|
Do’ppi naqshlari va ularning strukturaviy tuzilish
|
bet | 5/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #233600 |
Bog'liq DO’PPI TIKISH TEXNOLOGIYASI2.2. Do’ppi naqshlari va ularning strukturaviy tuzilish
Do’ppi tikish uchun avval tikuvchi ish o’rnining qulayligi, ish stoli ustida ortiqcha narsalarning bo’lmasligi, do’ppi tikish uchun kerakli asbob-uskunalar va kerakli xom ashyolarni tartib bilan qo’yilganligiga alohida e‘tibor qaratiladi. O’lcham olish uchun santimetrli tasmadan foydalangan holda ish boshlanadi, ya‘ni do’ppi uchun o’lcham olinadi. Do’ppi andozalari ham do’ppining shakli, ko’rinishiga qarab turli xil bo’ladi. Dо„ppidо„zlikda qo„llaniladigan xom-ashyolar avra va astarlik matolar, iplar, bо’rlar, bо’yoqlar, yelimlar, qog’ozlar, munchoqlar (ayollar dо’ppisi uchun) va shu kabilardan iborat. Dо’ppidо’zlikda avra sifatida asosan taqir duxoba, satin kabi matolar, astar sifatida esa chit matosidan foydalaniladi. Chit dо’ppining rangiga qarab tanlanadi. Dо’ppidо’zlikda ishlatiladigan iplarning rangi ham dо’ppining rangiga moslab tanlanadi. Dо„ppidо„zlikda qo„llaniladigan asbob-uskunalar: igna, qaychi, gardish, tо’g’ri va egri chizg’ich, qalam, bigiz, piltakach, tikuv mashinasi va hokazo (98-rasm). 159 98-rasm. Do’ppi tikish asbob-uskunalari. Dо„ppidо„zlikda qo„llaniladigan chok turlari. Dо’ppidо’zlikda 8 turdagi chok turlaridan foydlaniladi. Ular birbiridan dо’ppiga bezak berishdagi о’rni, choklarni tikish tartiblari, unda ishlatiladigan ip va ignalarning raqamlari bilan farqlanadi (99- rasm). 99-rasm. Dо’ppidо’zlikdagi chok turlari. Do„ppilar uchun o„lcham olish va andoza tayyorlash. O’lcham olish uchun santimetrli tasmadan foydalaniladi. O’lcham peshonaning eng baland nuqtasi bo’ylab gorizantal yo’nalish orqali aylantirib o’lchanadi. O’lchamda ko’rsatilgan son yozib olinadi. Shu son bosh kiyimning o’lchami bo’ladi. Do’ppilar uch qismdan iborat bo’ladi (100-rasm): 160 a) do’ppining (tepa) ustki qismi; b) kizak (yon)qismi; d) jiyak qismi. 100-rasm. Do’ppi qismlari: a) tepa; b) kizak; d) jiyak. Do’ppilarning mana shu uch qismi qanday usulda va qaysi uslubda tayyorlanishi bilan bir-biridan farq qiladi va har xil nomlar bilan ataladi. Do’ppilar shakli, ko’rinishi jihatidan dumaloq, uchburchaksimon taxlanadigan, konussimon, yarim konussimon shakllarda bo’ladi. Dumaloq shakldagi do„ppilar andozasini tayyorlash. Dumaloq shakldagi do’ppilarning andozasini tayyorlash uchun avval kerakli o’lchamni aniqlab yozib olinadi (masalan, 54-o’lcham). Olingan o’lcham asosida do’ppining tepa qismi radiusi aniqlanadi. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: R=L/6.28 Bu erda: L – o’lcham uzunligi, 6.28 – o’zgarmas son. L = 54 sm. O’lcham uzunligi L ni tepa qismining radiusini topish formulasiga qo’yiladi: formula yordamida 54-o’lcham uchun tepa qismining aylana radiusi aniqlab olinadi. Endi sirkul yordamida radiusi R=8,6 sm teng bo’lgan aylana chiziladi (101-rasm, 1-sxema). 101-rasm. Dumaloq shakldagi do’ppi andozasi. Chizilgan aylana qaychi yordamida qirqib olinadi. Qirqib olingan aylanani karton qog’ozga ko’chirib, do’ppining tepa qismi andozasi tayyorlab olinadi. Endi kizak qismining andozasi chiziladi. 