• Araqshin
  • Do’ppi turlari va tayyorlanishi




    Download 2,89 Mb.
    bet3/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,89 Mb.
    #233600
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    DO’PPI TIKISH TEXNOLOGIYASI

    1.2. Do’ppi turlari va tayyorlanishi
    Do’ppi O’zbekistonda keng tarqalgаn engil bosh kiyimi. Do’ppi dastlab Eronda va turkiy xalqlarda o’rtasida tаrqаlgаn. Rossiyada esa XSH asrlarda rasm bo’lgаn. Asrlar davomida do’ppining turli xillari vujudga kelib, baxmalga, satinga, sidirg’a shoyiga ip, ipak va z’ig’ir bilаn do’ppi gullari tikilgаn.
    Do’ppi bosh kiyimi hisoblаnib, boshni sovuqdаn, quyosh nurlаridаn himoya qilgаn. O’z’bekiston sharoitida ko’p kiyiladi. O’z’bekistonda Toshkent, CHust, Buxoro, Samarqаnd, Boysun, SHahrisabz’, do’ppilari mashhur bo’lib, ular o’z’iga xosdir. Rеspublikаmiz’ning barcha tumаnlarida do’ppi kiyiladi. Iroqi, CHust do’ppi, gilam do’ppi, chakma tur, qiz’il gul, piltado’z’i, z’ardo’ppi, to’ltirma deb nomlаnadigаn milliy do’ppilar bor. Har bir do’ppi аjratish uslubiga ega,ular bir-biridаn farqlаnadi. O’z’bekistonda ommaviy bosh kiyimi asosаn uch xil shaklga ega. Kuloh -konussimon bosh kiyimi. U asosаn darvishlar qalpog’i, uning matohi toq uchburchak parchalar shаklidа bichilib, yoppasiga tikiladi. Kuloh - erkaklar bosh kiyimi, hoz’ir juda kam uchraydi. Araqshin –sharsimon do’ppi Uni asosаn keksalar kiyadi. Toshkentda sharsimon do’ppilar qo’lda, xiyol bosma, chakma tur, iroqi chоk usullarda tikiladi. Tus do’ppi - keng tarqalgаn yassi yuz’ali do’ppi. Ko’pincha tus do’ppi CHust do’ppi deb yuritiladi. Tus do’ppilarni bitta o’z’ida sakkiz’ta chok usuli qo’llаniladi: z’аnjira, to’g’ri chok, pilta, kungura, taroq, etalаnma, pildiroq, ova.
    CHust do’ppining tepasi kiz’akdаn kvadrat shaklida bo’rtirib chiqib аjrim shar ko’rinishida bo’ladi. Do’ppilar uchtа qism: tepa, kiz’ak va jiyakdаn iborat. Аna shu qismlari qаnday materialdаn, qay tarz’da tayyorlаnishi, bez’atilishi, tikilish uslubi va usullariga ko’ra farqlаnadi. SHu o’z’iga xos usul va uslubda tayyorlаnadigаn do’ppilar shu erning nomi bilаn mashhur bo’lgаn. O’g’il bolalar va erkaklar kiyadigаn Toshkent CHust, Marg’ilon do’ppilari sidirg’a rаngli (yashil, qora, to’q binafsha, jigarаng) baxmaldаn tayyorlаnadi. Toshkent do’ppilarining ikki xili: dumaloq vа uchburchaksimon taxlаnadigаn turi mavjud.
