II.BOB. DO’PPI TIKISH TEXNOLOGIYASI




Download 2,89 Mb.
bet4/6
Sana14.05.2024
Hajmi2,89 Mb.
#233600
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DO’PPI TIKISH TEXNOLOGIYASI

II.BOB. DO’PPI TIKISH TEXNOLOGIYASI
2.1.Do’ppi tikish texnologiyasi
Xotin-qizlar uchun keng iste‘molga bо’lgan kо’rinishi dumaloq, teppasi yassi, kizagi baland dо’ppilarning kizagi chetiga ba‘zida ingichka qizil jiyak tikilgan. Jiyakning chetiga popuk qadalgan. Bunday dо’ppilarni tayyorlashda qо’l va mashina ishidan foydalanilgan. Avrasiga parcha, astariga esa paxtadan tayyorlangan matolar ishlatilgan. Astari va avrasining orasiga karton qog’oz qо’yilgan. Ayollarga mо’ljallangan dо’ppilarning yana bir xili kо’rinishi dumaloq tepasi yarim yoysimon kizagi keng, kizagining chetiga ―chalma‖ jiyak tikilgan dо’ppilardir. Ularning jiyagida sariq va yashil yо’llari bо’lgan. Jiyakning chetiga popuk qadalgan. Bunday dо’ppilar ―piltadо’zi‖ usulida tayyorlangan. Piltasiga qog’oz yoki paxta tikilgan. Avrasiga parcha, astariga esa paxtadan tayyorlangan mato ishlatilgan. 151 Matosi parcha, astari esa paxtadan tayyorlangan, shakli dumaloq, tepasi konussimon, kizagi keng, kizagining chetiga keng va ingichka ―chalma‖ jiyak, uning tutashgan joyiga popuk tikilgan, ―piltadо’zi‖ texnikasida tayyorlangan, piltasiga paxta yoki qog’oz ishlatilagan dо’ppilarni ham ayollar va qizlar sevib kiyganlar. XIX asrning oxiri-XX asrning boshida dо’ppilarning estetik kо’rinishi yana sayqallanib ketdi va yangi turdagi kо’plar jozibador dо’ppi xillari, nusxalari hamda shu dо’ppilarga tikiladigan yangicha gullar, naqshlar paydo bо’lgan. Pilta qо’yib tayyorlangan dо’ppilarning esa inson sihat-salomatligiga foydasi yanada ortdi. Qog’oz yoki paxtadan piltalab tikilgan dо’ppilarning boshi sovuqdan va quyosh nuridan saqlash darajasi yuqori bо’ladi.
Toshkent  dо’ppilarning ham tepa qismi teng tо’rt bо’laklarga ajratilib, tо’rt karjiga tо’rt dona qalampir nusxasi tikilgan. Bunday dо’ppining qalampir nusxasi Chust dо’ppisinikiga nisbatan ingichkaroq va kashta tikish usuli о’ziga xos bо’lgan. Dо’ppilar ―piltadо’zi usulida tayyorlangan. Dо’ppilarning kizagiga qora paxta va ipak ipdan tayyorlangan ―chalma jiyaklar tikilgan.
Andijon  dо’ppichiligida ―chust nusxa‖ dо’ppi yaratildi. U о’zining sipoligi, qulayligi kо’rkamligi bilan О’zbekistonning hamma viloyatlariga keng tarqaldi. Bunday dо’ppilar erkaklar, yigitlar kiyishiga mо’ljallangan bо’lib, hozirgacha xalqimizning boshidan tushmay, sevimli dо’ppilardan biri bо’lib kelmoqda.
Farg’ona  dо’ppilarining matosi oq satindan, astari oq bо’z yoki satindan tayyorlangan. Kizagi jiyaksiz bo’lib, vertikal bо’ylab, tepasi esa gorizantal bо’ylab zich qilib mashinada choklangan. Astari 153 va avrasining orasiga karton qog’oz qо’yilgan.
Marg’ilon  erkaklar uchun mо’ljallangan dо’ppilarning kо’p xillari mavjud bо’lgan. Tepasi konussimon, kizagi keng, enli jiyak (4-5 sm) tikiladigan dо’ppilar bо’lganki, ular och va tо’q yashil ipak matolar, satin, ba‘zida esa yashil bо’zdan tayyorlangan. Kashta gullari dо’ppi tepasining tо’rt tomoniga bir xil, kizagiga ham shu gullarga mos naqshlar tanlab tikilgan.
