|
Mavzu: Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari. Reja: Kirish
|
bet | 2/9 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 48,81 Kb. | | #243436 |
Bog'liq Mavzu Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksi-fayllar.orgKurs ishining maqsadi - davlat byudjeti ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil va tadqiq etish asosida uni yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni o’ylab chiqishdan iborat bo’ladi.
Kurs ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat :Kurs ishining obyekti bo’lib O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisoblanadi. Mazkur kurs ishi predmeti esa O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va punksiyalariaytishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 3-moddasida esa ―davlat byudjeti iborasi davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta‘minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi 2 deb ta‘riflanadi. Ushbu ta‘rif davlat byudjetining yuqorida sharhlangan moddiy tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyatiga mos keladi.
Kurs ishini tuzilishi : Mazkur kurs ishi : kirish , 4 ta reja , xulosa va adabiyotlardan tarkib topgan .
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda uning:
- iqtisodiy kategoriya sifatida;
- moddiy tushuncha sifatida;
- huquqiykategoriyasifatidamavjudekanligivaamalqilishinazardatutilgan
1-rasm. Davlatbyudjetiningijtimoiy-iqtisodiymohiyat3.
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning faol qismi bo’lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo’lib, ular natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan pul fondi – davlat byudjeti shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi.
Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti – markaziy hukumat va tegishli darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta‘minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo’ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti – markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag’lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko’zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik xujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun tuziladi, ko’rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi.
Shakl jihatidan, davlat byudjeti - bu davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo’lib, unda byudjet pul munosabatlari tizimi sifatida miqdor jihatidan ifodalanadi. Binobarin, aynan byudjet rejasi mamlakatning muhim moliyaviy hujjati sifatida tuziladi, ko‟rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Unda pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg‟armasini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanishga doir iqtisodiy munosabatlar aks etadi.
Moddiy mazmun jihatidan, davlat byudjeti - davlatning byudjet rejasini ijro etish jarayonida tashkil topadigan va foydalaniladigan asosiy markazlashtirilgan pul mablaglari jamg’armasidir.
Mohiyat jihatidan, davlat byudjeti - davlat boshqaruvining muhim vositasi bo’lib, uning yordamida davlat takror ishlab chikarish jarayonlariga ta’sir ko‟rsatadi, inson irodasiga buysunmaydigan bozor kuchlarining salbiy ta‟sirini bartaraf etadi.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti - bu davlatning vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun mo’ljallangan pul mablag’lari jamg‟armasini tashkil etish va sarflashning qonun bilan belgilangan shaklidir. Byudjet huquqiy akt shakliga ega bo’lib, vakolatli hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadi va shu sababdan qonuniy kuchga egadir.
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o‟rinni egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo‟lida to‟planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo’nalishdagi iqtisodiy maktablar iqtisodchi olimlari turlicha yondoshganlar. Masalan, yuqorida nomi keltirilgan o’quv qo’llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”4 -deb izohlangan.
|
| |