161 Buning uchun eni 4 sm, uzunligi L ga (kizak uzunligiga) teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizib olinadi (101-rasm, 2-sxema). Kizakning enini ixtiyoriy ravishda 4 sm dan oshirib olish ham mumkin. Bu do’ppining chuqurroq bo’lishini ta‘minlaydi. Uchburchaksimon taxlanadigan do„ppilarning andozasini tayyorlash. Avval do’ppi uchun kerakli o’lchamni aniqlab, yozib olinadi (masalan, 54-o’lcham). Uchburchaksimon taxlanadigan do’ppilar tepa qismining andoza chizmasi quyidagicha tayyorlanadi (102-rasm). Kizak qismining uzunligi to’rtga bo’linadi: 54:4 = 13,5 sm. Tomonlari 13.5 sm ga teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chiziladi. To’g’ri to’rtburchakning burchaklari chizg’ich yordamida markaziy O nuqtadan kesishuvchi AE va BD to’g’ri chiziqlar orqali tutashtiriladi. 102-rasm. To’rtburchak shakldagi do’ppilar andozasi. Hosil qilingan chizmadan to’g’ri to’rtburchakning markaziy nuqtasi O dan istalgan burchak nuqtasigacha bo’lgan masofa (OA, OB, OE yoki OD) chizg’ich yordamida o’lchab aniqlanadi (misolda, 9.5 sm ga teng). Sirkul yordamida to’g’ri to’rtburchakning markazi O nuqtada, radiusi 9.5 sm ga teng bo’lgan aylana chizib olinadi. Aylananing to’rtburchak tashqarisiga chiqib turgan qismini ikki yoki uch bo’lakka bo’lib chizib olinadi. Chizib olingan bo’lakning birinchisi yoki ikkinchisini qoldirib, qirqib olinadi. Buni ham karton qog’ozga ko’chirib, qirqib, andoza tayyorlab olinadi. Kizak qismining andozasi uzunligi 54 sm bo’lgan, eni esa do’ppilarning turiga qarab 4 sm dan 6 sm gacha bo’lgan to’g’ri to’rtburchak holida tayyorlanadi. Erkaklar kiyadigan dumaloq shakldagi (salla) dо„ppilarni tikish. Kerakli о’lcham aniqlab, yozib olinadi (masalan, 54-о’lcham). Yuqorida о’rgatilgan usul bо’yicha 54 о’lchamdagi dumaloq dо’ppining andozasi tayyorlab qirqib olinadi. 162 dо’ppi uchun tanlangan duxobada tepa qismining avrasi bichiladi. Buning uchun duxobaning teskari tomoniga oldindan tayyorlab qо’yilgan tepa qismining andozasi joylashtiriladi. 1 sm chok haqi qoldirib bichib olinadi. Bichib olingan tepa qismining avrasi bо’yicha astar bichiladi. Astari avrasidan 0.5 sm kengroq bichiladi. Bu piltalashda qulaylik tug’diradi (103-rasm). 103-rasm. Dо’ppi tepasining astar va avrasini bichish. kizak qismining avrasi uzunligi 54 sm, eni 4 sm teng bо’lgan tasma shaklida bichiladi (1 sm chok haqi qoldiriladi). Kizakni gazlamaning kо’ndalangi bо’ylab bichiladi. Dо’ppi chuqurroq bо’lishi uchun kizakning enini kengroq olish kerak. Kizakning astari avrasi bо’yicha bichiladi. dо’ppining jiyagiga qora rangli duxoba ishlatiladi. Jiyakni eni 3-3,5 sm keladigan, uzunligi kizakning uzunligiga teng bо’lgan tasma kо’rinishida bichib, uzunasiga ikki buklab, dazmollanadi. tepa qismining pilta chiziqlari quyidagi sxema bо’yicha markaziy O nuqtadan chetga tomon bir me‘yorda kо’klab chiqiladi