    D o’pilarni tepa va kez’aklarini bichishda odatda аndoz’alardаn foydaliniladi. Karton yoki qalinroq qog’oz’ga doira chiz’iladi. Agar 54-o’lchаmli do’ppi tikiladigаn bo’lsa, doirаning diametri Rh 20,5 cm bo’ladi. Do’ppining o’lchami oshgаn sari 2 mm kengaytiriladi. 55-o’lchаmli do’ppi uchun doirаning diametri Rh 20,7cm bo’ladi. Doira to’g’ri chiz’iq bilаn 4 ga bo’linadi. Kvadrat xosil bo’lgаndаn keyin, chetlari qirqib tashlаnadi(1-rаsm). Kez’ak yoni 4 cm, uz’unligi 56 cm lenta shaklida bichiladi. Astar avragа nisbatаn 0,5 cm enliroq vа uz’unroq bo’ladi. Do’ppi boshga mos tarz’da chuqurroq yoki yassiroq bo’lishi mumkin. Bunda kiz’ak enli yoki ensiz’ olinadi. Tepa avra astarga xomaki qаviq bilаn ko’klab chiqiladi. Pilta uchun choklar tikilgаndаn so’ng bu choklar so’tib tashlаnadi. Tepa markaz’idаn chetga tomon bir mе’yorda tepchima chok bilаn tikiladi. CHoklar orasiga piltlar xam ko’p qo’yiladi. Toshkent do’ppilari kir bo’lsa yuviladi. Bir oz’ qurigach yana elimlab taxtakachga qo’yiladi. Quritilgаndаn so’ng kiyiladi. CHust va Marg’ilon do’ppilari yuvilmaydi. Kimyoviy yo’l bilаn toz’alаnadi. Uy sharoitida aцeton yoki aviabenz’in bilаn toz’alаnadi. Do’ppi chаngdаn, namdаn saqlаnadi.
    Kiyilmagаn paytda taxlab, o’rab qo’yiladi.
    Taxlаnmaydigаn do’ppilar doka yoDо’ppining tepa va kizak qismi piltalangan. Ularga ingichka qilib qirqilgan pilta qog’oz qо’yilgan. Sо’ng tepa qismi bilan kizak qismi ulangan. Oxirida jiyagi qadalgan.
    Dо’ppilarning jiyagi maxsus jiyak dastgohlarida qora ipaklardan tayyorlangan. Hozirgi kungacha dо’pppidо’z chevarlar tomonidan chust dо’ppilarning kо’plab yangi nusxalari yaratilgan va bunday 145 dо’ppilarning yaratuvchilarning didi, mehri va mahorati natijasi haqiqiy san‘at darajasiga yetkazildi. Chust dо’ppilarning ―zira‖ nusxasini andijonliklar sevib kiyishsa, namanganliklar kо’proq ―injiq‖ nusxani yaxshi kо’rishadi. Chust dо’ppilari marg’ilon dо’ppilariga qaraganda chuqurroq kо’rinishda bо’ladi. Marg‘ilon dо’ppilari Chust dо’ppilaridan keyin ularga ―о’xshatma‖ qilib yaratilgan. Marg’ilon dо’ppilari ham, asosan qora, tо’q kо’k, mosh rang satin (las) yoki shoyidan tayyorlangan. Marg’ilon dо’ppilarninng ham tepa qismi teng tо’rt bо’laklarga ajratilib, tо’rt karjiga tо’rt dona qalampir nusxa tikilgan. Marg’ilon dо’ppisi ham qalampir nusxasi chust dо’ppisinikiga nisbatdan ingichkaroq va kashta tikish usuli о’ziga xos bо’ladi. Marg’ilon dо’ppilarning gullari ham oq ipak bilan tikiladi. Gul naqshlari bо’rtib turadi. Bunday kо’rinishni hosil qilish uchun esa naqsh chizig’i bо’ylab chok ostidan yo’g’on xom ipak tо’shab tikilgan. Namga chidamli qog’oz yoki mato juda ingichka qilib qirqib, kashta guli tagida qoladigan qilib tikilgan. Dо’ppilarning tepa va kizak qismlariga pilta qо’yib tayyorlangan. Marg’ilon dо’ppilariga ham maxsus tayyorlangan jiyaklar tikib, bezak berilgan. XIX asrning о’rtalaridan keyin xotin-qizlar uchun mо’ljallangan Marg’ilon dо’ppilari keng tarqaldi. Dо’ppining shakli tо’rtburchak, tepasi ozgina kо’tarilgan, kizagi ingichkaroq qilib tayyorlangan. Dо’ppining