|
Borlond C++ dasturlash tilining vazifalari
|
bet | 2/2 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 456,57 Kb. | | #123172 |
Bog'liq LABARATORIYA №102. Borlond C++ dasturlash tilining vazifalari.
Identifikator – bu dasturchi tomonidan kiritiladigan dastur
elementlari (funktsiya, oʼzgaruvchilar, oʼzgarmaslar …) uchun ixtiyoriy nom.
Identifikator tanlanganda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
Identifikator lotin harflaridan boshlanishi shart;
Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin;
C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Yaʼni quyidagilarning har biri
alohida identifikator hisoblanadi: KATTA, katta, KaTTa, kAttA, KattA, …
Probel C++ da soʼzlarni ajratish uchun ishlatiladi. Shuning uchun
identifikatorda probeldan foydalanib boʼlmaydi.
3. С++ dasturlash tilidagi dasturni ishga tushirishdan oldin uni kompilytsiya qilish kerak. Buning uchun Dev-C++ да quyidagi amallar bajariladi:
- Скомпилировать(F9) – dasturni oddiy kompilyatsiya qilish. Bu bosqichda
kompilyator dasturdagi xatolarni tekshiradi. Agar hammasi joyida bo’lsa, dastur
koidini *.exe ko`rinishidagi faylga yuboradi. Agar xatolar bo`lsa, u holda
kompillyator ishni tugatadi va "Компилятор" oynasida xatoning kodi ko`rsatiladi.
Bu kod orqali xatoni turib unu to`g`rilash mumkin.
- Выполнить(F10) – ushbu buyruq dasturni kompillyatsiya qilmasdan ishga
ushirish imkonini beradi.
- Скомпилировать и выполнить (F11) – dasturni kompillatsiya qilib uni
darhol ishga tushiradi.
O`zgarmas- bu dastur ishlashi davomida qiymati o`zgarmaydigan kattalikdir.
C++ tilida besh turdagi o`zgarmaslar ishlatilishi mumkin: butun , haqiqiy , belgi,
sanovchi o`zgarmaslar va nul kursatkich. Butun sonlar o’nlik, sakkizlik yoki o`n
oltilik sanoq sistemalarida berilishi mumkin. O’nlik sanoq sistemasida butun sonlar
0-9 raqamlari ketma ketligidan iborat bo’lib,
birinchi raqami 0 bulishi kerak emas. Sakkizlik sanoq sistemasida butun sonlar 0
bilan boshlanuvchi 0-7 raqamlaridan iborat
ketma ketlikdir. O’n oltilik sanoq sistemasida butun son 0x yoki 0X bilan
boshlanuvchi 0-9 raqamlari va a-f yoki A-F harflaridan iborat ketma- ketlikdir.
Masalan 15 va 22 o’nlik sonlari sakkizlikda 017 va 026, o`n oltilikda 0xF va 0x16
shaklida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning ishorasiz (unsigned) butun son turi:
Ma’lumotlarning haqiqiy son turi olti qismdan iborat bulishi mumkin: butun qism,
nuqta, kasr qism, yoki E belgisi, o’nlik daraja , F eki f suffikslari.
Masalan : 66. .0 .12 3.14F 1.12e-12. Ma’lumolarning uzun haqiqiy son turi :
Oxiriga L yoki l suffikslari qo`yilgan haqiqiy son.
Masalan: 2E+6L;
Belgili o`zgarmas.
Apostrof ichiga olingan bitta yoki ikkita belgi. Misol uchun ‘x’,’*’,’\012’,’\0’,’\n’-
bitta belgili o`zgarmas; ‘dd’,’\n\t’,’\x07\x07’ ikki belgili o`zgarmaslar.Belgili
o`zgarmas qiymati belgining komp’yuterda qabul qilingan sonli kodiga tengdir.
Xulosa
Biz bugungi labaratoriya ishimizda dasturlash tilida chiziqli,tarmoqlangan va qayta takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini ishlab chiqishni o’rgandik va Borland C++ dasturlash turi bilan ham tanishib chiqdik. Borland C++ dasturining tahlilini ham misollar yordamida o’rgandik.
|
| |