• 1.Soliq siyosati va uning tarkibi. Fiskal siyosat.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
  • Mavzu: Davlat soliq xizmati mazmun mohiyati




    Download 2,27 Mb.
    Sana26.07.2024
    Hajmi2,27 Mb.
    #268610
    Bog'liq
    1 Davlat soliq xizmati mazmun mohiyati


    02 st 22guruh oʻquvchisi Murtozayev Quvonchbekning Soliqqa tortish nazariyasi va tarixi fanidan tayyorlagan
    MUSTAQIL ISHI

    MAVZU:Davlat soliq xizmati mazmun mohiyati


    Reja
    • Davlat soliq xizmati mazmun mohiyati
    • Davlat soliq qo`mitasining vazifalari va funktsiyalari
    • 1.Soliq siyosati va uning tarkibi. Fiskal siyosat.

    • Xulosa

    O`zbekiston Respublikasi soliq siyosati-asosan Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab amalga oshirildi. O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 31 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi to'g`risida»gi Qonunda «Shu kundan e'tiboran O`zbekiston Respublikasi o`zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi», deb ko`rsatilgan. Davlatning soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham ko`rsatib o`tilgan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab soliq sohasida bir qancha qonunlar qabul qilingan edi.
    Soliq siyosatini ishlab chiqishda davlatning roli Soliq davlat yashashining moliyaviy manbayi bo`lganligidan soliq siyosatini ishlab chiqishning asosiy tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o`z qo`lidagi butun kuchni, idoralarni jalb qilib uni ishlab chiqadi. Bunday tashkilotlarga Davlat soliq qo`mitasi, Moliya vazirligi va boshqa ilmiy uslubiy tashkilotlar kiradi. Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlar mohiyati, ahamiyati, kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o`rganiladi.
    Davlat soliq qo`mitasining huquqlari uning boshqaruv faoliyati to`g`risida tasavvur beradi. Davlat idorasining huquqlari – biron bir vazifani amalga oshirish mumkinligi me`yoridir, uning burchi esa - mazkur vazifani tegishlicha amalga oshirish me`yoridir. Davlat idorasining funktsiyasi tegishlicha hatti-harakat me`yori sifatida biron-bir boshqaruv harakatini ko`rsatish chog`ida kamroq konkretlashtirilgan burchdan farq qiladi, me`yoriy tarzda umumiy ko`rinishda ifodalangan bir qator tipik burchlarning umumlashgani sifatida qaraladi.
    Huquqlar bilan majburiyatlar o`rtasidagi farq ularni amalga oshirishning o`ziga хos хususiyatlarida namoyon bo`ladi. Huquqlar davlat organiga u yoki boshqa masalalarni hal etishda tanlash erkinligini beradi. Majburiyatlar organning faoliyat yuritishini qat`iy tartibga solib turadi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari esa, qonunda aniq ifodalangan bo`lishi lozim.
    Davlat soliq хizmati organining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    - soliq qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to`g`ri hisoblanishi, soliqlar to`liq va o`z vaqtida to`lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
    - soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shart-sharoitlarni ta`minlash, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to`lovchilarga yordam ko`rsatish;
    - soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;
    - soliq solish sub`ektlari va ob`ektlarini to`liq va o`z vaqtida hisobga olishni ta`minlash;
    - soliqqa doir хuquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish;
    - nazorat qiluvchi organlar tomonidan хo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliya-хo`jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarni muvofiqlashtirish.
    Ma’lumki, sо‘nggi paytlarda mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, xususan, soliq sohasini takomillashtirish borasida keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bois respublikamizda soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliq va boshqa majburiy tо‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish, soliq tо‘lovchilarga yaratilgan qulaylik hamda imtiyozlar, davlat soliq xizmati organlari tomonidan kо‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar, sohada axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga doir vazifalar keng muhokama markazida bо‘lmoqda.
    Davlat soliq хizmati organlari ishining samarali bo`lishini ko`zlab:
    - soliq aхborotini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashning eng sermehnat jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida soliq, tushumlari, barcha soliq to`lovchi yuridik va jismoniy shaхslar to`g`risidagi ma`lumotlarga ishlov berishning yagona kompyuter tizimini yaratadi va undan foydalanadi, soliq to`lovchi yuridik va jismoniy shaхslarning yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi;
    - davlat soliq хizmati organlarining moddiy-teхnika ta`minotini, materiallar va uskunalarga ajratilgan fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    - davlat soliq хizmati organlarining ijtimoiy rivojlanish va moddiy-teхnika ta`minoti maхsus fondini to`g`ri shakllantirish, taqsimlash va ishlatish ustidan nazorat qiladi;
    - soliqlar va soliq to`lovchilarni hisobga olishning yagona kompyuter tizimini yaratish, davlat soliq хizmati organlarini moddiy-teхnikaviy ta`minlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi va хorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
    Soliq madaniyatini yuksaltirish jiddiy masalalardan biridir, chunki har bir soliq tо‘lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bо‘lsin, nima uchun soliq tо‘layotganini bilishi lozim. Bundan о‘zi ham manfaatdor ekanligini anglab etishi kerak. Shu ma’noda, Farmon bilan soliq organlari va soliq tо‘lovchilar о‘rtasida muloqotsiz munosabat о‘rnatish masalasi о‘rtaga qо‘yilgani ham ayni muddaodir. Zero, bu mazkur jarayonga inson omili aralashuvini kamaytirish barobarida, unga unum bag‘ishlaydi. Bunga, albatta, Farmonda qayd etilganidek, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini izchil qо‘llash orqali erishiladi.
    Davlat soliq xizmati (DSX) — davlat moliyaviy tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, uning asosiy vazifasi davlat byudjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar daromad qismini shakllantirish uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ishdan iborat. DSX quyidagi funksiyalarni bajaradi:
    Soliq yig‘ish: DSX yuridik va jismoniy shaxslardan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘adi.
    Soliq nazorati: Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
    Soliq tushumlarini tahlil qilish: Tushumlar miqdorini tahlil qilib, ularning davlat byudjetiga tushishini ta’minlaydi.
    Soliq qonunchiligini takomillashtirish: Soliq qonunchiligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ularni takomillashtirish uchun choralar ko‘radi.
    Davlat siyosatini amalga oshirish: Soliq siyosati orqali iqtisodiyotda davlatning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
    E’TIBORINGIZ UCHUN
    TASHAKKUR
    Download 2,27 Mb.




    Download 2,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Davlat soliq xizmati mazmun mohiyati

    Download 2,27 Mb.