7.1-rаsm. Аvtоgrеydеr: 1-trаktоr; 2-gidrоsilindr; 3-аsоsiy rаmа; 4-kаrdаn vаl; 5-buldоzеrli аg‘dаrgich; 6-оldingi o‘q; 7-tоrtuvchi rаmа; 8-аg‘dаrgich; 9-yum- shаtkich; 10-uzаtmаlаr qutisi; 11-оrqа ko‘prik; 12-rеzinа g‘ildirаk.
7.2-rаsm. Ish jihоzi: 1-pichоq; 2-аg‘dаrgich; 3- yo‘nаltirgich; 4-gidrоsilindr; 5-tishli mоslаmа; 6-аg‘dаrgich rаmаsi; 7-аylаnuvchi rаmа; 8,9,14, 15-shаrsimоn bоg‘lаgichlаr; 10-gidrоmоtоr; 11- tutqich bоlti; 12-tutqich; 13-rеduktоr
Аvtоgrеydеrning аsоsiy ish jihоzi аg‘dаrgich vа uni оrqаsidа jоylаsh-gаn yumshаtgich hisоblаnаdi. Аvtоgrеydеrning o‘lchаm vа ko‘rsаtkichlаri 7.3-rаsmdа ko‘rsаtilgаn.
Promzona yetuk firma faoliyati sohalari
Asfalt yotqizgichlar sotib olish, BOMAG yo‘l g‘altak mashinalari sotib olish, DYNAPAC yo‘l g‘altak mashinalari sotib olish, Ekskavatorlar uchun ehtiyot qismlar - sotish, ishlab chiqarish, HYUNDAI g‘ildirakli ekskavatorlar - sotish, HYUNDAI maxsus texnikasi - sotish, Ixtisoslashtirilgan avtomobillar, Qurilish texnika, Qurilish texnikasi uchun ehtiyot qismlar - sotish, ishlab chikarish, Traktorlar - ishlab chiqarish, sotish, ta'mirlash, Yo‘l g‘altak mashinalari sotib olish, Yo‘l qurilish uskunalari - ishlab chiqarish, sotish
Avtogreyder tasniflanishi hamda tanlovning murakkabligi
Taqdim qilinayotgan texnikaning ushbu turi haqiqatdan ham texnik xizmat ko’rsatish jarayonidagi sodda, chidamli hamda ishchan texnikalardan biri hisoblanadi. Gap aynan avtogreyder haqida ketyapti. Biror-bir yo’l-qurilish jarayonlarini ushbu ko’p vazifali hamda chidamli texnikasiz amalga oshirish juda ham qiyin.Yo’l-qurilish sohasidagi mutaxassislar avtogreyderni tekislovchi texnika turiga kiritishadi, aslida esa, avtogreyderlar soddagina ko’tarmalarni tekislash ishlaridan tashqari yana ko’plab boshqa vazifalarni ham bajara oladi. Ushbu baquvvat mashinalar boshqa maxsus texnika yordamisiz tuproq ko’tarmalarni barpo qila oladi, shu bilan bir qatorda yo’l qoplamasida kerakli o’lchamdagi tuynuklarni kesadi, yo’l oldi maydonni tozalaydi, yo’l yoqasini yamash vazifasini bajara oladi, yo’llarni qor hamda muzdan tozalash ishlarini amalga oshiradi. Ushbu vazifalar bu texnika uddalay oladigan ishlarning hali to’liq ro’yxati emas! Avtogreyder – o’ziyurar mashina hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati, bu old va orqa g’ildiraklarning orasida joylashtirilgan pichoq bilan jihozlangan ag’darma uskunasidir. Bugungi kunda ishlab chiqaradigan texnikalarining ro’yxatida avtogreyderlar mavjud bo’lgan ko’plab korxonalar mavjud. Ammo, qiziqarli tomoni shundaki, turfa markalarning xususiyatlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ushbu mashinalarning turli tasniflari mavjud. Ularning biri esa uning vazniga bo’g’liq. Ushbu tasniflarga ko’ra, avtogreyderlarni og’ir, o’rta hamda yengil vaznli uch toifaga ajratish mumkin. So’nggi toifadagi avtogreyderlar kichik yamash ishlari hamda tuproq ko’tarmali yo’llarni qurish jarayonlarida keng ishlatiladi. O’rta vazn toifasiga kiruvchi avtogreyderlar qiyinroq yo’l-yamash ishlarida ishtirok etib, tuproq qatlamini barpo etish jarayonlarida ishlatiladi.