tepa qismi ingichka kashta yо’li bilan tо’rt karjga ajratilgan. Tо’rttala qismiga bir xil gul nusxalari yoki gul shoxida о’tirgan qushcha, ba‘zida esa yozuvlar bilan (―Farg’ona tong otguncha‖) kabi gul tikib bezatilgan. Kizagiga tepaning guliga mos keladigan nusxa tikilgan. Gullar ipak iplar bilan tikilgan. Qо‘qon dо’ppilarining yosh bolalar, xotin-qizlar kiyishiga mо’ljallangan turlari ham, asosan ―piltadо’zi‖ usulida tayyorlangan, ularga gul nusxalari ancha sayqal berib tikilgan, rangli iplar ishlatilgan. Dо’ppi gullari ninaning orasiga kо’zmunchoqlar ham qadalgan. Kizagiga ipak yoki paxta ipdan tayyorlangan ―chalma‖ jiyaklar qadab tikilgan. Bunday dо’ppilarning avrasiga qora satin, ipak, astariga satin, chit yoki bо’z ishlatilgan. Piltadо’zi texnikasida tayyorlangan, piltasiga, asosan qog’oz tiqilgan. Kashtalar, asosan rangli ipak iplar bilan tikilgan. Kizakning tomonlariga bir xil gul tanlangan, tepa qismining tо’rttala tomoniga shu gulga mutanosib gullar tanlangan. 146 Kо’rinishi dumaloq, tepasi konussimon, uchi, kizagi ba‘zida keng yoki ingichkaroq qilib tikiladigan dо’ppining ham erkaklar, ham turli yoshdagi о’g’il bolalar kо’p kiyganlar. Bunday dо’ppilarning avrasiga kanava, bо’z matolar ishlatilgan. Astariga 3-4 qavat bо’z, satin, ba‘zan doka kabi matolar ham ishlatilgan. Kashta (takdо’zi) texnikasida, ―iroqi‖ kashta qо’l chokining ―sanama-iroqi‖, ―chizmairoqi‖ usullarida tikilgan. Kashta tikishda rangli ipak iplar ishlatilgan. Dо’ppi kizagining cheti keng yoki ingichka, har xil jiyaklar bilan bezatilgan. Jiyaklar matoga qо’l kashta usulining ―yо’rma‖ choki bilan yoki ―iroqi‖ choki bilan tikib tayyorlangan. Dо’ppilarga qora paxta ipidan tayyorlangan ―chalma‖ jiyaklar ham qadalgan. Ba‘zida esa kizakning jiyak о’rnidagi qora yо’l ichiga kashta tikilgan. О’tgan asrlarda Toshkentda erkaklar uchun mо’ljallangan dо’ppilarning kо’p xillari mavjud bо’lgan. Tepasi konussimon, kizagi keng, enli jiyak (4-5 sm) tikiladigan dо’ppilar bо’lgan-ki, ular och va tо’q yashil ipak matolar, satin, ba‘zida esa yashil bо’zdan tayyorlangan. Kashta gullari dо’ppi tepasining tо’rt tomoniga bir xil, kizagiga ham shu gullarga mos naqshlar tanlab tikilgan. Erkaklar kiygan dо’ppining yana bir turi tо’rt tomonli tepasi baland, konussimon kо’rinishida, kizagi ham enli, kizagining chetiga tо’q rangli matodan jiyak tikilgan dо’ppilar ―piltadо’zi‖ texnikasida tayyorlangan chokda kashta tikilgan dо’ppi, ―takdо’zi‖ kashta tikish usulidan foydalanib gul tikilgan. ―Piltadо’zi texnikasida tayyorlangan dumaloq ―takdо’zi kashta usulida, kashta chokining ―iroqi, ―xomdо’zi xillaridan foydalanib gul tikiladigan gilam dо’ppilarni ham erkaklar kiyganlar. Bunday dо’ppilarga oq bо’z yoki kanava ishlatilgan. Astari paxtadan tayyorlangan matodan bо’lgan. XX asrning birinchi yarmidan keyin ayollar kiyishga mо’ljallangan dо’ppilar kо’plab tikilgan. Kizagining chetiga ingichka qora baxmaldan jiyak, ―takdо’zi kashta usuli bilan ―chakmato’r‖ chokida kashta tikilgan dо’ppilar udum bо’lgan. Dо’ppilarga yashil ipak, bо’z, satin matolari ishlatilgan. Dо’ppining tepasi kashta yо’li bilan tо’rt karjga ajratilgan dо’ppining oq foniga gullar tikilgan. Ayollarga mо’ljallangan dо’ppilarning yana bir xili ―iroqi‖ dо’ppilardir. Bunday dо’ppilar to’rga yoki kanavaga tikilgan. ―Piltadо’zi‖ texnikasidan kashtaning ―takdо’zi‖ usulida foydalanilgan. Dо’ppilarning kо’rinishi tо’rtburchak, kizagi uncha keng bо’lmagan. 