Dо’ppi tepa qismi pilta chiziqlarning orasi 0.2-2.3 sm bо’ladi. Dо’ppi tepa qismini piltalash sxemasi. 163 105-rasm. Dо’ppi tepa qismini piltalash. Tepa qismi piltalanadi, pilta о’ralgan simni (106-a rasm) о’ng qо’l yordamida pilta yо’lining oxirgi nuqtasigacha taqab kirgizib, chap qо’l yordamida dо’ppining tepa qismini tutgan holda simning о’zi sug’urib olinadi (106-b rasm). Pilta yо’lining ichida pilta qog’oz joylashib qoladi. Shu usulda pilta birin-ketin pilta yо’llariga tiqib chiqiladi. Avval boshlab bu ish sekin boradi. Qо’l о’rgangandan keyin esa oz-ozdan tezlasha boradi. a) b) 106-rasm. Piltakachga piltani о’rash (a) va dо’ppi tepasini piltalash (b). Dо’ppi kizagining astariga jiyak ulanadi. Tekis ulash uchun avval qо’lda kо’klab, keyin tikuv mashinasida tikiladi. Jiyakka kizakning avrasi qо’shib tikiladi. Avval qо’lda kо’klab keyin tikuv mashinasi yordamida tikiladi. Choklarni dazmollab, ikki tomonini birlashtirib tikiladi. Namga chidamli bо’lgan yupqaroq karton qog’ozdan jiyaklarning tagiga qо’yish uchun uzunligi tasma uzunligiga teng, eni esa 1.5 sm bо’lgan tasma kesiladi. Qirqib tayyorlangan karton-tasmani jiyakning ichiga tekis joylab, jiyakning kizak ulangan choki orasidan 164 aylanasiga avval qо’lda kо’klab, keyin tikuv mashinasi yordamida tikib chiqiladi. Endi kizak qismining pilta chiziqlari qо’lda kо’klab tayyorlanadi. Jiyakning kizakka ulangan choki ustidan yuqoriga qarab pilta chiziqlari kо’klanadi. Kizak pilta chiziqlarining eni 0.2-0.3 sm bо’ladi (107-a rasm). 107-rasm. Kizakni piltalash (a), piltalangan tepa va kizakni bir-biriga ulash (b, d). Kizak kizakpiltakach yordamida piltalanadi. dо’ppining tepa qismi kizakka ulanadi (107-b rasm). Buning uchun tepa qismini bir tekisda kizakning avrasiga qо’lda kо’klab (107-d rasm), keyin tikuv mashinasida tikiladi. Mashinada tikib bо’lgach, chok atrofini qaychi bilan tekislab, ortiqcha notekisliklar bor bо’lsa, qirqib tashlanadi. Dо’ppi о’ng tomoniga о’giriladi. Dо’ppi kizagi va tepa qismi ulanganda kizak astari tikilmay qoldirilgan edi. Endi shu astarning tikilmay qolgan joyini kizakning tepa qismi bilan ulangan chokni astar ichkarisida qoladigan qilib (yashirib), yolg’on qaviq yordamida tekis va chiroyli qilib tikidi. Dо’ppi astar tomonidan maxsus yog’och tekislagich yordamida, pilta yо’llarini biroz bosib silliqlanadi. Endi biz tanlagan maxsus gazlama yelimi dо’ppining astar tomoniga suriladi. Yelim quriguncha qolipga solib qо’yiladi. “Munchoq” dо„ppini tikish. Qizlar kiyishiga mо’ljallangan Toshkent munchoqli dо’ppilari ham tо’rtburchak shaklida bо’lib, kо’k, jigarrang, binafsha va boshqa xil ranglardagi sidirg’a duxobadan tayyorlanadi. Bunday 165 dо’ppilarning kizagi va tepa qismiga suvmunchoqdan gullar tikib bezak beriladi. ―Munchoq‖ dо’ppi uchun kerakli о’lchamni aniqlab, yozib olinadi. (Masalan, 54-о’lcham.) Yuqorida о’rgatilgan usul bо’yicha 54-о’lchamdagi dumaloq dо’ppining andozasi tayyorlab olinadi. dо’ppining avrasi uchun tanlangan duxoba va astar uchun ishlatiladigan gazlamani dazmollab, kerakli о’lcham uchun yuqorida о’rgangan uslub bо’yicha andoza tayyorlab, bichishga tayyorlab olinadi. Avval tepa qismining avrasi bichiladi. Buning uchun duxobaning teskari tomoniga andozani joylashtirilib, 1sm chok haqi qoldirib, qirqib olinadi. Bichib olingan tepa qismining avrasi bо’yicha astar bichiladi. Astar avradan 0.5 sm kengroq bichiladi. Bu piltalashga qulaylik tug’diradi. tepa qismining avra va astari tо’rt karj bо’laklarga ajratib dazmollanadi. Kizak qismining avrasiga chok haqi qoldirilib, uzunligi 54 sm va eni 4 sm ga teng bо’lgan tasma shaklida bichiladi. Kizakning uzunligi duxoba yuzasining kо’ndalangiga bichiladi. kizakning astari avrasi bо’yicha chok haqi qoldirilgan holda bichiladi. Dо’ppining jiyagi uchun tanlangan duxobaning rangidan boshqa yoki qora rangli duxoba tanlanadi. Jiyakning eni 3- 3.5sm, uzunligi kizakning uzunligiga teng bо’lgan tasma kо’rinishida bichib olinadi va uzunasiga ikki buklab dazmollab qо’yiladi. Avval bezak uchun tanlangan naqshlar oq qog’ozga tushirib qirqib olinadi. Qirqilgan naqshlar dо’ppining kizagi va tepa qismiga maxsus yelim yoki nina ip yordamida kо’klab joylashtiriladi (108- rasm). Oq qog’ozning qalinligi taxminan rasm daftari varag’ining qalinligidek bо’lgani yaxshi. Dо’ppining kizagi va tepa qismiga munchoq bilan gul tikiladi. 108-rasm. Dо’ppi kizagiga qog’oz naqshlarni ko’klab tikish. 166 Tayyor naqshlar bо’ylab munchoqlar tikib chiqiladi. Diametri taxminan 2 sm bо’lgan kichkina aylana va tomonlari 2 sm dan bо’lgan tо’g’ri tо’rtburchakni oq qog’ozga chizib, qirqib olinadi. Qirqib olingan shakllar duxobaning bir bо’lagiga mustahkamlanadi. Munchoq tikishga mо’ljallangan maxsus ignaga ip о’tkazib, avval aylana shaklning о’rtasidan igna chiqarib olinadi. Ignaga uch-tо’rt dona munchoq о’tkazib, bir joyga mustahkamlanadi. Aylana shakldagi naqsh elementining markazidagi birinchi qatorga munchoq tikildi. Endi navbatdagi qatorga shu qator tо’lgunicha kerak bо’ladigan munchoqlar sonini ignaga tizib olib, ikkinchi qatorga joylab, mustahkamlab chiqiladi. Keyin uchinchi qatorga navbat keladi. Xuddi shu usulda aylana naqsh yopilgunga qadar munchoq qadab tikiladi. Tо’rtburchak shakldagi naqshga munchoq qatorlari vertikal yoki gorizontal yо’nalishda tikiladi. f) dо’ppining kizagiga gul tikib olinadi. Oldindan bichib qо’yilgan kizak avrasini teng tо’rt bо’lakka buklab (ikki tomonidan 1 sm dan chok haqi qoldiriladi) dazmollanadi. Dazmol chiziqlari bо’yicha kizakning har tо’rt bо’lagining о’rtasi belgilab olinadi. Shu belgilangan (O) nuqta kizakka tikiladigan gul yoki naqshning markaziy nuqtasi bо’ladi. Shu nuqtaning ikki tomonidagi gul yoki naqshlar bir-biriga simmetrik kо’rinishda joylashtiriladi. Endi dо’ppining naqsh joylashtirib qо’yilgan tepa qismiga munchoq qatorlari tikib chiqiladi. Albatta, kashta tikishning bunday usuli ancha mayda ishdek tuyuladi, lekin bajarilayotgan ishga e‘tibor berilsa, uning judayam gо’zal va maroqli ekanini his qilish mumkin. Tanlangan naqsh fonlaridagi munchoq qatorlarining joylashuv tarkibiga did bilan e‘tibor berish kerak. Shunda munchoq qadab tikilgan dо’ppilarining jilosi о’zgacha gо’zal bо’ladi (109-rasm). 109-rasm. Dо’ppiga munchoq qadab tikish. 167 dо’ppining gullari tikildi. Endi ularni yumshoq joyga qо’yib, chap tomonidan yengil dazmollanadi. Tepa qismining avrasi astariga xomaki kо’klab chiqiladi. Dо’ppi tayyor bо’lgach, bu choklar kichkina о’tkir qaychi yordamida olib tashlanadi. dо’ppi kizagining avrasiga jiyak ulab olinadi. Tekis ulanish uchun avval qо’lda kо’klab, keyin tikuv mashinasi yordamida tikiladi. Kizak choklarini qulay yо’nalishda dazmollab ikki tomoni birlashtirib tikiladi. namga chidamli bо’lgan yupqaroq karton qog’ozdan jiyakning tagiga qо’yish uchun uzunligi 56 sm (54 sm kizak uzunligi, 1 sm dan bir-birining ustiga chiqishi uchun), eni 1.5 sm bо’lgan tasma kesib olinadi. Qirqib