Mavzu: didaktika ta’lim nazariyasi talim medotikasi




Download 1,11 Mb.
bet1/3
Sana16.12.2023
Hajmi1,11 Mb.
#121008
  1   2   3
Bog'liq
Pedegika
Valiyeva N 3, ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI, Boshlang\'ich titul, 1-mustaqil ish, Misr, 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag\'ishlab ta , OVBsBQ1GwqgjEyxu0ZOYsNU9sjPJKdiUxgCjX8bi, TEACHING SPEAKING TO A1 LEVEL LEARNERS IN THE PRIMARY CLASSROOMS., Energiya menejmeti, Labaratoriya.5-8, Gazeta yangiliklari. Akobirov M, Reja Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati-fayllar.org, 1-TOPSHIRIQ YUZASIDAN NAMUNA, Gidro Elektro Stansiyalar(GES) (2)

MAVZU: DIDAKTIKA TA’LIM NAZARIYASI TALIM MEDOTIKASI

  1. Didaktika haqida tushuncha.

  2. Didaktikaning predmeti va vazifasi.

  3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi

Didaktika haqida tushuncha.


Uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o`rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o`z nazariyasiga ega bo`lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o`zgarishlar olib keldi: aynan o`sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika yunoncha “didaktikos” “o`rgatuvchi”, “didasko” – “o`rganuvchi” ma’nosini bildiradi ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolar)ni o`rganuvchi fan.
Didaktika atamasini nemis pedagogi 1571-1635 yillarda yashab ijod etgan Volfgang Ratke fanga 1613-yilda “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan deb hisoblanadi.
Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor chex pedagogi 1592-1670 yillarda yashab ijod etgan Ya.A.Komenskiy tomonidan 1657-yilda chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy “hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati” deb tushuntirdi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Didaktika, ta’lim nazariyasi, o’qish, o’qitish, tizim, dars, bilim, malaka, ko’nikma, ta'lim metodlari, paradigm, an'anaviy, konservativ, ezoterik, ratsionalistik, fenomenologik, texnokratik. ta’lim mazmuni, bilim, mifologik ta'lim, sxolastik ta'lim, ma'rifatparvarlik, formal va moddiy ta'lim, pragmatik, davlat ta'lim standart, o'quv reja, o’quv dasturi. ta’lim, metod, motivatsiyali, izohli-tasvirli, ko’rgazmali, labaratoriya.: arxaik, qadimgi, avestiy, yunon, dogmatik, sxolastik, tushuntirish, tushuntirish-namoyish, muammoli o'qitish, maktab va maktabdan tashqari, ommaviy, guruhli, asosiy, qo'shimcha va yordamchi ta'lim, aralash (kombinatsiyalashgan), o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish, nostandart darslar, tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (reialashtirish).
Insonning faoliyatida o'qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo'lganda ham shunday bo'lgan; keyinchalik ham, ta'lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo'lganida ham shunday bo'lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o'z nazariyasiga ega bo'lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o'zgarishlar olib keldi: aynan o'sha paytda ta'lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.Didaktika (ta'lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» «o'rgatuvchi», «didasko» esa - «o'rganuvchi» ma'nosini bildiradi) ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, ta'lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolar)ni o'rganuvchi fan.Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592— 1670-yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy «didaktika bu faqat ta'limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim mazmuni, ta'limning ko'rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so'z yuritadi. Pedagogika fani ta'lim va tarbiya jarayonini ularning yaxlitligi va birligi asosida o'rganadi.Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko'rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o'qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi.Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo'yicha ta'lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.Ularning mazmuni ta'limning ma'lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o'rganish va ta'lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o'qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo'yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning turlicha bo'lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog’liq.
Ko'pchilik olimlar ta'lim obyekti deb o'qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko'rsatadilar.Didaktika ta'limni ijtimoiy tajriba berish vositasi sifatida e'tirof etadi. Ta'lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta'limiy faoliyatni tashkil etishda o'qituvchi - o'quvchi, o'quvchi -o'quv materiali, o'quvchi — boshqa o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o'quvchining o'quv materialiga bo'lgan munosabati, ya'ni, bilimlarni o'rganish munosabatini asosiy deb e'tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko'p.Darhaqiqat, o'qish, o'rganish ta'lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta'limga psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta'limga pedagogik, ya'ni, ijtimoiy tajribani berish, o'rgatish nuqtayi nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat - ikki shaxs (o’quvchi va o'qituvchi) o'rtasidagi munosabatlar yetakchi o'rin egallashi lozim ekanligi anglanadi.Didaktika predmetining mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta'lim-tarbiya jarayonini yaxlit o'rganish zarurligini ilgari suradi. Ta'limning tarbiyaviy vazifalari o'quvchining bilimni o'zlashtirishlarini ta'minlabgina qolmay, shaxs xususiyati, uning rivojlanishi, ma'lum ma'naviy-axloqiy sifatlarni o'zlashtirishi, fe'1-atvori, xulqini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.Didaktikaga ta'limning mazmunli va jaravonli jihatlarini birgalikda o'rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta'limni faqatgina o'rganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.Umumiy didaktikaning predmeti dars o'tish (o'qituvchi faoliyati) va bilim olish (o'quvchining o'rganish faoliyati)ning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi hisoblanadi.
Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:
— ta'lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta'riflash va tushuntirish;
— ta'lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya'ni, ta'lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
— ta'lim jarayoni uchun xos bo'lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta'riflash.
Didaktika nazariy va bir vaqtning o'zida me'yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta'limning mavjud jarayonlarini o'rganish, uning turli jihatlari o'rtasidagi bog'liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.
O'zlashtirilgan nazariy bilimlar ta'lim amaliyotini yo'naltirish, ta'limni jamiyat tomonidan qo'yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta'lim mazmunini anglab olish, ta'lim tamoyillari, ta'lim metod va vositalarini qo'llash me'yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me'yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi
Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to'plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
1) falsafiy tushunchalar;
2) xususiy ilmiy, ya'ni, muayyan fangagina xos bo'lgan tushunchalar. Didaktika uchun «umumiy va alohida», «mohiyati va hodisa», «qarama-qarshilik», «bog'liqlik» kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo'llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida «tizim», «tuzilma», «vazifa», «element» kabilar alohida o'rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
1) ta'lim — o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;
2) dars — bevosita o'qituvchi rahbarligida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli;
3) bilim olish — idrok etish, o'rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko'nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
4) ta'lim jarayoni — o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.
5) o'quv fani - ta'lim muassasalarida o'qitilishi yo'lga qo'yilgan hamda o'zida muayyan fan sohasi bo'yicha umumiy yoki mutaxassislik bilim asoslarini jamlagan manba.
6) ta'lim mazmuni — davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Didaktikada «idrok etish», «o'zlashtirish», «mahorat», «rivojlanish» va boshqalar (psixologiya) hamda «boshqarish», «qayta aloqa» (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo'lgan tushunchalar ham qo'llaniladi.
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to'ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta'lim, bilim, ko'nikma, malaka, ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim jarayoni, ta'lim jarayonini tashkil etish, ta'lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta'lim natijasi.
So'nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta'limning didaktik tizimi va ta'lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
1) bilim — shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui; bilimolish - idroketish, o'rganish, mashqqilishcvamuayyantajribaasosidaxulq-atvorhamdafaoliyatko'nikma, malakalariningmustahkamlanib, mavjudbilimlarningtakomillashib, boyib boorish jarayoni;
2) ko'nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo'yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig'indisi;
3) malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
4) ta'lim - o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon;
5) ta'lim metodlari - ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar majmui;
6) ta'lim mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
7) ta'lim vositalari - ta'lim samaradorligini ta'minlovchi obyektiv (darslik, o'quv qoilanmalari, o'quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, komputer va boshqalar) va subyektiv (o'qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9)ta'lim iarayoni - o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon;
10) ta'lim mazmuni - davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;
11) ta'lim maqsadi (o'qish. bilim olish maqsadi) - ta'limning aniq yo'nalishini belgilab beruvchi yetakchi g'oya;
12) ta'lim natijasi (ta'lim mahsuli) - ta'lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o'quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
13) ta'limni boshqarish - ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
14) ta'lim tizimi — yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yo'lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o'quv-tarbiya muassasalari majmui
Didaktik tizim (yunoncha «systema» — yaxlit qismlardan tashkil topgan, birlashtirish) — ma'lum mezonlari asosida ta'lim jarayonining yaxlit holatini belgilash, ajratib ko'rsatish demakdir. U ta'limning maqsadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratadilar:
1) an'anaviy;
2) progressiv;
3) zamonaviy.

Ta'lim nazariyasida Ya.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muhim ahamiyatga ega.
XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner qismlarga bo'lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o'zlashtirishda samaradorlikka erishish g'oyasini ilgari suradi. Mazkur g'oya keyinchalik dasturiy ta'lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o'quvchiga mustaqil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy g'oyalari muammoli ta'limning asosi bo'lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta'lim deb nomlanuvchi, ushbu g'oya o’qituvchi rahbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni hal etishda o'quvchilarning faollik va mustaqilliklarini ta'minlashga enshishni nazarda tutadi. Muammoli ta'limning vazifasi faol o'rganish jarayonini rag'batlashtirish, o'quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901 —1977-yillar) rivojlantiruvchi ta'lim konsepsivasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g'oyalarini amalga oshirish ta'lim jarayoniga insonparvarlik g'oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Psixolog L.S.Vigotskiy (1896-1934-yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan «Yaqin rivojlanish zonasi» g'oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko'ra bola kattalar yordamida bilim olib, o'zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.

Download 1,11 Mb.
  1   2   3




Download 1,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: didaktika ta’lim nazariyasi talim medotikasi

Download 1,11 Mb.