147 Samarqandning ―urgut‖ dо’ppilari barcha davrlarda о’ziga xosligi bilan ajralib turgan. Samarqandda qora satinga tikilgan tepasi baland, gumbazsimon, kizagi keng, enli (3-3,5 sm) tо’q rangli matodan jiyak tikiladigan dо’ppilarni erkaklar sevib kiyganlar. XX asrning boshlaridan kо’rinishi dumaloq, tepasi tekis, kizagi baland, ―piltadо’zi‖ texnikasida tikiladigan dо’ppilar ayollar va qizlar о’rtasida keng tarqaldi. Bunday dо’ppilarga asosan sariq qizil rangli ipak paxtadan tayyorlangan ipak matolar ishlatilgan. Dо’ppilarning kizak qismiga rangli ipaklar bilan kashta tikilgan. Gul tikishda, asosan, ―kandaxayol‖, ―yо’rma‖, ―xomdо’zi‖ kashta choklaridan foydalanilgan. Ba‘zan kizak о’rniga gul tikilgan va popukchalar qadalgan. Tepa va kizak qismining gullari orasiga yaltiroq metal ―bargaklar va munchoqlar qо’shib tikilgan. Xuddi shunday dо’ppilarni kichik yoshdagi qizlar ham kiyishgan. Samarqand viloyatida dо’ppilar qirmizi, yashil, siyohrang ipak yoki satin va chetdan keltirilgan alvondan tayyorlanib, albatta, kashta tikilgan. Naqshlarida tо’g’ri chiziqlar yoki kо’p bargli ―oftobparast‖, ―qо’chqorshox‖, ―chorgul‖ tasvirlari ustunlik qilgan. Samarqand dо’ppilarning kо’p qismi piltadо’zi usulida tayyorlangan tepa qismi va taglamasi yonma-yon birlashtirilib, ular orasiga temir piltalar orqali qog’oz yoki paxta naychalar kiritilgan, natijada dо’ppi yuzasida bо’rtma burmalar hosil qilingan. Piltadо’zi usulida Surxondaryo viloyatining kо’p tumanlarida dо’ppilar tikiladi. Bu usul avvalgi, eski namunalaridan qovurg’alarining kichikligi bilan farqlanadi. Naqsh kompozitsiyasida chiziqlarning tik bо’linishi va tо’g’riligi kabi xususiyatlar ustunlik qiladi. Samarqand dо’ppilari orasida Urgut dо’ppilari о’ziga xos: qalpoq chetlari keng, tepasi yassi va kichik bо’ladi. Naqsh bir yerda yig’ilgan doiralarda, ularning unsurlari tagdagi tо’rt yoki sakkiz qismlarda joylashtirilgan. Qoramtir, odatdagi siyoh rang fon va yorqin bezak Urgut dо’ppilariga xos. Tо’g’rirog’i, bu yirik kо’lamli, zamonaviylashtirilgan butalarda kо’rinadi. Buxoro uslubiga xos dо’ppilarning eng mashhuri ―zardо’zi dо’ppilardir. О’zbek xalqining juda qadimiy kashtachilik merosi turlaridan biri bо’lgan zardо’zlik san‘atini buxorolik hunarmand chevar ustalar hozirgacha saqlab kelmoqdalar. Buxoroning zardо’ppilari hamisha mashhur bо’lib, bezaklarga boyligi bilan ajralib turgan. Hozirgi kunda asosiy material sifatida fabrikada ishlab 148 chiqariladigan sim – zar qо’llaniladi, buxorolik zardо’zlar uni ―kalabatun‖ deyishadi. Zardо’z dо’ppilar tayyorlash uchun faqat yumshoq (siyohrang, yashil, kо’k, zangori, qora) barqutlar ishlatiladi. Zardо’zlar tikishning ikki usulini qо’llashadi, ya‘ni