• MainMenu
  • ListBox
  • C++ Builder muhitida vizual komponentalardan foydalanish




    Download 1.61 Mb.
    bet3/10
    Sana19.06.2023
    Hajmi1.61 Mb.
    #74294
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    C tilida panel yaratuvchi komponentlar1
    1. Flavonoidlar tasnifi. Flavonoidlar xossalari, Tayoqchalarni o’rnini almashtirish, O‘zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi t. N. Qori niyoz, C da Enkapsulatsiya. (Sinf Class) - UzbekDevs, Tokarlik dastgohlar. Tv-7 metallarni kesib ishlash dastgohlari, Blokcheyn, 1, ozbekiston va yevropa ittifoqi savdo iqtisodiy aloqalarining asosiy, Имя существительное, O’ZBEKISTONDA TEMIR YO’L TRANSPRTINING RIVOJLANISHI, Bog\'lovchining vazifasiga ko\'ra turlari, 001dars, f5a369aa-1eba-f08f-8103-55ef9f2129a5 media , Kimyo. Shomurotova Sh.X, Djurayeva F.A (1)
    1.2.C++ Builder muhitida vizual komponentalardan foydalanish
    Ilovalar interfeysini yaratish uchun C++Builder vizual komponentalarining keng to'plamini taqdim qiladi. Ularning asosiylari komponentalar palitrasining Standart,Additional va Win32 varaqlarida joylashgan.
    Standart varag’idagi interfeys komponentalarining aksariyati Windows boshlang'ich versiyalirida ishlatilgan interfeys komponentalaridan iborat:

    Frames – Freymlar;
    MainMenu - Asosiy Menu;
    PopurMenu - Paydo bo'luvchi menu;
    Label - Nishon, Foydalanuvchi sohasidagi biror joyni belgilash;
    Edit - Bir satrli matn tahrir;
    Memo - Ko'pqatorli matn taxriri;
    Button - Standart tugma;
    CheckBox - Bog'liqmas tanlash (belgilash) darchasi;
    RadioButton - Bog'liqmas tanlash (yagona);
    ListBox - Tanlanadigan satrlar ro'yxati;
    ComboBox - Ochiluvchi ro'yxatga ega tanlash;
    ScrollBar - Soha bo’yicha harakatlantirish yulagi;
    GroupBox - Nomlanadigan konteyner soha;
    RadioGroup - O'zaro bir-birini inkor qiluvchi tanlashlar guruhi;
    Panel - Konteyner soha;
    ActionList - Amallar (bog’lanadigan funksiyalar) ro'yhati.
    Additional varag'ida komponentalar quyidagicha joylashgan:

    BitBtn - Rasmli tugma;
    SpeedButton - Tezkor murojaat tugmasi;
    MaskEdit - Qolip buyicha berilganlarni kiritish uchun bir qatorli tahrir;
    StringGrid – Satrlarning ikki o’lchamli jadvali;
    DrawGrid – Rasm joylashtirish mumkin bo’lgan jadval;
    Image - Grafik shakl joylshtiriladigan soha;
    Shape – Standart geometrik shakllar;
    Bevel – Bo’rttilgan (o’yilgan) shaffof to’rtburchak soha;
    ScrollBox – Harakatlanish mumkin bo’lgan darcha;
    CheckListBox – Tanlashlar (belgilashlar) ro’yxati;
    Splitter – Sohani ajratuvchi chiziq;
    Statictext - Statik (turg'un) satr;
    ControlBar - Vositalar paneli uchun konteyner;
    ApplicationEvents - Ilovaning hodisalari;
    Chart – Diagrammalar, grafiklar chizishning vositasi.
    Vizual komponentalarning umumiy xususiyatlari
    Barcha vizual komponentalar uchun TControl sinfi asos hisoblanadi va u elementning o'lchami va joylashuvi, uning sarlavhasi, rangi va shunga uxshash parametrlaridan iborat asosiy funksional atributlarni ta'minlaydi. TControl sinfi vizual komponentalar uchun umumiy bo'lgan xossalar, hodisalar va metodlarni o'z ichiga oladi. Vizual komponentalarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin:

    1. To'g'ri to'rtburchakli boshqaruv elementlari;

    2. To'g'ri to'rtburchakli bo'lmagan boshqaruv elementlari.

    To'g'ri to'rtburchakli boshqaruv elementi o'zida ma’lum bir maqsad uchun aniqlangan maxsus to'g'ri to'rtburchakni ifodalaydi. Bu elementlarga misol tariqasida boshqaruv tugmalarini, tahrir maydonlari, harakatlanish yo'laklarini ko'rsatishimiz mumkin. Ular uchun asos sinf TWinControl hisoblanadi.
    To'g'ri to'rtburchak elementlari qiymar kiritish fokuslarini ilishi mumkin .
    Elementni fokus olganligi ikki xil usulda kursatiladi :

    1. Tahrir kursori yordamida;

    2. To'g'ri to'rtburchak orqali.

    Matn tahrirlari bo'lgan Edit va Memo komponentalari o'z sohasida tahrir kursori (matn kursori) paydo bo'lishi orqali fokus (boshqaruvni) olganligini bildiradi.
    Mantlarni tahrirlash bilan bog'liq bo'lmagan komponentalarda qora punktir chiziqli to'g'ri to'rtburchak paydo bo'lishi uning fokus olganligini anglatadi. Masalan, Button tugmasi fokus olganda sarlavha atrofida to'g'ri to'rtburchak paydo bo'ladi, ListBox komponentada esa ro'yxatdagi ayni paytda tanlangan satrni ajratilgan holda (aksariyat hollarda ko'k fonda) ko'rsatishi boshqaruvni olganligini bildiradi. Bulardan tashqari, to'g'ri to'rtburchak boshqaruv elementlari konteyner sifatida o'z ichida boshqa boshqaruv elementlarini olishi mumkin. Bu holda boshqaruv elementi o'z ichidagilarga ota hisoblanadi.
    To'g'ri to'rtburchak bo'lmagan boshqaruv elementlari TGraphicControl sinfining avlodlari hisoblanadi. Bu guruh elementlarii qiymat kiritish fokusini olmaydi va interfeys elementlari uchun “ota” bo'la olmaydi. To'g'ri to'rtburchak bo'lmagan boshqaruv komponentalarining afzalligi - ularni nisbatan kam resurs talab qilishida.
    Vizual komponentalarning xossalari
    Xossalar ilovalar yaratilishi va boshqarilishida komponentalar tashqi ko'rinishi va amal qilishini boshqarish imkonoyatini beradi. Odatda komponenta xossasinig qiymatlari ilovalarni yaratish vaqtida Ob'ektlar Inspektori yordamida amalga oshiriladi. Keltiriladigan misollarda tushunarli bo'lishi uchun xossalar qiymatlari qiymat berish operatori yordamida amalga oshiriladi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, komponentalar barcha xossaga ega bo'lmasligi mumkin. Masalan, Edit tahriri Caption xossasiga ega emas, Label yozuvi ReadOnly xossasiga ega emas va hakazo.
    Quyida komponentalarda uchraydigan asosiy xossalarga izox beramiz.
    Caption xossasi komponenta sarlavhasini yozish satrini o'z ichiga oladi. Sarlavha satridagi ayrim belgilar tagiga chizilgan bo'lishi mumkin, ular tezkor murojaat tugmalarining kombinatsiyasini bildiradi. Ko'rsatilgan belgini tugmasi bilan bir vaqtda bosilishi shu sarlavhadagi komponentaga sichqonchaning tugmasini bosish bilan bir xil amalni yuzaga keltiradi. Tezkor murojaat belgisini, shu belgi oldiga ‘&’ belgisini quyish orqali belgilanadi, masalan:
    Label1->Caption=”Avtobus &nomerini kiriting”;
    Button1->Caption=”&Tamom”;
    Suni qayd etish kerakki, Caption xossasining qiymatlarini Object inspector darchasi Properties varagidagi mos qatoridagi satr maydonida kiritish ham mumkin.
    Align xossasi komponentani u joylashgan konteyner ichidagi joylashuv variantlarini aniqlaydi. Aksariyat hollarda konteyner sifatida Form formasi yoki Panel paneli keladi.
    Align xossasi quyidagi qiymatlarning birini qabul qilishi mumkin:
    alNone - to'g'rilash amalga oshirilmaydi. Komponenta ilovani yaratish paytida
    qaerga joylashtirilgan bo'lsa, shu joyda qoladi; alTop - komponenta konteynerning yuqori qismiga ko'chiriladi, komponenta
    balandligi o'zgarmaydi, eni esa konteyner eniga teng bo'ladi;
    alBottom - AlTop ga o'xshash, faqat komponenta konteyner pastiga
    joylashadi; alLeft - komponenta konteynerning chap tomoniga ko'chadi, eni o'zgarmaydi,
    buyi esa konteyner buyiga tenglashadi.
    alRight - alLeft ga o'xshash, faqat komponenta konteynerning o'ng tomoniga
    ko'chadi; alClient - komponenta konteynerni to'la egallaydi.
    Misol. Panelni formaga nisbatan tog'rilash.
    Panel1->Align=AlTop;
    Natijada Panel1 paneli Form1 formaning yuqori qismiga joylashadi.
    Color komponenta fonining rangini aniqlaydi. Color xossasinig qiymati 4 baytli 16 sanoq sistemasidagi son bo'lib, uning katta bayti rang palitrasini aniqlaydi (odatda $00), kichik uchta bayti qizil, yashil va ko'k ranglarning RGB intensivligini aniqlaydi. Bu ranglarni turli nisbatdagi aralashmasidan natijaviy rang xosil bo'ladi. Masalan, $000000 - qora, $FFFFFF - oq, $0000FF - qizil, $00FF00 - yashil, $FF0000 - ko'k rangni beradi. Ranglar qiymatini konstantalar orqali berish ancha qulay. Masalan, clAqua - Och ko'k ($FFFF00), clBlack – Qora ($000000) va hakoza.
    Ctr3D xossasi boolean turida bo'lib, vizual komponenta ko'rinishini aniqlaydi. Agar Ctr3D qiymati false bo'lsa komponenta ikki o'lchamli tasvir kurinishida, agar true bo'lsa - uch ulchamli tasvirlanadi (kelishilgan holdagi ko'rinish).
    Cursor xossasi sichqoncha ko'rsatgichining ko'rinishini aniqlab beradi. Bu ko'rinishlar rang barang, ular ichida eng asosiylari quyidagi konstantalar bilan beriladi :
    crDefault - sichqoncha ko'rsatgichi kelishuv bo'yicha (odatda strelka) ; crNone - ko'rsatgich ko'rinmaydi ; crArrow - ko'rsatgich strelka ko'rinishida; crCross - ko'rsatgich xoch ko'rinishida; crHourGlas - ko'rsatgich qum soati ko'rinishida.
    Enabled xossasi boolean turida bo'lib komponentani faolligini, ya'ni sichqonchadan yoki klaviaturadan kelayotgan signallarga aks ta'sir bera olishini aniqlaydi. Agar xossa true (kelishilgan holat qiymati) qiymatga ega bo'lsa, komponenta faol hisoblanadi. Komponentaning faol bo'lmagan holatini sarlavhaning yoki matnning oqargan rangda ekanligi bildiradi. Ayrim hollarda qandaydir komponenta o'chirilgan (blokirovka qilingan) bo'ladi, agar u bilan bog'liq qandaydir amalni bajarishni iloji bo'lmasa. Masalan, Save tugmasi xujjatni saqlash amalini bajaradigan bo'lsin, agar saqlanadigan xujjatning o'zi bo'lmasa, saqlash amalining ma'nosi yo'q. Bunday hollarda tugma faol bo'lmagan holatga o'tkaziladi:
    Save->Enabled=false;
    Font xossasi vizual komponenta akslanuvchi matn shriftini aniqlaydi. O'z navbatida TFont sinfi shrift parametrlarini boshqarishga imkon beruvchi xossalariga ega. Bularning ichida asosiylari quyidagilar:
    Name - Shrift nomini aniqlaydi;
    Size - Punktlarda shrift o'lchamini beradi;
    Style - Shrift Stilini beradi;
    Color - Matn rangini boshqaradi.
    Masalan, Label1 yozuvining rangini berish:
    Label1->Font->Color=clGreen;
    Label1->Color=clWhite;
    Label1 sarlavhasi yashil fonddagi oq rangdagi matn ko'rinishida bo'ladi.

    Download 1.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    C++ Builder muhitida vizual komponentalardan foydalanish

    Download 1.61 Mb.