo’ladi. Barglari ko’pincha murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, kallakcha xilidagi to’pgulga joylashgan. Gulkosachasi yarmigacha qo’shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan. Gultoji kapalak shaklida bo’lib, 5 ta gultojbargdan hosil bo’lgan. Burchoqdoshlarga mansub, respublikamizda keng tarqalgan o’simliklardan biri o’tloq sebargasidir.
O’tloq sebargasi bo’yi 25—50 sm keladigan ko’p yillik o’t. U asosan tog’ etaklarida, daryolar va ariqlarning bo’ylarida, qisman begona o’t sifatida sug’oriladigan ekinlar orasida uchraydi. Barglari uzun bandli, uch yaproqchali. Gullari mayda, 2 — 3,5 sm keladigan boshcha shaklidagi to’pgulga joylashgan. Dukkagi bir urug’li, tuxumsimon, uzunligi 1,5—2 mm.
O’zbekistonda sebarga turkumining 7 ta turi o’sadi. Bularning hammasi yuqori sifatli oziqabop va guli asalshiraga boy o’simliklar hisoblanadi.
 Ko’pchilikka tanish, burchoqdoshlarga mansub o’simliklar qatoriga yantoq ham kiradi.
Yantoq asosan tog’ etaklaridagi tekisliklarda, qir va cho’llarda o’sadi. Respublikamizda yantoq turkumiga oid 4 ta tur tarqalgan. Yantoqning yoshi oshgan sari uning ildizi ham chuqurlikka va yoniga qarab uzaya boradi. Chuqurlikka qarab o’sgan ildiz ko’p vaqt o’tmay, yer osti suvlariga yetib boradi. Shuning uchun unga «uning boshi olovda, oyog’i esa suvda» deyishadi. Yantoq bebaho, to’yimli oziqbop o’simlik. U qorako’lchilik o’tloqlarining asosiy o’simliklaridan biri hisoblanadi.
Tabiatda burchoqdoshlarning turli maqsadlarda ishlatiladigan isirg’ao’t, quyonsuyak, shirinmiya, oqquray, zirako’t, qashqarbeda, afsonak, astragal, boqila, burchoq, beda kabi turkumlarining turlari o’sadi.
Bu oilaning madaniy o’simliklarida mosh, no’xat, loviya, soya va yasmiq alohida ahamiyatga ega.
Respublikamizning sug’oriladigan yerlarida burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi yeryong’oq va boshqalar ekiladi. Bu o’simlikning vatani Braziliya. Yeryong’oq bir yillik o’t, barglari juft patsimon murakkab. Guli to’q sariq, dukkagi cho’ziq. Gullari changlanib va urug’lanib bo’lgach gulli novdalari qayrilib tuproq ichiga kiradi va meva hosil qiladi.

Download 38.8 Kb.
1   2   3




Download 38.8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Burchoqdoshlar oilasi Dasning ta’limiy maqsadi

Download 38.8 Kb.