Og’ir greyderlar esa yo’l qatlamini yotqizish, yo’llarni qurish jarayonida qurilish aralashmalarini qorishtirish hamda ushbu aralashmalarni taqsimlashda qo’l keladi.
Greyderning ag’darma moslamasi ushbu texnikaning asosiy ishchi qismi hisoblanib, uning o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu qismni deyarli istalgan holatda o’rnatish mumkin. Uning gorizontal holatidagi aylanma burchagi 360 darajaga teng. Avtogreyderlarning yana bir tasnifi ishchi qismlarni boshqarish tizimlari bilan bog’liqdir: ular gidravlika yordamida hamda mexanik tarzda boshqariladigan avtogreyderlarga bo’linadi. Bundan tashqari avtogreyderlar quvvati bo’yicha ham bir-biridan farqlanadi. Yo’l qurilish jarayonlari uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar bozorida avtogreyderlarning har xil turlari taqdim etilayotganligi sababli, to’g’ri tanlovni amalga oshirish – oson ish emas. Ushbu maxsus texnika sohasida ekspert bo’lmasangiz, mutaxassisga murojaat qilishingizga to’g’ri keladi. Birinchi navbatda esa, o’zining yuqori darajali chidamliligi hisobiga uzoq muddat ichida sizga xizmat qilishga tayyor bo’lgan avtogreyderga nisbatan maqsadlaringiz hamda zaruriyatlaringizni tahlil qilishdan boshlashingiz kerak. Bunday tahlilga hamda aniq rejaga ega bo’lsangiz, ushbu sohadagi mutaxassisni topib, u bilan birgalikda maqsadlaringizga erishishga yordam beradigan hamda zaruriyatlaringizga to’g’ri keladigan avtogreyderni tanlab olsangiz bas.
“Doosan” rusumli ekskavatorlarning afzalliklari
“Doosan” rusumli g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan ekskavatorlarning tarixi 1977 yildan boshlangan. Aynan shu yilda Janubiy Koreya “Daewoo” korporatsiyasining bo’limi, ya’ni –“Daewoo Heavy Industries” paydo bo’ldi. Ushbu bo’lim esa, bugungi kunda hammaga tanish “Doosan” brendi ostida mashinalarni chiqaradi.
Yaponiyaning “Hitachi” korxonasi bilan hamkorlikda g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan ekskavatorlarni ishlab chiqarish jarayoni boshlangan bo’lib, sakkiz yildan so’ng ularning o’rnini “Daewoo” korxonasining “Solar” nomiga ega bo’lgan ekskavatorlari egalladi. 1999 yilda esa, 50 000chi “DaewoosolarV” rusumli g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan ekskavotorni yi’gish munosabati bilan, ushbu korxona o’zining yirik yubileyini nishonladi. Turli-tuman og’irlik, quvvat hamda boshqa faoliyat imkoniyatlariga ega bo’lgan“DAEWOO DOOSAN DX” hamda “DAEWOO DOOSAN SOLAR” rusumli g’ildirakli ekskavatorlar modellarining qatori, turli tuproq hamda relyefga ega bo’lgan tuproqlarda yuk ortish va yukdan bo’shatish, shu bilan bir qatorda, yer qazish ishlarida turg’un hamda manevrchandir.
“Doosan” rusumli g’ildirak hamda gi’ldirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan ekskavatorlarning umumiy afzalliklari:
|