Samarqand  dо’ppilari hamisha mashhur bо’lib, bezaklarga boyligi bilan ajralib turgan. Dо’ppilar tayyorlash uchun faqat yumshoq (siyohrang, yashil, kо’k, zangori, qora) barqutlar ishlatiladi. Odatda, feruza toshlar bilan bezatilgan tо’g’alar va zargarlik taqinchoqlariga о’xshash olmos qubbalar deb ataluvchi bо’rtib turuvchi naqshlar bilan bezatilgan.
Buxoro  dо’ppilar qirmizi, yashil, siyohrang ipak yoki satin va chetdan keltirilgan alvondan tayyorlanib, albatta, kashta tikilgan. Naqshlarida tо’g’ri chiziqlar yoki kо’p bargli ―oftobparast, ―qо’chqorshox, ―chorgul‖ tasvirlari ustunlik qilgan. Qashqadaryo  ―piltadо’zi‖ yoki ―tо’ldirma, ―pulakcha‖ yoki ―tangacha, ―shabanok yoki ―munchoqli‖ dо’ppi deb atalgan turlari kо’p tarqalgan. Bunday dо’ppilarning kо’rinishi dumaloq shaklda bо’lib, kizagining adog’iga ―yо’rma‖ usulida tayyorlangan jiyak tikiladi.
Surxondaryo  dо’ppilarga iroqi gul tikish usullarining, asosan ―sanama, ―bosma‖ chok xillari ishlatiladi. Dо’ppilarning shakli esa yarim konussimon bо’ladi. ―Iroqi dо’ppilardan tashqari ―piltadо’zi yoki ―tо’ldirma turlari keng iste‘molda bо’lib, bunday dо’ppilarni tayyorlashda ―piltadо’zi usuli qо’llaniladi. Dо’ppining piltalari bо’ylab ―tekis va ―ilmoq qо’l kashta choki bilan gullar tikiladi;
Xorazm  dо’ppilarining tepasi yassi, duxoba, shoyi va 154 zarbof matolardan tayyorlanib, о’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularning kо’rinishi, asosan dumaloq shaklda bо’lib, ba‘zilariga qog’oz yoki paxtadan pilta qо’yib tayyorlangan bо’lsa, ba‘zilari qalin qog’oz qо’yib tikilgan. Ular asosan chetdan keltirilgan ―farangi‖, ―parcha‖ kabi gazlamalardan tayyorlangan. Turli zargarlik buyumlari, taqinchoq bezaklar qо’shib tikilgan.
Dо’ppilar erkaklar, ayollar, bolalar (shu jumladan, о’g’il bolalar, qiz bolalar, gо’daklar), qariyalar uchun mо’ljallanagan bо’ladi. Yoshi о’tgan ayollar dо’ppi kiyishmaydi. Bolalar dо’ppilari (kulohcha, qalpoqcha, dо’ppi, kallapо’sh) oq rangdagi turli tuman matolardan tayyorlanganligi, jiyaklari qalin, popukli, bezagi, tumorlariga boyligi bilan farqlanib turadi (97-rasm). Milliy dо’ppi turlari, ularning ishlanishi, tayyorlanish uslublari turlicha va rang-barangdir. Masalan, Namangan, Andijon hududlarida ―chustiy nusxa‖ dо’ppilar, Farg’ona hududida esa ―qalampir nusxa‖ dо’ppilar kо’proq iste‘moldadir. Bu dо’ppi turi ―Marg’ilon nusxa‖ dо’ppilar ham deb ataladi. Do’ppilarning eng kо’p tarqalgan va ommalashgan turi astari yumshoq yoki qattiq bо’lgan dо’ppi tikish turlaridir. Dо’ppi о’zbek milliy kiyim boshlarining ajralmas qismlaridan biri sifatida xalqning hayotiga, an‘analariga singib ketgan. Iroqi dо’ppi О’zbekistonda dastlab Shahrisabzda urf bо’lib, sо’ngra boshqa shahar va qishloqlarga tarqalgan, keyinchalik bu dо’ppi ham har bir shaharning о’ziga xos bezak usulida yaratila boshlangan (rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur Iroqdan turli hunarmandlar qatorida dо’ppidо’zlarni ham keltirgan, shu sababli ular tikkan dо’ppi ―iroqi‖ deb nom olgan). Dо’ppining bu turi iplari sug’urilib, tо’r holiga keltirilgan surpga rangdor ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan tikiladi: uuning 2 usuli: terma va bosma usullari bor. Eng yaxshi iroqi dо’ppilar Shahrisabz va Kitob dо’ppidо’zlari tomonidan tayyorlanadi. Shahrisabzning tepa va kizaklari yaxlit (ipak va ipdan) tо’qilgan gilam dо’ppisi ham mashhur.