tayyorlangan karton tasmani jiyakning ichiga tekis qilib joylab, jiyakning kizakka ulangan choki ustidan avval qо’lda kо’klab, keyin tikuv mashinasida tikiladi. kizak qismining pilta yо’llari qо’lda kо’klab tayyorlanadi. Jiyakning kizakka ulangan choki ustidan yuqoriga qarab pilta chiziqlari tikiladi. Pilta chiziqlarining kengligi 0.2-0.3 sm bо’ladi. dо’ppining kizagi piltalanadi. Kizakni piltalab bо’lgandan keyin uzunasiga teng tо’rt bо’lakka taxlab dazmollanadi. dо’ppining tepa qismi kizakka ulanadi. Ulab tikish vaqtida tepa qismining karj chiziqlari kizak qismining tо’rt bо’lakka bо’lgan dazmol chizig’iga mos kelishi kerak. Buning uchun tо’rttala karj chizig’iga (kizakning dazmol chiziqlariga moslab) tо’g’nag’ich qadaladi. Dо’ppining tepa qismini kizak avrasiga avval qо’lda kо’klab, keyin tikuv mashinasida tikib olinadi. Kizak astari tikilmay qoldiriladi. Ulangan chok atrofini qaychi yordamida qirqib, tekislab, dо’ppi о’ng tomoniga о’giriladi. Kizak astarini tepa qismiga ulashda biroz joy tikilmay qoldirilgan edi. Endi astarning qolgan joyini kizakning tepa qismi bilan ulangan chokini yashirib, yolg’on qaviq yordamida tikib chiqiladi. Dо’ppi astar tomonidan maxsus yog’och tekislagich yordamida piltalangan yо’llarni biroz bosib silliqlanadi. 168 110-rasm. Munchoq dо’ppining tayyor kо’rinishi. dо’ppining astar tarafiga yelim surtiladi. Yelim quriguncha dо’ppi qolipga solib qо’yiladi. Yelimi qurigach, dо’ppining ichkari tarafini suv qaynab turgan idishning bug’iga ozgina tutib, yumshagach, maxsus yog’och tekislagich yordamida dо’ppini tekis joyga qо’yib, ichkari tarafdan bosib silliqlanadi (110-rasm). Surxondaryo dо„ppilarini tikish. Surxondaryo dо’ppilari о’zining kо’rinishi, ranglari, jilosi bilan boshqa viloyat dо’ppilaridan ajralib turadi. Bunday dо’ppilarning ichida hozirgacha saqlanib, foydalanib kelinayotgan ―tangacha‖ dо’ppini tikish texnologiyasini kо’rib chiqamiz. Bunday dо’ppilarga gul tikishda qо’l kashta chokining asosan ―ziy chok‖ (yо’rma chok) usulidan foydalaniladi. Yo‘rma chok turlari. ―Pulakcha‖ yoki ―tangacha‖ deb nom olgan bunday dо’ppilarning naqshlari tangachalar yig’indisidan iboratdir. Kashta tikishni boshlashdan avval qalinligi taxminan rasm daftari varag’ining qalinligidek keladigan qog’ozlarga diametri 1.5 sm bо’lgan aylanalar keraklicha qirqib tayyorlanadi. Shu qog’oz tangachalar kizak va tepa qismiga tartib bilan joylashtirib, ipak iplar bilan gul tikiladi. Dо’ppiga gul tikishni boshlashdan oldin boshqa gazmolga shunday tangacha gulni tikib mashq qilish kerak. Avval qog’ozdan diametri 1.5 sm bо’lgan tangacha qirqib olinadi. 169 Bu xildagi kashta tikish usuli ham uncha murakkab emas, aksincha juda maroqlidir: dо’ppi tikish uchun tanlangan gazlama (baxmal)ni tukli sochiqqa qо’yib teskari tomonidan dazmollanadi. Andozani qо’yib chok haqi qoldirgan holda dо’ppi tepa qismining avrasi, avrasi bо’yicha astari bichiladi. Astari avrasidan 0.5-1 sm kengroq qilib bichiladi. Bu piltalashda qulaylik tug’diradi. Kizak qismining avrasi, uzunligi 54 sm ga va eni 7 sm ga teng (shundan 3-3.5 sm jiyak tikish joyi) bо’lgan tasma shaklida, atrofidan 1 sm chok haqi qoldirilgan holda bichiladi. Kizak matoning kо’ndalangiga bichiladi. Kizakning astari bichib olingan avrasi bо’yicha bichiladi. dо’ppi kizagiga tangachalar kashta yordamida tikiladi. Diametri 1.5 sm bо’lgan qog’oz tangachalardan kо’proq kesib tayyorlab olinadi. Dо’ppi kizagi bichilgandan keyin, teng tо’rt bо’lakka buklab, dazmollangan edi. Kizak avrasining ikki uchi birbiriga biriktirib tikiladi. 112-rasm. Dо’ppiga tangacha naqshlarni tikish. 113-rasm. Kizakka tangacha naqshlarni tikish. Kizakning pastki tomonidan uzunasiga eni 3.5 sm (dо’ppining jiyagi uchun) joy qoldirib, qolgan qismiga tangacha gullar tikiladi (113-rasm). Har bir dazmol chizig’ining о’rtasiga bittadan tangachani 170 joylab, ustidan kashta choklari tushiriladi. Shu tangachaning bittasi kizakning yon qirimlari ulangan joyga tо’g’ri keladi. Mana shu tо’rt joyga joylashadigan tо’rtta tangachaning rangi boshqalaridan farqli о’laroq yashil yoki kо’k rangda bо’ladi yoki ikkita qarama-qarshi tomonga joylashgani kо’k, qolgan ikkitasi yashil rangda bо’lishi mumkin. Shu tо’rtta tanga-naqsh tikib bо’lingach, ularning har birining о’rtasiga 6 tadan bir qatorda tangachalar joylashtirib tikiladi. dо’ppining tepa qismiga gul tikish.
Tepa qismining avrasini teng tо’rt bо’lakka buklab dazmollanadi. Dazmol chizig’i gazlamaning bо’ylama va kо’ndalang ipiga mos kelishi kerak. Mana shu tо’rt karj bо’laklarining о’rtasiga bittadan tangacha, uning atrofiga aylanasi bо’ylab oltitadan tangacha naqsh joylashtiriladi. Ikkita qarama-qarshi karj bо’lagiga sariq rangdagi ipakdan, qolgan ikki qarama-qarshi karj bо’lagiga esa gulobi rangli ipak bilan kashta tikiladi. Har bir karj bо’lagiga tangachalar tikib bо’lingach, ularning atrofi shu gulning rangidagi ipak bilan bitta doira ichiga olib tikiladi. Doira ikki qator ―ziy‖ chok bilan tikiladi. Birinchi yо’l eni 5 sm bо’lgan ziy qatoridan iborat. Ikkinchisi shu qatorga qarama-qarshi, eni 5 sm, qaviqlar orasining bittasi zich va bittasining orasi 5 sm bо’lgan takrorlanuvchi ziy qatorlaridan iborat. Doiraning ichidagi ochiq joy doiraning rangiga qarama-qarshi bо’lgan rangdagi (sariq doiraning ichi pushti, pushti doiraning ichi esa sariq) ipak bilan tо’ldiriladi. Dо’ppi tepa va kizagining kashta tikilgan yuzalari teskari tomondan yengil dazmollanadi (tepa qismining avrasi astariga xomaki kо’klanadi. Dо’ppi tayyor bо’lgach, bu chok olib tashlanadi). Do’ppining tepa qismiga tangacha naqsh tikish. tepa qismini piltalash. Tepa qismining pilta chiziqlarini markaziy O nuqtadan boshlab bir me‘yorda kо’klab chiqiladi 171 (Bunday dо’ppilarning pilta yо’lini tikuv mashinasi yordamida tiksa ham bо’ladi). kizak astarining yon qirqimlari biriktirib tikiladi. Kizakning avrasiga astar ulanadi (avval qо’lda kо’klab, keyin tikuv mashinasida). Avra bilan astar ulangan joyidan buklab, orasiga jiyakning joyini mо’ljallab, eni 3.5 sm uzunligi 56 sm (54 sm kizakning uzunligi, 2 sm ikki uchidan 1 sm dan bir-birining ustiga о’tib turishi uchun) yupqaroq karton qog’oz joylashtirib qо’l bilan kо’klab chiqiladi. Mustahkam bо’lishi uchun shu birinchi pilta yо’lini mashinada tiksa ham bо’ladi. Dо’ppining kizagiga pilta yо’llari tikib chiqiladi. Kizak pilta yо’llarining orasi 0.2-0.3 sm dan bо’ladi. Kizakka jiyak tikish uchun 3 sm joy qoldirilgan edi. Pilta yо’llari tayyor bо’lgach, kizak ham piltalanadi.
Dо’ppining tepa qismi kizagiga ulab tikiladi. Buning uchun tepa qismini bir tekisda kizakning avrasiga qо’lda kо’klab, keyin tikuv mashinasida tikiladi. Astari tikilmay qoliriladi. Kizak bilan tepa qismi ulangan chok atrofida ortiqcha notekisliklar bо’lsa, qaychi yordamida qirqib tekislanadi. Keyin dо’ppi о’ngiga о’giriladi. Kizakni tepa qismiga ulashda kizak astari tikilmasdan qoldirilgan edi. Endi shu astarning tikilmay qolgan joyini kizak va tepa qismlar bilan ulangan chokni astar ichida qoladigan qilib, yolg’on qaviq yordamida tikib chiqiladi. Dо’ppi astar tomondan maxsus yog’och tekislagich yordamida pilta yо’llarini biroz bosib silliqlanadi. dо’ppiga jiyak tikiladi. Ushbu dо’ppiga ham istalgan jiyak nusxasi tanlab tikiladi. Jiyak uchining bir-biriga ulangan joyiga oldindan tayyorlab qо’yilgan popukcha tikiladi. Popukchaning uzunligi 5-6 sm teng bо’ladi. Popukcha dо’ppining kashtasiga ishlatilgan rangli ipaklardan tayyorlanadi. endi maxsus gazlama yelimi dо’ppining astar tomoniga surtiladi. Yelim quriguncha qolipga solib qо’yiladi. Yelim qurigach, dо’ppining ichkari tarafini qulay idishda (masalan, choynakda) qaynab turgan suvning bug’iga ozgina tutib, biroz yumshagach, maxsus yog’och tekislagich yordamida dо’ppini tekis joyga qо’yib, ichkari tarafidan uncha kuch bermasdan bosib silliqlanadi. ―Tangacha dо’ppining tayyor kо’rinishi.
Xulosa
O’zbekistonning mustaqilligi milliy madaniyatimiz, ayniqsa xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi taraqqiyotigina keng yo’l ochib berdi. Qadimdan rivoj topib kelayotgan naqqoshlik, ganchkorlik, yogoch o’ymakorligi, badiiy kulolchilik, misgarlik, kashtachilik turlari yana gurkirab o’sa boshladi, uning milliy badiiy an’analari yanada rivojlanmoqda.
Albatta, bunday qaror amaliy san’at rivojlanishida ham katta ta’sir ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasi, barcha viloyatlarda xususiy ustaxonalar ochilgan, ularda ko’plab yoshlar san’at sirlarini o’rganmoqdalar, badiiy asrlar yaratmoqdalar.
O’zbek xalqining madaniyati naqadar yuksak bo’lganligi ota-bobolarimiz qurgan binolar, me’morchilik bezaklari, ularning rang-barangligi, geometrik va o’simliksimon naqshlar ularning kompozistion tasviri zavq olishga, tarbiyalanishga, ular orqali o’z orzu umidlarini, muhabbatlarini xalqqa izhor etishga chorlaydi. Asrlar davomida orttirgan madaniy boyligimiz, xalq amaliy san’ati turlari ayniqsa, kandakorlik san’atida naqsh turlari, maktablari va ularning o’ziga xos tomonlari, ishlash texnologiyasi hamda buyumlarga mos naqsh kompozitsiyalar tuzish va uni bezash usullari etarli darajada chuqur o’rganilmagan deb hisoblaymiz. Shuning uchun xalqimizning asrlar bo’yi qilgan ijodiy mehnati natijasida yaratilgan amaliy san’atini ko’z qorachigidek saqlash, qadrlash va ulardan foydalanish hozirgi davrimizning eng muxim vazifalaridan biridir.
Madaniy meros va yuksak badiiylik milliy an’anani rivojlantirishga undan foydalanish, undagi ijodiy amaliyot uslublarini joriy etish, tabiiy material bilan ishlash, kishilarda ayniqsa, yoshlarda qunt chidam, qat’iyat, xalq amaliy san’atining qizikarli o’ziga xos turlariga daxldor etish maqsadga muvofiqdir.
|
| |