zardо’zizamindо’zi bunda fon yaxlit zar bilan qoplanadi, zardо’zi-guldо’zida esa chizma qilib tayyorlangan qalin qog’oz mato foniga qо’yilgan holda tikiladi. Buxoroliklarning о’ziga xos sermazmun kashta naqshlari g’oyat nafis, tekis texnik uslublari, uzoq davrlar mobaynida sayqal topgan rang-barang kashta choklari shu san‘atning tarixiy rivojlanish jarayonida muhim kasb etadi. Kashtachilikning zardo’zi uslubida gullar tikib bо’lingach, ularga qо’shimcha ipaklar, pulakchalar (pirpiraklar), turli munchoqlar, zargarlar tomonidan maxsus tayyorlangan toshlar bilan bezatilgan tо’g’alar va zargarlik taqinchoqlariga о’xshash olmos qubbalar bilan bezatilgan. Qashqadaryoda juda qadimdan iroqi nusxa dо’ppilar tayyorlab kelingan. Bunday dо’ppilarga iroqi gul tikish usullarining asosan, ―sanama‖, ―bosma‖ chok xillari ishlatiladi. Dо’ppilarga maxsus jiyaklar qadalib, bezak beriladi. Dо’ppilarning kо’rinishi (shakli) esa yarim konussimon bо’ladi. О’ziga xos tayyorlanish texnologiyasiga ega bо’lgan bunday dо’ppilarni Shahrisabz va Kitob tumanlarida ―qalpoq‖ deb ataydilar. Toshkentda esa bunday dо’ppilar ―gilamdо’ppi‖deyiladi. Qashqadaryoda ―iroqi‖ dо’ppilardan tashqari ―piltadо’zi‖, yoki ―tо’ldirma‖ deb nomlangan dо’ppilar keng iste‘molda bо’lgan. Bunday dо’ppilarni tayyorlashda ―piltadо’zi‖ usuli qо’llanilgan. Pilta sifatida asosan, qog’oz ishlatilgan. Dо’ppining piltalari bо’ylab ―tekis‖ va ―ilmoq‖ qо’l kashta choki bilan gullar tikilib, ular ―tо’ldirma dо’ppi‖ deb atalgan. Tо’ldirma dо’ppilar bilan birgalikda xalq boshidan tushirmay, sevib kiygan gilam dо’ppilar yoki ―iroqi‖ dо’ppilar ham keng iste‘molda bо’lgan. Bunday dо’ppilar kanavaga, bо’z matoga, ―bо’ronboy‖ deb nomlangan tо’r matoga ―takdо’zi‖ usulida ―iroqi‖ kashta choki bilan tikib tayyorlangan. Shahrisabzning gilam dо’ppisi konussimon shakli bilan farqlanadi. Bu dо’ppilardagi kolorit oq, qora, qizil, sariq yoki siyohrang ranglar uyg’unligida hosil bо’ladi. Ba‘zida kо’pgina naqshlar qizil-qora chizgilar bilan oq fonda beriladi. Shahrisabz va Kitob dо’ppilaridagi naqshlar ikki turga bо’linadi. ―Sanama‖ dо’ppisidagi naqsh yonlama qator qilib joylashtiriladi, ―chizma‖ 149 dо’ppida esa naqsh dо’ppi tepasi aylanasida yig’ilib, aylana shaklida tik yо’nalishda taraladi. Surxondaryo dо’ppilarning ―piltadо’zi‖ yoki ―tо’ldirma‖,―pulakcha‖ yoki ―tangacha‖ va ―shabanok‖ yoki ―munchoqli‖ dо’ppi deb atalgan turlari kо’p tarqalgan bо’lib, hozirgacha xalqimizning boshidan tushmay kelmoqda. Bunday dо’ppilarning kо’rinishi dumaloq shaklda bо’lib, kizagining adog’iga ―yо’rma usulida tayyorlangan jiyak tikiladi. ―Piltadо’zi yoki ―tо’ldirma, ―pulakcha yoki ―tangacha‖ deb nom olgan dо’ppilarni yigitlar va erkaklar kiyadilar. Rang-barang ipaklar bilan kashta tikib tayyorlanadigan dо’ppilarning ―piltadо’zi‖ deb nomlanishiga sabab, ularga tikiladigan kashta pilta chiziqlari bо’ylab tikiladi. Aynan shu dо’ppilarning ―tо’ldirma‖ deb nomlanishiga sabab, ularga kashta tikish usulining ―sanama chok‖ yordamida rangli ipaklar bilan pilta chiziqlari bо’ylab tо’ldirib tikiladi. Surxondaryo