|
O’q silindrlarining gidroqulflari
|
bet | 3/4 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 491,31 Kb. | | #139910 |
Bog'liq Dunyoning yetuk firma va kompaniyalaring avtogreyderlari turlari qo\'llanishi va tasnifiO’q silindrlarining gidroqulflari
“Doosan” rusumli ekskavator o’qining gidrosilindrlarida gidroqulflar o’rnatilgan bo’lib, ish jarayonida ham, ekskavator turargohda joylashganida ham, ishchi jihozlarning o’zidan-o’zi tushib ketishini oldini oladi.
Qo’shimcha gidrotasma
Ekskavatorlarning barchasi gidrotasma bilan jihozlangan bo’lib, u qo’shimcha asbob-uskunalarni yoqish uchun xizmat qiladi.:
- Gidrobolta
- Tebranuvchi plita
- Greyfer
- Buzuvchi (Krasher)
- Burg’ilash asbob-uskunalari va hokazolar.
Yoqilg’i tizimi
“Doosan” rusumli ekskavatorning dvigatellarida ishlatiladigan yuqori bosim darajasiga ega bo’lgan mexanik yoqilg’i nasosi, mahalliy yoqilg’i turiga asoslangan.
Dvigatelning aylanishlarini boshqaruvchi qaytarma mexanik tizimi
Dvigatelning aylanishlarini boshqaradigan elektron sozlovchi tizimi ishdan chiqsa, operator ushbu tizim orqali ishni davom ettira oladi.
O’g’rilikka qarshi xavfsizlik tizimi
Qadam motori hamda solenoid bloklarning temirdan yasalgan qutilarda saqlanishi kabi xavfsizlk chorasi, ularning o’g’irlanib ketishini hamda mexanik buzilish va shikastlanishini oldini oladi.
Tirgak g’altaklar
“Doosan”hamda “Hyundai” rusumli ekskavatorlarning g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan aravachalarining uzunligi bir xil o’lchamlarga ega bo’lishiga qaramay, tirgak g’altaklari sonining ko’pligi bilan farq qiladi. Bu esa ortishning teng bo’linishini ta’minlab, ish muddatini yanada kengaytiradi.
Qo’shimcha yo’naltiruvchilar
Ushbu yo’nlatiruvchilar g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmada harakatlanadigan aravachalarning yuqori qismida joylashgan bo’lib, g’ildirak vazifasini o’tovchi uzun zanjir tasmaga qo’shimcha yordam beradi va qo’shimcha yo’naltiruvchi vazifasini bajaradi.
“DOOSAN DB58TIS” rusumli dvigatel turi
Janubiy Koreyaning “Doosan”rusumli dizelli dvigatellari, o’zining mustahkamligi hamda ishlatilish tasniflarining yuqori darajasi tufayli, dunyo bo’ylab yanada ko’proq mashhurlikni qo’lga kiritmoqda. Eng so’nggi texnologiyalarni joriy etish jarayonlari esa, “Doosan” rusumli dvigatellarning nafaqat eng qattiq ekologik standartlarga javob berishga, balki yanada katta yoqilg’i tejamkorlik darajasiga erishishga imkoniyat yaratib beradi. “Doosan” korxonasining mahsulotlari sifati barqarorligi 1958 yilda birinchi dvigatel yig’ilgan paytdan boshlab, dvigatellarni qurish jarayonlarida jamlangan tajriba hisobiga erishiladi. Solishtirganda katta bo’lmagan narxi hamda past darajali ekspluatatsion harajatlari esa, ushbu dizellarni nafaqat ekskavatorlarda, balki boshqa mashinalarda ishlatish imkoniyatlarini yaratib beradi. O’z korxonasida ishlab chiqarilgan dvigatellarning yana bir ajralmas afzalligi, bu kafolat hodisalarining oson yechimidir (ehtiyot qismlarining hammasi bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan jihozlangan). Boshqa korxona tomonidan ishlab chiqarilgan dvigatelni ishlatish jarayonida esa, ko’plab muassasalarni aylanib chiqish kerakligi tufayli, kafolat bo’yicha tuzatish jarayoni cho’zilib ketishi mumkin. Umuman olganda, “DOOSAN” dvigatellari o’zini eng mustahkam, tejamkor hamda yoqilg’i turiga injiq emasligi taraflaridan ko’rsatdi.
|
| |