• Kurs ishining tuzilishi.
  • Mavzu: do’ppi tikish texnologiyasi mundarija: Kirish




    Download 2,89 Mb.
    bet2/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,89 Mb.
    #233600
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    DO’PPI TIKISH TEXNOLOGIYASI

    Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishi mavzusining maqsad hamda vazifasi naqqoshlik do’ppi tikish texnologiyasini o’ragnishdan iboratdir.
    Kurs ishining predmeti. Do’ppi tikish texnologiyasini tahliliga asosiy yondashuvlar o‘rganishdan iboratdir.
    Kurs ishining vazifalari:

    • Do’ppido’zlik san’ati tarixi

    • Do’ppi turlari

    • Do’ppi tikish texnologiyasi

    • Do’ppi naqshlari va ularning strukturaviy tuzilishi

    Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 ta bob 4 ta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.


    I.BOB DO’PPI TIKISH SAN’ATINING TARIXIY RIVOJLANISHI
    1.1. Do’ppido’zlik san’ati tarixi
    Xalq amaliy san‘atining eng ommabop va keng tarqalgan turlaridan biri bо’lgan dо’ppi erkaklar, ayollar va bolalar milliy kiyimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. О’zbek xalqining milliy kiyimlari orasida dо’ppining ham о’z tarixi mavjud bo’lib, u uzoq davrlarga borib taqaladi. Miloddan avvalgi 519 yilga oid deb hisoblangan, Behustun qoyatoshiga о’yib tushirilgan bо’rtma odam suratlaridan birining bosh kiyimi hozirgi dо’ppimizga juda о’xshar ekan. Marg’ilon va Chust (tus) dо’ppilarining tarixi Xitoy, xususan Buyuk Ipak Yо’li bilan bog’liq. Ola dо’ppi о’zbek madaniyatini Xitoy va butun sharq xalqlari madaniyati bilan bog’lasa, iroqi dо’ppilar esa uzoq g’arb mamlakatlari, Iroq madaniyati bilan bog’laydi.
    Dо’ppimizning tо’rt tomoni falakning tо’rt burjidir. Tomonlarga chizilgan naqshlar burjlardagi yulduz, oylar aksidir. Bu dо’ppiga ega xalq falakka yaqin xalqdir. Dо’ppilar qadimdan о’zbek badiiy kashtachilik merosining ajralmas durdonasi va xalq amaliy san‘atining о’ziga xos gо’zal turlaridan biri hisoblanadi. Dо’ppilarning qachon paydo bо’lganligi, uning ilk ijodkori haqida biror-bir aniq ma‘lumot yо’q. Faqat eramizdan ming yillar avval ahamoniylar davrida О’rta Osiyoda ―sakatigraxiada‖ degan qabila yashaganligi va bu atama ―tepasi chо’nqaygan bosh kiyim kiygan saklar‖, – degan ma‘noni bildirganligi haqidagi tarixiy ma‘lumotlarga duch kelamiz. Demak, dо’ppilar juda qadimgi bosh kiyimlardan biri ekan. Bunday shaklga yaqin bosh kiyim turlari yaqingacha saqlanib qolgan. Bunga misol qilib tepasi uchli Buxoro dо’ppilarini, tepasi uzunchoq Shahrisabz gilam dо’ppilarini, Xorazmda keng tarqalgan xorazm takiyalarni, ularning takomillashgan turlari deb atash mumkin. Dо’ppini eslatuvchi bosh kiyimlarning qadim о’tmishda mavjud bо’lganligini tasdiqlovchi dalillarni arxeologik yodgorliklar, devoriy yozuvlar, terrakota haykalchalar, XV-XVI asrlarga oid sharq miniatyuralarida kо’rishimiz mumkin. Movarounnahr (XV-XVII 141 asrlar) va Samarqand (XVI