О’zbek kashtachilik san‘atida uchraydigan bezak unsurlari real dunyoni tasvir etib, uni anglashning о’ziga xos vositasi, shakl va rang mukammalligidan hayratlanish ifodasi hisoblanadi. Dо’ppi kashtasida atirgul, gulsafsar, chinnigul, lola, gultojixо’roz, olma guli kabi gul turlari tasvirlanadi. Dо’ppida kо’p uchraydigan tasvirlardan biri qutbaraka va hayot ramzi bо’lgan bodom naqshidir. Uning muqobili sifatida nozik va ingichkaroq ―qalampir‖ naqshi tikiladi. О’zbekistonda bolalar, birinchi navbatda gо’daklar, shuningdek, kо’zi yorigan ayollarni yomon kо’zlardan asrash ma‘nosida bodom yoki qalampir shaklida tumor taqishadi, shu bois ularni xalq san‘atida ham himoya ma‘nosida qо’llashgan. Bodom naqshi shifobaxsh meva va bahor kelganidan darak beruvchi ramz va yomonlikdan asrovchi vosita sifatida tasvirlangan. Yomonlikdan asrovchi vosita sifatida dо’ppilarda kо’p tarqalgan naqshlardan yana biri bu ilon izidir. Bu ilonning sehrli kuch-qudrati haqidagi tasavvurlar bilan bog’liq. Qadimda dо’ppilarda boshqa jonzotlar – tog’ kiyigi, chayon, qoplonga о’xshash tasvirlar ham tikilgan. Dо’ppilarning naqsh kompozitsiyalarida qator hollarda arab yozuvi kashtaga uyg’unlashib ketgan. Dono sо’zlar, samimiy tilaklar va hayotiy iboralar dо’ppi kashtasining mazmuni va ifodaviy nafosatini teranlashtirgan. Bu naqsh-yozuvlar bir vaqtning о’zida kо’zlarni quvontirish hamda aqlni peshlash uchun xizmat qilgan. О’zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan XX asr boshiga mansub Buxoro erkak dо’ppisiga arab yozuvida oq ip bilan: ―Kuloh mayli, boshda qolsin, dushman yer bilan yakson bо’lsin‖, – degan ibora bitilgan. Dо’ppilardagi qadimgi ramzlar bugungi kunda о’z ma‘nosini yо’qotgan. Ular bezak sifatidagina qо’llaniladi, xolos. Hozir amaldagi о’simlik naqshlari mazmunan turli-tuman. Dо’ppilardagi naqshlarni boyitishga rang vositasida ham erishilmoqda. Dо’ppidagi kolorit yechimida kashtaning о’zidagi rang va tagligi hisobga olinadi. Qavatlarning tarhidagi yо’llar ipak о’zagi bilan qо’shilib, uyg’unlashib ajoyib bezakka aylanadi. Ipning pishiq eshilganligi, tovlanishi va ranglanishining sifati katta ahamiyatga ega. Ayniqsa naqshning tarhi va aniqligi kо’p jihatdan ip rangiga bog’liq. 156 97-rasm. Do’ppi turlari. О’zbek dо’ppilarining kо’proq tarqalgan shakli – tо’rtburchakli, biroz konussimon bо’lib, bunday shakldagi dо’ppi bitgach, buklashda alohida qulaylik yaratadi. Bunday dо’ppilarni taxlash uchun uning ikki qarama qarshi qismi uchburchak hosil qiladi, qolgan ikki qismi esa ular orasiga ikki buklanib qatlanadi. Shu holda yangi dо’ppi sal namlanib, bosim tagiga qо’yiladi, natijada u ma‘lum bir shaklga kiradi. Dо’ppilarninng chustiy (Chust), qalampirmunchoq (Marg’ilon), sanama iroqi (Surxon), baxmal (Toshkent), zardо’ppi (Samarqand, Buxoro) turlari mavjud. Turli joylarda tikilgan dо’ppilar shakli, naqsh va rang yechimi jihatdan bir-biridan farqlanib turadi. О’zbekistonning kо’p joylarida rusum bо’lgan chust dо’ppi qora tagligi, qalampir nusxa naqshi hamda yonlarida ustunchalari borligi bilan ajralib turadi. Chust dо’ppisi umummilliy bosh kiyimi darajasiga aylangan. Namangan viloyat chevarlari tikkan Chust dо’ppilari naqshlarning keskinligi (yaxlit bodom shaklining qisqa va keskin qamralgan uchlari bor) va kizagining balandligi bilan farqlanadi. Chust yо’nalishidagi Marg’ilon dо’ppilarida qalampir shakli nozik, ingichka va mayin. Marg’ilon xotin-qizlari dо’ppilarining о’ziga xosligi shunda-ki, ularning tagligi yaxlit oq iplarda tikiladi.

Download 2,89 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB. DO’PPI TIKISH TEXNOLOGIYASI

Download 2,89 Mb.