dо’ppilari kizagining barchasi jiyak qadalib, bezatiladi. Dо’ppilarning jiyagi alohida tayyorlanib olinadi. Jiyaklar kashta chokining ―yо’rmadо’zi‖ usulida gul nusxalari solib tikiladi. Jiyak oddiy paxtadan tayyorlangan gazmolga maxsus silliq, uchi qayrilgan bigiz yordamida tikiladi. Jiyak tayyorlanadigan mato esa uzunligi jiyakning uzunligidan katta, eni ixtiyoriy, qulay kenglikda bо’lgan maxsus kergiga tarang tortib qо’yilgan bо’ladi. Erkak va ayollar dо’ppilariga mо’ljallangan jiyaklar ularning gul nusxalariga qarab farqlanadi. Dо’ppi tikilib, tayyorlangach, jiyak tutiladi, jiyagining tutashgan joyiga esa turli rangdagi ipaklardan popukcha qadab bezatiladi. Boysun dо’ppilariga о’xshash tо’ldirma dо’ppilar Dashnobodda ham keng tarqalgan bu dо’ppilar rangi, gul naqshlari bilan Boysun dо’ppilaridan ozroq farq qilsa-da, bir-biriga о’xshaydi. Dashnobodda kо’rinishi dumaloq, tepasi konussimon gilam dо’ppilar ham tikilgan. Dо’ppilar ―piltadо’zi texnikasida ―takdо’zi kashta usuli bilan gilam nusxa qilib tikilgan. Ayollar kiyadigan zar dо’ppi chevarlari Buxoro zardо’zlari hisoblanadi. Bu dо’ppi ham tepa, kizak va jiyakdan iborat. Dо’ppining ayrim qismlarini tayyorlash uchun ba‘zan ish ixtisoslashtiriladi: bichish, gul nusxasini chizish, gul tikish, jiyak tayyorlash, pilta urish, yelimlash. Dо’ppining uchchala qismini bir-biriga ulash va hokazolar ixtisoslashgan turli chevarlar tomonidan bajarilgan. Xorazmda dо’ppilar ―takya‖, ―toki‖, ―teyxa‖ deb ataladi. Xorazm uslubida tikiladigan dо’ppilarning tepasi yassi, duxoba, shoyi 150 va zarbof matolardan tayyorlanib, о’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xorazm dо’ppilarning ―zar takiya, ―papakli takiya‖, ―manatli takiya‖ kabi nomlar bilan mashhur bо’lgan turlari mavjud. Ularning kо’rinishi, asosan dumaloq shaklda bо’lib, ba‘zilariga qog’oz yoki paxtadan pilta qо’yib tayyorlangan bо’lsa, ba‘zilari qalin qog’oz qо’yib tikilgan. Ular asosan chetdan keltirilgan ―farangi‖, ―parcha‖ kabi gazlamalardan tayyorlangan. Astariga oddiy paxtadan tayyorlangan mahalliy matolar ishlatilgan. Kizagiga ipakdan tayyorlangan chalma jiyaklar tutilgan. Jiyaklarning rangi asosan och qizgish rangdan tо’q sariq ranggacha bо’lgan. Jiyakning birlashgan joyiga popuk qadab bezalgan. Bezatilgan popuklar jiyakning turiga, eniga dо’ppilarning xiliga qarab uzun va kalta qilib tanlangan. Xorazm takiyalari ham boshqa viloyatlarning dо’ppilaridan о’ziga xosligi va mukammal tayyorlash uslublari jihatidan ajralib turadi. Xorazm dо’ppilariga turli zargarlik buyumlari, taqinchoq bezaklar qо’shib tikilgan. Taxya, teyxa, chumakli taxya, kush – bular Xorazm erkak va xotin-qizlar dо’ppilarining nomlari. Ular qizil va qora yо’l-yо’l olachadan baland, konussimon shaklda tikilgan. Taxya hali turmushga chiqmagan qiz uchun, qora barqutdan tayyorlangan. Chumakli taxya ancha uzun tikilib, yosh kelinchakning sepida eng zarur buyum hisoblanadi. Xorazm dо’ppilarining ham qachon paydo bо’lganligi ma‘lum emas.

    Download 2,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2,89 Mb.