• Okeanga tahdid
  • Tinch okeani
  • Mavzu: Dunyo okeanlari




    Download 0.7 Mb.
    bet19/21
    Sana14.01.2023
    Hajmi0.7 Mb.
    #38234
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    Dunyo okeanlari1
    365385 (1), Demultipleksator, @KutubxonaaN1O`yla va boy bo`l, RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
    Iqtisodiy jihatlar
    Shimoliy muz okeanidagi noqulay ob-havo sharoiti uning iqtisodiyotiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Ummonning jahon xoʻjaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bogʻliq. Okean dengizlarida baliqning 150 va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Shuningdek, baliqlardan tashqari, okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suv oʻtlar hamda qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden kabi foydali qazilmalar olinadi. Qolaversa, suv ostidan neft-gaz olish ham rivojlangan. Okeanning yirik dengizlari orqali uch asosiy yoʻnalishda suv yoʻllari oʻtadi. Yirik portlari: Murmansk, Belomorsk, Arxangelsk, Dikson, Tiksi, Pevek (Rossiya); Tromsyo, Tronxeym (Norvegiya); Cherchill (Kanada).
    Okeanga tahdid
    Shimoliy muz okeani dunyoning eng kichik ummoni boʻlsa-da, jahonning eng xavfli okeaniga aylanib bormoqda. Bunga sabab shuki, u Sovuq urush davrida radiatsion chiqindilar makoniga aylanib qolgan edi. Shu sababli endi okean kimyoviy bombaga aylanib borayapti. Bu haqda Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi (WWF) ma’lum qilgan. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, shimoliy muz okeanida DDT (dixlordifeniltrixlormetilmetan) ga oʻxshash taqiqlangan pestitsidlar, uni ishlab chiqaruvchi mamlakatlardagiga nisbatan ancha koʻpligi aniqlangan. Shuningdek, ayrim zararli kimyoviy moddalar muzlar tarkibida mavjudligi ma’lum boʻldi. Bunday moddalar baliqlar, tyulen va hatto kitlar yogʻidan ham topilgan. WWFning ta’kidlashicha, zararli kimyoviy moddalar oqimlar bilan shimol tomonga harakatlanmoqda. U yerda esa mazkur moddalar muzlab, ma’lum muddatdan soʻng erigach, atrof-muhitni zaharlayapti.


    Tinch okeani Amerika va Osiyo qitʼalari orasida joylashgan dunyoning eng katta okeanidir. Ismini Ispaniya qirolligi uchun dunyoni aylangan Portugaliyalik dengizchi Ferdinand Magellan qoʻygan. Magellan bir necha kun davom etgan qiyin va kuchli toʻlqinli suvda, oʻz ismini bergan Magellan boʻgʻozidan kechib bu okean ochilganda, kuchli toʻlqinlar bitib va oʻzi tiniq suvlar bilan qarshilashgani uchun portugalchada "tinch" maʼnosini bildirgan "Pasifico" ismini qoʻygan. Tinch okeani sathi 179.7 million km2 dan iborat. Tinch okeani, deyarli Atlantika va Hind okeanining birlashgan holi bilan teng kattalikdadir. Eng chuqur yeri Mariana botigʻi boʻlib, u 11.034 m chuqurdir. Mariana chuquri dunyoning eng chuqur nuqtasi deb bilinadi. Dunyodagi zilzilalarning 90%'i va katta zilzilalarning 80%'i Tinch okean maydonida sodir boʻlmoqdadir. Bu okeanning 708.000.000 km3 suv hajmi bor. Okeanning 3.000 — 3.500 m dan chuqur boʻlgan har joyida suv darajasi 2 °C dan pastda. 1950 — 1980 yillari orasida Tinch okeanida juda katta va kuchli dengiz toʻlqinlari boʻlgani tufayli kemalar oʻta olmayotgan edi. Kemalar Tinch okeanining bir uchidan bir necha kilometr uzoqlashishi bilan toʻlqinlar boshlar edi. U toʻlqinlar hozirgi kunlarda ham koʻrilmoqdadir.

    Download 0.7 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 0.7 Mb.