LABORATORIYA ISHI № 1
TURLI ELEKTROLITLARDA METALLARNING ELEKTROD POTENSIALLARINI
ANIQLASH
Ishdan maqsad: ba`zi metallarning elektrod potensiallari kattaliklarini elektrolit
eritmalarda aniqlash. Metallarning elektrod potensiallarini o`zaro taqqoslash va ularning faollik
qatorida o`zaro ketma-ket joylashuvini o`rganish.
Laboratoriya bajarish uchun kerakli jihozlar: temir
elektrodi, alyuminiy elektrodi,
solishtirish elektrodi, potentsiometr; ulash simlari.
Nazariy tushunchalar
Metall suvli elektrolit eritmaga tushirilganda uning sirtida metalning ion- atomlari
suvning qutblangan malekulalari bilan o`zaro ta`sirlasha boshlaydi. Bu ta`sirlashuv
jarayonini
metall ion-atomlarining gidratasiya jarayoni deyiladi va bu jarayonda gidratasiya energiyasi
ajralib chiqadi. Agar gidratasiya energiyasi metallarning panjarasidagi ion-atomlar ta’siri
energiyasidan katta bo’lsa, unda ion-atom gidratlangan kation holatida eritmaga o’tadi.
Uning
sirtida esa erkin holda elektronlar qoladi:
Me + m∙H
2
O → Me
n
∙m∙H
2
O + n∙e (1)
Sodir bo`ladigan (1) jarayonning borishi natijasida metall sirti manfiy zaryadlanadi,
elektrolit eritmasi esa musbat zaryadlanadi. “Metall-eritma” chegarasi bo’ylab hosil bo`lgan
ikkilangan elektr qatlamda eritmadagi musbat ionlar metall sirtiga o’tib uni musbat zaryadlaydi.
Musbat zaryadlangan elektr qatlam atrofida manfiy zaryadli qatlam
vujudga keladi va bu holat
davom etadi.
Metall sirtida ikkilangan elektr qatlamda hosil bo’lgan potensiallar farqi “metalning
elektrod
potensiali”
deyiladi.
Eritma
tavsifiga
qarab
hosil
bo`lgan
potensiallar:
muvozanatlashgan qaytar potensialar va muvozanatlashmagan potensialarga bo’linadi.
Muvozanatlashgan potentsial metalni faqat shu metall ionlari bor bo`lgan, yani shu metall
kationlari bor bo’lgan elektrolit eritmasiga tushirilgan taqdirdagina vujudga keladi.
Bu holda metall bilan tashqi muhit orasidagi o’zaro ta’sir qo’shimcha
jarayonlarning
yo’qligida, sistemada metall ionlarining eritmaga o’tishi jarayonida gidratasiya energiyasi
hisobiga metall yuzasida erkin elekrtonlarning yuzaga kelishi va
metall ionining elektronga
qo’shilishi jarayoni natijasida hamda uning metall yuzasida atom ko’rinishida chiqishi hisobiga
muvozanat tezda o’rnatiladi: