Mavzu: Buxgalteriya hisobining predmeti va uning tadqiqot usullari Reja




Download 23,77 Kb.
bet2/2
Sana24.11.2023
Hajmi23,77 Kb.
#104942
1   2
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining predmeti va uning tadqiqot usullari

Xo`jalik mablag`lari


Xo`jalik jarayonlari ma`lum mablag`lar yordamida sodir buladi. Ishlab chiqarish korxonasi imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag`lari, nomoddiy aktiv va shu kabi boshqa mablag`larga ega buladi. Ular barchasini korxona xar xil mablag`lardan - umumdavlat fondidan, aksiyalarini chiqarish va sotish, muassasalarning badallaridan, banklarning kreditlari hisobidan, boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan oladi. Xo`jalik faoliyatini to`g`ri boshqarish uchun ushbu korxona kanday mablag`larga mavjud, ular kanday joylashgan xamda bu mablag`lar kanday man`balardan olingan va ular kanday maqsadlarga mo`ljallanganligi bilish kerak.
Shunga karab korxonaning barcha mablag`lari ikki kismga guruxlanadi:
birinchidan, ularning turlari va joylashganligiga karab, ikkinchidan, tashkil topish manbai va kanday maqsadga atalganligiga karab.
Mablag`larni ularni turlari va joylanishi buyicha guruxlash korxona Xo`jalik faoliyatining xususiyatlariga boglik buladi. Ishlab chiqarish (sanoat) korxonasiga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag`lar bulishi kerak. Undan tashqari u muomila jarayonining ikki boskichi - ta`minot va sotishda ishlatiladigan mablag`larga ega bulishi kerak. Odatda korxonalar korxona xodimlarining extiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag`larga xam ega bulishadi. Shunday qilib, korxona mablag`lari uzlarining turlari va joylanishi kuyidagi guruxlarga bulinadi: ishlab chiqarish vosi-talari, muomila soha (sfera)sidagi mablag`lar, noishlab chiqarish sohasidagi mablag`lar.
Ishlab chiqarish vositalari mexnat vositalari va mexnat buyumlaridan iborat.
Mexnat vositalari insonning ishlanayotgan buyumlarga ta`sirini utkazuvchi hisoblanadi. Mexnat vositaliri tarkibida ishlab chiqarish kurollari (mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar) yetakchi rolni uynaydi. Ishlab chiqarish kurollari yordamida ishchi mexnat buyumlarini tashki ko`rinishini uzgartiradi, ular ga yangi tuye beradi, ularni mexnat maxsuliga aylantiradi. Mexnat vositalariga shuningdek imoratlar, inshootlar, transport vositalari va Xo`jalik inventarlari xam kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib beradi, uni to`g`ri tashkil etishga yordam beradi.
Barcha mexnat vositalariga umumiylik shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash jarayonida uzoq muddatda katnashadilar, kuplab ishlab chiqarish sikllariga xizmat kiladilar va shu bilan birga tashki ko`rinishlari va xususiyatlarini uzgartirmasdan saklab koladilar. Shu bilan bir vaqtda mexnat vositalari uzlarida joylashtirilgan mexnatni asta-sekin mahsulot ishlab chiqarish chikimlariga va davr xarajatlariga (amortizatsiya ajratmalari ko`rinishida) utkazadilar. Bu ularning eskirishiga va kiymatini kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aksivlarga ega bulishi, kapital kuyilmalar xamda uzoq muddatli moliyaviy kuyilmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Uzoq muddatli bulgan xolda, sezilarsiz aktivlar nomoddiydir, (fizik shakliga ega emas). Nomoddiy aktivlar uz egalariga uzoq muddatli xukuklar yoki afzalliklar beradi. Nomoddiy aktivlarga patetntlar, mualliflik xukuklari, firmaning baxosi, savdo markalari, aloxida imtiyezlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar xam asosiy vositalar singari ulardan foydalanish muddatida uzlarining kiymatini mahsulot ishlab chiqarish chikimlari va davr xarajatlariga asta-sekin utkazib boradi.
Korxonalar shuningdek uzoq muddati harakterga ega bulgan boshqa aktivlarga xam kapital kuyilmalar kuyishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, yangi obyektlarni ko`rish va hokazolarni kiritish mumkin.
Moliyaviy uzoq muddati kuyilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga xamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bush kolgan pul resurslarini kuyishdan iborat.
Mexnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlangich materialdan iborat. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulot (fabrikat)lar va tugalanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruxga shuningdek yordamchi materiallar va yokilgi xam kiradi. Barcha mexnat vositalarga umumiylik shundan iboratki, ular fakat birgina ishlab chiqarish siklida iste`mol kilinib, uzlarining kiymatini tayyorlanayetgan mahsulot tanarxiga butunlay utkazadi.
Xom ashyo va asosiy materiallar deb ishlab chiqarilayetgan mahsulotning asosini tashkil kiluvchi mexnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar sifatida mashinalarning kismlari tayyorlanadigan metalling xar xil turlari (pulat, chuyan va boshqalar) xizmat kiladi. Xom ashyo deganda hisobning amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta, kand lavlagisi va boshqalar) tushuniladi.
Yordamchi materiallar, asosiy materiallardan farkli ularok tayyorlanayetgan mahsulotning bosh asosini tashkil kilmay, fakat uning yuzaga kelishida katnashadi. Bunda ular mexnat vositalartning normal ishlashi uchun (surtish va artish materiallari), yoki asosiy materiallarga kushish (biriktirish) yo`li bilan ularga sifat uzgarishlarini kiritish uchun (buyeklar, laklar, yelimlar), yoki mexnat jarayoniga xizmat kilish uchun - binolarni yeritish, mexnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigiyenasini ta`minlab turish uchun (elektrotexnikaviy materiallar, sovun va shu kabilar) ishlaladi.
Yokilgi, uz moxiyatiga kura yordamchi materiallarning bir turidir. yordamchi materiallar singari, ular yoki mexnat vositalari tamonidan iste`mol qilinadi (energetik yokilgi), yoki asosiy materiallarga kushiladi (texnologik yokilgi), yoki mexnat jarayoniga xizmat kilish uchun ishlatiladi (isitish uchun ishlatiladigan yokilgi). Xalq ho`jaligidagi muxim axamiyati tufayli hisobda yokilgi yordamchi materiallar tarkibidan aloxida guruxga ajratilgan. Yordamchi materiallarning kupchilik kismi singari, yokilgining xusiyati shundan iboratki, u uzining natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan yokilgining kiymati, yordamchi materiallarning kiymatiga uxshab, ishlab chiqarish chikimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
Yarim tayyor mahsulot (farbikat)lar, ba`zi bir ishlov boskichlarini utgan, lekin xali tayyor mahsulotga aylanmagan mexnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur boskichdagi (ma`lum sex yoki ma`lum uchastkadagi) barcha ishlov operatsiyalarini utgan bulsalar xam, lekin ishlov yoki yigish uchun navbatdagi boskich (navbatdagi sexga, uchastkaga) yunaltirishishi kerak buladi. Masalan, yarim tayyor mahsulotlarga mashinasozlik zavodining tayyorlovchi sexi tamonidan ishlab chiqarilgan, lekin shu zavodning qayta ishlash sexida ishlanishi dovom etadigan detellar keradi. Bir sexda ishlovdan utgandan keyin, yarim tayyor mahsulotlar odatda omborga topshiriladi, keyinchalik omborlardan, ularga bulgan extiyojga karab, navbatdagi sexda ishlov yoki yigish uchun kelib tushadi.
Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar uz ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib lingan yarim tayyor mahsulotlar xam (ushbu korxonaning buyutmasi bilan tayyorlangan va uning tayyor mahsulotini butlash uchun mo`ljallangan) bulishi mumkin. Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruxiga kiradi. Bu guruxga shuningdek extiyet kismlari va idish materiallari xam kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan mexnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular xam, yarim tayyor mahsulotlarga uxshab, ba`zibir ishlov boskichlarini utishi bilan xali tayyor mahsulotga aylanmagan mexnat buyumlaridan iborat buladi. Lekin, yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan tula utgan bulsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda joylashgan mexnat buyumlari bu yerda xali ishlanishi lozim buladi.
