|
EENHAT funksiyasiga quyidagilar kiradi
|
bet | 2/4 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #123086 |
Bog'liq Mavzu Elektr energiyani nazorati va hisobIning avtomatlashtirEENHAT funksiyasiga quyidagilar kiradi:
elektr energiyasi haqida ma’lumotlarni yozish;
hisoblagichlardagi arxiv yozuvlar va tizimning o‘z-o‘zini avtomatik tekshirish ma’lumotlarini saqlash va nazorat qilish;
konsentrator, terminal va hisoblagich parametrlarini o‘rnatish;
masofadan o‘qish, elektr ta’minotini uzish/ulashni nazorat qilish va iste’mol darajasini nazorat qilish;
avtomatik va avtomatik bo‘lmagan so‘rov;
liniyalardagi isroflar va elektr energiyasi o‘g‘irlanishlarining oldini olish;
operator vakolatlarini cheklash;
normal bo‘lmagan jarayonlar haqida hisobot;
taqsimlash tarmog‘ining sxemasini aks ettirish;
har bir faza ma’lumotlarini hisobga olish va har bir faza bo‘yicha muvozanatning buzilish holatlarini aniqlash;
ko‘p tariflilik;
turli hodisalar haqida avtomatik ogohlantirish;
iste’mol quvvati darajasini nazorat qilish;
barcha ma’lumotlarni izlash va chiqarish.
EENHAT ning DT i quyidagi tizimlardan iborat:
ma’lumotlar bazasi (MB) ni va hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini boshqarish tizimi;
aloqa va kuch iste’molchilari liniyasi bo‘yicha hisoblagichlarni avtomatik so‘rov tizimi;
elektr hisoblagichlarning parametrlarini grafik ko‘rinishda aks ettirish tizimi;
ma’lumotlarni tahlil qilish tizimi;
kompleks ma’lumotlar bazasining avtomatlashtirilgan tizimi.
EENHAT pog‘onalari
Umumiy holda EENHAT tuzilmasini quyidagi to‘rtta pog‘onaga ajratish mumkin (1-rasm):
birinchi pog‘ona – hisobga olish nuqtalari bo‘yicha iste’molchilarning elektr energiyasi parametrlarini (elektrenergiyasi, quvvati iste’moli va boshqalar) o‘lchashni o‘rtacha minimal intervalli yoki uzluksiz amalga oshiriladigan telemetrik yoki raqamli birlamchi o‘lchash asboblari (BO‘A) (hisoblagichlar);
|
| |