asrning birinchi yarmi) miniatyuralarida ayollarning turli-tuman bosh kiyimlari uchraydi. Dastlab dо’ppilar konussimon va keng hoshiyali bо’lgan, ularni salla ostidan kiyishgan. Keyinchalik о’tkir uchli, konussimon, yarimsharsimon, dumaloq, tо’rt qirrali dо’ppilar tikila boshlangan. Dо’ppilarning keng tarqalgani tо’rt qirrali, bir oz konussimon shakldagisi hisoblanadi. Bezaklarning kо’plab kompozitsiyalari mavjud bо’lib, ular avloddan-avlodga о’tib, doimiy ravishda yangilanib borgan. Dо’ppilarni bezatishning asoslari xalqimizning ma‘naviy hayoti, xulq-atvori va poetik dunyoqarashi bilan uzviy bog’liqdir. Dо’ppilar ikki yoki uch qat matodan tayyorlanib, paxta yoki ip bilan mustahkam qilib tikiladi. Kо’p hollarda tayyor dо’ppiga ipak, zar yoki kumush iplarda kashta tikilgan. Qora taglikka kashta tikish XIX asr oxiri-XX asr boshlarida asosan Toshkentda, qisman Farg’onada paydo bо’ldi, chunki bu paytda Rossiyadan Markaziy Osiyoga kо’plab qora rangdagi gazmollar keltirila boshlanib, tanlash uchun keng imkoniyat yaralgan edi. Dо’ppi tikish san‘ati bilan azaldan asosan, xotin-qizlar shug’ullanib kelishgan, kо’pchilik naqshlarni ular yaratishgan. Har bir chevar nafaqat ma‘lum bir andozani takrorlagan, balki tez-tez о’zicha naqsh kompozitsiyasini va rang-tusini о’zgartirib, dо’ppiga alohida husn bag’ishlagan. Shunday qilib, an‘analashgan sari bu san‘at avloddan-avlodga о’tib, dо’ppilarning kashtalarida rang-barang va betakror naqshlar paydo bо’lib borgan. O’zbek milliy do’ppilari tarixini aniqlang. Jadvalning tegishli bandlarini tutashtiring. marg’ilon dо’ppilar
     о’zbek madaniyatini Xitoy va butun sharq xalqlari madaniyati bilan bog’laydi; chust (tus) dо’ppilar
     о’zbek madaniyatini qo’shni xalqlar madaniyati bilan bog’laydi; gilam do’ppilar
     о’zbek madaniyatini uzoq g’arb mamlakatlari, Iroq madaniyati bilan bog’laydi; iroqi dо’ppilar
     о’zbek madaniyatini Buyuk Ipak Yo’li madaniyati bilan bog’laydi;
    Dо‘ppidо‘zlik maktablari u yoki bu mintaqada dо’ppilarning muayyan tipi yaratilishiga faqat tabiiy shart-sharoitlar emas, balki shu mintaqada vujudga kelgan va saqlanib qolgan an‘analar, xо’jalik va madaniyat rivojlanishining umumiy darajasi ham ta‘sir kо’rsatgan. Farg’ona vodiysi, xususan, Chust, Andijon, Marg’ilon, Qо’qon shaharlarida tayyorlangan dо’ppilar kelib chiqishiga kо’ra dastlabki dо’ppilar hisoblanadi. Tepa qismi chorsi bо’lgan bu dо’ppilar taxlanganda uchburchak shaklga kelgan. Bu dо’ppilarga ular yaratilgan shaharlarning nomlari qо’shib aytilgan: ―tus (Chust) dо’ppi, ―qо’qon (Qо’qon) nusxa‖, ―andijon (Andijon) nusxa va h.k. Mahalliy dо’ppilarning 5 ta asosiy guruhi farqlanadi: Toshkent, Farg’ona, Samarqand-Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo va Xorazm. Har bir maktabning ayrim turlarida juda aniq mahalliy farqlar sezilib turishiga qaramay, har bir guruh asosida umumiy uslub xususiyatlari, naqshning umumiy motivlari yotadi. Qariyalar kiyishiga mо’ljallangan