|
Metalllarning elektrod potentsiallarini o’lchash
|
bet | 4/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 68,09 Kb. | | #230581 |
Metalllarning elektrod potentsiallarini o’lchash
Vodorod elektrod boshqa elementlaming elektrod potensialini o’lchash uchun zarur:
Vodorod elektrod yordamida metallning elektrod potensialini o’lchash uchun yig’ilgan qurilma
Vodorodga nisbatan aktiv metallarning potensiallari manfiy zaryad bilan, unga nisbatan passiv bo’lgan metallarniki musbat zaryad bilan belgilanadi. Metallning ionlanish energiyasi kichik va gidratlanish energiyasi katta bo’lgan sari metallning oksidlanishi oson sodir bo’ladi. Shu bilan birga, musbat zaryadlangan aktiv metall ioni qanchalik oson elektron yo‘qotgan bo’lsa, shunchalik ionning oksidlovchilik xossasi kichik bo’ladi.
Shu sababli, ishqoriy metallarning qaytaruvchilik xossalari yuqori, elektrod potensiallari kichik, ionlarining oksidlovchilik xossalari zaif bo’ladi. Ularning ionlarini faqat suvsiz sharoitda elektr toki vositasida qaytarish mumkin.
Aksincha, kumush, oltin va platina kabi metallarning ionlanish potensiallari, elektrod potensiallari yuqori; qaytaruvchilik xususiyatlari zaif bo’lgan ionlarining oksidlovchilik xossalari ham nisbatan yuqori bo’ladi. Ularning ionlari elektrod potensiallari kichikroq bo’lgan metall atomlarini oksidlashi mumkin:
Fe + 2AgNO 3 = Fe(NO3)2+ 2Ag
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, sistemaning oksidlanish-qaytarilish potensiali qanchalik katta bo’lsa, metallning oksidlangan shakli shunchalik kuchli oksidlovchi xossaga ega bo’ladi. Elektrod potensial elektronlaming eritmaga o’lishga intilish jarayonining nisbiy o’lchami bo’ladi. Shu sababli, bu jarayonlarni oksidlanish-qaytarilish emas, oksidlanish potensiali deb atash o ‘rinli bo’lar edi va shu bilan birga, umumiy jarayonni esa oksidlanish- qaytarilish muvozanati, sistemasi va hokazo deb atash kerak.
Metallning valentligi o ‘zgaruvchan bo’lsa, oksidlanish-qaytarilish potensiallari ham ularning tegishli oksidlanish darajalari uchun belgilanadi, masalan:
E0Fe+3/Fe=−0,04B E0Fe+2/Fe=−0,44B
Adabiyotlar
Damaskin B.B., Petriy O.A., Elektroximiya, M., 1987; A.I.Levin, Elektroximiya svetnnx metallov, M., 1982; Prikladnaya elektroximiya. Pod red. A. P.Tomilova, M., 1984; DasoyanM. A., Palomskaya I.Ya., SaxonovaYe.V., Texnologiya elektroximicheskix pokrmtiy, L., 1989. Saidjamol Eshonxoʻjayev.
|
| |