• EENHAT aloqa liniyalari
  • Mavzu elektr energiyani nazorati va hisobIning avtomatlashtirilgan tizimlari E




    Download 0,55 Mb.
    bet3/4
    Sana18.12.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #123086
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu Elektr energiyani nazorati va hisobIning avtomatlashtir

    ikkinchi pog‘ona – berilgan siklda butun sutka davomida hududiy taqsimlangan BO‘A dan o‘lchash ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va yuqori pog‘onalarga uzatishni amalga oshiradigan maxsus o‘lchov tizimlari yoki energiyani hisobga olishni o‘rnatilgan DT ko‘p funksiyali dasturlanadigan o‘zgartirgichlari bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmalari (MYTQ);
    uchinchi pog‘ona – MYTQ dan (yoki MYTQ guruhidan) axborotlarni yig‘ish, bu axborotlarni hisobga olish nuqtalari bo‘yicha hamda ularning guruhlari bo‘yicha, ya’ni korxona bo‘linmalari va obyektlari bo‘yicha yakuniy qayta ishlash, bosh energetik xizmati operativ personali va korxona rahbariyati ma’lumotlarni tahlil etishi va yechimni qabul qilishi (boshqarishi) uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda hisobga olish ma’lumotlarini aks ettirilishi va hujjatlashtirilishini amalga oshiradigan pog‘ona. Bunda EENHAT maxsus DT ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash markazi serveri yoki personal kompyuteri (PK) yordamida amalga oshiriladi.
    to‘rtinchi pog‘ona – uchinchi pog‘ona malumotlarini yig‘ish va qayta ishlash markazlari PK dan yoki serverlar guruhidan axborotlarni yig‘ishni, hisobga olish obyektlari guruhlari bo‘yicha axborotlarni tizimlashtirish va birlashtirishni, bosh energetik xizmati operativ personali va hududiy taqsimlangan o‘rta va yirik quvvatli korxonalar yoki energiya ta’minoti korxonalari rahbariyati tahlil etishi va yechimni qabul qilishi (boshqarishi) uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda hisobga olish ma’lumotlarining aks ettirilishi va hujjatlashtirilishini, energiya resurslarini yYetkazib berishga shartnomalarni olib borish va energiya resurslariga hisoblash uchun to‘lov hujjatlarini shakllantirishni amalga oshiradigan pog‘ona. Bunda EENHAT DT i ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashning markaziy serveri yordamida amalga oshiriladi.
    EENHAT ning barcha pog‘onalari o‘zaro aloqa kanallari yordamida bog‘langan. BO‘A, MYTQ yoki ma’lumotlarni yig‘ish markazlari (MYM), pog‘onalari aloqalari uchun standart interfeyslar (RS turdagi, ИРПС va boshqalar) bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish ishlatiladi. Uchinchi pog‘ona ma’lumotlarini yig‘ish markaziy MYTQ lar, uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalar ma’lumotlarini yig‘ish markazlari ajratilgan kommutatsiyalanadigan aloqa kanallari bo‘yicha yoki lokal tarmoq bo‘yicha ulanishi mumkin.


    Avtomatlashtirilgan ish joyiga (AIJ) qo‘yiladigan minimal talablar:


    Protsessor Pentium 4
    Operativ xotira hajmi 256 Mb
    Qattiq disk hajmi 40 Gb
    CD-ROM ning bo‘lishi
    Monitorning bo‘lishi
    Bo‘sh COM portning bo‘lishi
    Operatsion tizim Windows 2000/XP
    Ma’lumotlar bazasi dasturi MS SQL 2000



      1. EENHAT aloqa liniyalari




    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu elektr energiyani nazorati va hisobIning avtomatlashtirilgan tizimlari E

    Download 0,55 Mb.