|
Metallning muvozanat elektrod potensiali
|
bet | 3/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 68,09 Kb. | | #230581 |
Muvozanat vaziyatida eritmaga qancha metall ionlari o’tgan bo’lsa, shuncha miqdorda ular eritmadan plastinka yuzasiga qaytib o’tadi, shunday vaziyatda dinamik muvozanat qaror topadi. Natijada metallning yuza qatlamida manfiy zaryad, shu zaryad eritmadagi musbat zaryadlangan metall ionlarini o’ziga tortib turishi natijasida metall bilan eritma chegarasida qarama- qarshi zaryadlardan tashkil topgan qo‘sh elektr qavat paydo bo’ladi.
Agar shunday plastinkani suvga emas, shu metallning tuzi eritmasiga tushirilsa, eritmadagi ionlarning bir qismi metall yuza qatlamida to‘planadi va plastinka yuzasida musbat zaryad paydo bo‘ladi, u eritmadan tuzning manfiy zaryadlangan anionlarini tortib turadi, yana faqat ishoralari teskari bo‘lgan juft elektr qavat paydo bo’ladi.
Eritmaga tushirilgan plastinkani elektrod deb, metall-eritma chegarasida paydo bo’lgan potensialni metallning muvozanat elektrod potensiali deb ataladi.
Standart vodorod elektrodi
Vodorod elektrod
Metallning standart elektrod potensiali metall plastinkasi bilan konsentratsiyasi 1 mol bo’lgan shu metall tuzi eritmasi chegarasida standart sharoitdagi potensialiga teng bo’ladi. Elektrod potensialining qiymatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o’lchab bo’lmaydi, uning kattaligini bironta standart elektrodga nisbatangina aniqlash mumkin. Shu maqsadda potensiali o’lchanishi kerak bo’lgan element bilan standart elektroddan galvanik element tuziladi va uning elektr yurituvchi kuchi EYUK o’lchanadi.
Standart elektrod sifatida potensiali nolga teng deb qabul qilingan vodorod elektrod olinadi ( 2-rasm). Vodorod elektrod sulfat kislotaning 1 normal eritmasiga tushirilgan kukun holdagi platina bilan qoplangan platina elektroddan iborat. Bu elektrodga toza vodorod oqimi 101,325 kPa bosim ostida yuboriladi. Elektrodda platina kukuni katalizatorligida H2 molekulasi atomlarga parchalanadi va shu elektrod yuzasida kislota eritmasidagi H+ ioni orasida muvozanat qaror topadi: H ⇄ H+ + ē. Demak, bu elektrodda vodorodning oksidlanishi (H+) va uning qaytarilishi kuzatiladi (bu jarayonda platina ishtirok etmaydi, u faqat atomar vodorod hosil qilishdagina qatnashadi).
|
| |