Buxgalteriya hisobida kam baxoli va tez eskiruvchan buyumlar aloxida guruxga ajratilgan xolda hisobga olinadi. Ularga, xizmat kilish muddatidan qat`iy nazar kiymati 15 ta minimal ish xaki mikdoridagi kiymatdan kam bulgan, yoki, kiymatidan qat`iy nazar, bir yildan kam xazmat kiladigan buyumlar kiradi. Masalan, uskunalar, maxsus kiyim va maxsus poyabzal, kurpa - yastiklar, Xo`jalik inventarlari idora tovarlari va hokazo.
Muomala sohasidan mablag`lar muomala buyumlari, pul mablag`lari, hisob - kitobdagi mablag`lar (debitorlik qarzlardagi) va muomala va xizmat kiluvchi mablag`lardan iborat.
Muomala buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo`ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga karab muomala buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib junatilgan tovar (tayyor mahsulot)ga bulinadi. Ortib junatilgan tovarlarni muomala buyumlari kushilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun tulagunga qadar (kassa usulida) ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. hisoblash (nachisleniye) usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib junatilgan mahsulot uni tayyorlovchi korxonaning mulki bulmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki hisoblanadi va tulovning yukligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi. Ushbu xolda mazkur obyekt muomalar sferasidan hisob-kitobdagi mablag`larga utadi.
Pul mablag`lari xar xil tulovlarni amalga oshirish uchun xizmat kiladi. Bu mablag`lar yordamida korxona mol yotkazib beruvchilar bilan hisob-kitob kiladi, uz xodimlariga ish xaki tulaydi, davlat doromadlariga xar xil tulovlar va ajratmalar kiladi va hokazo. Pul mablag`lari korxonaga xaridorlardan - ularga sotilgan buyumlar uchun, banklardan - kreditlar ko`rinishida, yukori tashkilotlardan, yukori kompaniyalardan - vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi va xozako.
Pul mablag`lari uzlarining joylashgan joyga karab taksimlanadi. Korxonalar uzlarining pul mablag`larining asosiy kismini bankdan hisob-kitob yoki valyuta schetlarida saklaydilar. Bunda hisob - kitob scheti korxonalarning fakat bush mablag`larini saklash uchun mo`ljalangan bulmay, u shuningdek korxonaning barcha asosi hisob-kitoblarini mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, kredit muassasalari, organri va hokazolar bilan amalga oshirish uchun xam mo`ljallangandir
Korxonaga kechiktirib bulmaydigan tulovlarni amalga oshirish uchun kerak bulgan nakd yo`llar uning kassasida joylashgan buladi. Ular hisob-kitob scheti orkali nakd pulsiz yo`l amalga oshirish mumkin mayda xarajatlar uchun mo`ljallangan uncha kup bulmagan summalardan oborat. Bundan korxona tomonidan ish xakini tulash uchun olingan va kassada pul mikdorda uch kun mobaynida saklanishi mumkin bulgan nakd pullar mustasnodir. Nakd pullar kassaga asosan hisob-kitob schetidan kelib tushadi. Foydalanilmay kolgan nakd pullar hisob-kitob schetida qaytarib topshiriladi.
Hisob-kitobdagi mablag`lar ushbu korxonaga boshqa korxonalar yoki shaxslarning qarzidan iborat. Bunda mablag`larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan xaridor (buyurtmachi) tomonidan sotib olingan mahsulot (ular uchun ishlar yoki xizmatlar) uchun qarzlari xamda korxona xizmatchilariga xar xil xarajatlar uchun hisobdorlik shartli bilan berilgan pul summalari buyicha hisob-kitoblar kiradi. Topshirikni bajarib bulgandan keyin, xizmatchi (hisobdor shaxs) olingan summalarning sarflanganligi to`g`risida hisobot topshirishi va ishlatilmay kolgan pullarni kassaga qaytarish kerak. Bunlay hisob-kitoblar hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar deb ataladi.
Korxona qarzlari boshqa operatsiyalar (boshqa hisob-kitoblar) buyicha xam bulishi mumkin. Ularga, masalan, mol yetkazib beruvchilarga takdim etilgan da`volar buyicha qarzlari, ishchi va xizmatchilarning uz extiyojlari uchun olingan bank ssudalari buyicha qarzlari kiradi. U qarzdorlar boshqa debitorlar deb nomlanadi.
Muomalaga xizmat kiluvchi mablag`lar shu sohada xizmat kiladigan xar xil binolar, asbob-uskunalar va inventarlardan iborat. Bunday mablag`larga tayyor mahsulot omborlarining binolari ushbu ishlab chiqarish korxonasiga karashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlaridagi asbob-uskunalar (tarozilar, sovituvchi kuyilmalar, tokchalar xamda shu yerda joylashgan Xo`jalik inventarlarining buyumlari - stollar, stullar, shkaflar va hokazo) kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag`larga mazkur korxana ixtiyoridagi uy-joy ho`jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo`ljallangan va soglikni saklash mablag`lari kiradi. Bular turar-joy binolari, klublar, bolalar bogchalari va yaslisi, bolalar oromgoxi, bolalar dam olish joylari, xammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriylar, tibbiyet punktlar, binolari, shu binolarda (korxonaga karashli) joylashgan asbob-uskunalar va inventar xamda ularda foydalaniladigan (korxonaning mulkini hosil kiladigan) materiallar va medikamentalardan iborat. Bu mablag`larining barchasi korxona xodimlari va ularning a`zolariga xizmat kilish va ularga zarur bulgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo`ljallangan.
Xar bir korxona tashkil kilinishi dakikasida uz faoliyati xajmi va harakteriga karab mablag`larini shakllantiradi. Agar ularda qo`shimcha mablag`ga vaqtinchalik extiyoj tugilib kolsa, unda ular bunday mablag`larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Korxona kengaytirilishi yoki rekostruksiya kilinishy xollarida jamgarilgan foydaning bir kismi yoki amortizatsiya fondlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, xorxona mablag`larini hosil kilish rejali harakterga egadir. Korxona tomonidan xar kanday manbadan olinadigan mablag`lar ma`lum maqsadlar uchun mo`ljallangan buladi.
Korxona mablag`larini tashkil topish manbalari va kanday maxsadlarga mo`ljallanganligi buyicha guruxlash ularni ushbu korxonaga biriktirish darajasiga karab amalga oshiriladi. Mablag`lar manbalarining tusi (harakteri) mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo uzining butun yashash davri uchun umumdavlat fondidan (davlat korxonalari) yoki uzlarining muassasalaridan mablag`lar oladilar mablag`larining bir kismi ularga vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi - banklardan, boshqa korxona va tashkilotlardan. Kolaversa, ularda mablag`larning ichki manbalari - taksimlanmagan foyda xam mavjud.
Shunday qilib, karxona mablag`lari tashkil topish manbalari va kanday maqsadlarga mo`ljallanganligiga karab kuyidagi guruxlarga bulinadi: uz mablag`lari, qarzga olingan (jalb kilingan) mablag`lar, taksimlangan foyda.
Uz mablag`lari davlat korxonalarida, odatda, uning foliyatining xamma davrida beriladi va unga biriktirib kuyiladi.
Davlat korxonalarining mablag`laridan farkli ularok boshqa mulkchilik shakldagi korxonalarning uz mablag`lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning mulkidan iborat buladi.
Davlat korxonalarining uz mablag`lari budjetdan moliyalash, zaxiralar (xamda foydaning bir kismi)dan iborat.
Fondlarga bozor iktisodiyotining sharoitlaridan kelib chikkan xolda korxonaning ixtiyeri bilan shakllantiriladigan ustav fondi va zaxira (rezerv) fondi kiritiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Uzbekiston: bozor iktisodiyotiga utishning uziga xos yo`li. - T. Uzbekiston, 1995.

  2. Karimov I.A. Uzbekiston iktisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yo`lida. - T. Uzbekiston, 1995.

  3. M. Ostonakulov. Buxgalteri hisobi nazariyasi. Toshkent "Uzbekiston" 1993 y.

  4. M. Umarova, U. Eshboyev, K. Axmadjonov. Buxgalteriya hisobi. Toshkent "Mexnat" 1999 y.

  5. www.ziyonet.uz



Download 23,77 Kb.
1   2




Download 23,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Buxgalteriya hisobining predmeti va uning tadqiqot usullari Reja

Download 23,77 Kb.