Andijon dо’ppilarining matosi oq satindan, astari oq bо’z yoki satindan tayyorlangan. Kizagi jiyaksiz bo’lib, vertikal bо’ylab, tepasi esa gorizantal bо’ylab zich qilib mashinada choklangan. Astari va avrasining orasiga karton qog’oz qо’yilgan. Qо’l chokida kashta tikilib, uni tikishda ipak iplar ishlatilgan. Shakli tо’rt tomonli, tepasi unchalik baland emas (8-10 sm), kizagi esa baland (7-8 sm). Tepa qismining bir-biriga qaramaqarshi tomonlariga bir xil rangli ipaklar bilan gul barglarining, gul rasmi tikilgan. Kizagining tо’rttala tarafiga bir xil gul barglari tikilgan. Qizlar kiyishiga mо’ljallangan dо’ppilarning matosi baxmal bо’lgan, asosan, siyoh rangli, jigar rangli baxmal kо’p ishlatilgan. Astariga satin, bо’z matolar tanlangan. Kizagining chetiga qora baxmaldan jiyak tikilgan. Bunday dо’ppilar ―piltadо’zi‖ texnikasida tayyorlangan, shakli tо’rt qirrali, tepasi va kizagi uncha baland bo’lmagan. Ayollar kiyishiga mо’ljallangan dо’ppilarning yana bir turi mavjud bо’lib, uning matosiga oq parcha tanlangan, astari satin, kizagining chetiga qora baxmal jiyak tikilgan. Dо’ppilarga qо’l kashta usulining ―xomdо’zi‖ chokida ipak iplar bilan kashta tikilgan. Shakli tо’rt qirrali bо’lib, tepasi yassi, kizagi ham baland bo’lmagan. Unda kashta nusxasining ―chorgul‖ kompozitsiyasi qо’llanilgan. Tepa qismi 144 siniq chok orqali tо’rt karjga ajratilgan. Har bir karjga bir xil gul g’unchalari joylashtirilgan va ba‘zan ular orasiga yozuvlar qо’shib tikilgan. Erkaklar kiyishiga mо’ljallangan dо’ppilarning matosi qora ipak, astari satin, kizagining chetiga yarim ipakdan tayyorlangan tasma – jiyak tikilgan. XX asrning 30 yillarida Farg‘ona dо’ppichiligida ―chust nusxa‖ dо’ppi yaratilgan. U о’zining sipoligi, qulayligi kо’rkamligi bilan О’zbekistonning hamma viloyatlariga keng tarqalgan. Bunday dо’ppilar erkaklar, yigitlar kiyishiga mо’ljallangan bо’lib, hozirgacha xalqimizning boshidan tushmay, sevimli dо’ppilardan biri bо’lib kelmoqda. Chust dо’ppilarning gо’daklar va yosh bolalarga mо’ljallab tikiladigan nusxalar ham bor. Chust dо’ppilari tо’rt karjli bо’lib, asosan qora, mosh rang, tо’q kо’k satin (las)dan tayyorlangan. Karj chiziqlari bо’rtib turadi. Tepa qismining har bir bо’lagining bittadan qalampir nusxasi tushirilgan gul tikilgn. Chust dо’ppilarning yirik va yо’g’onroq bо’lgan. Kizak qismining pastgi tomonida eni 0.5 sm li chamak choki ostida qoldirib tikilgan. Uning ustiga esa katta-kichik gul tikilgan. Kizak qismining har bir tomoniga tо’rttadan gul joylangan. Gullarni tо’g’ri joylashtirish uchun tepa qismining gullari, kizak qismining gullariga ham gul qoliplari tayyorlab olingan. Gullar shu qoliplar yordamida chizilgan. Farg‘ona dо’ppichiligida erkaklar uchun mо’ljallangan chust dо’ppilaridan keyin ularga о’xshatma qilib marg’ilon dо’ppilari yaratildi.

    Download 2,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: do’ppi tikish texnologiyasi mundarija: Kirish

    Download 2,89 Mb.